R
yx
, R
o’q
,
R
b
, R
KF
) o’rganishda barcha aktivlar, ayniqsa asosiy kapitalning qayta baholanishi hamda
aylanma kapitalning nomonetar qismini baholashda qo’llaniladigan fifo, lifo yoki o’rtacha
narxlar va turli metodikalar (GPL, CCA, aralash) dan foydalanilishining ta’siri ham
e’tiborga olinmog’i kerak. (10.4.ga qarang).
Amaliyotdan ma’lumki, hamma korxona va tashkilotlar ham rentabelli ishlamaydi,
ularning ayrimalari yilni zarar bilan tugatadilar, ya’ni qilgan xarajatlarini qoplay olmaydi.
Shu muammoga bag’ishlangan adabiyotlarda, keyingi paytda yangi termin - rentabellik
ostonasi paydo bo’ldi. Rentabellik ostonasi deganda, korxonaning mahsulot sotishdan
oladigan daromadini shunday hajmiga tushiniladiki, u hajmda korxona zarar ham
ko’rmaydi, foyda ham olmaydi. Rentabellik ostonasini hisoblash texnologiyasi
E.S.Stoyanova tomonidan ishlab chiqilgan
1
. Rentabellik ostonasini hisoblash uchun tannarx
o’zgaruvchi (ishlab chiqarish hajmiga proportsional ravishda) va o’zgarmas (ma’lum bir
darajagacha) xarajatlarga bo’linadi. Bunday klassifikatsiyani biz boshqa maqsad uchun
oldinroq taklif qilganmiz
2
.
Doimiy xarajatlar
R
ostonasi
= ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
O’zgaruvchan xarajatlar qoplangandan keyingi natija
Misol.
Mahsulotni sotishdan olingan tushum 875 mln. so’m, ishlab chiqarish tannarxi
– 700 mln. so’m, shu jumladan: o’zgaruvchi xarajatlar - 595, o’zgarmas xarajatlar-105 mln.
so’m. Foyda-175 mln. so’m. Marjinal daromad - 280 mln. so’m.
O’zgaruvchan xarajatlarning mahsulot sotishdan olingan daromaddagi hissasini
aniqlaymiz: 0,68 (595:875) yoki 68%. O’zgaruvchan xarajatlarni qoplashdan keyingi natija
(marjinal) teng 280 (875-595) mln. so’m, yoki 0,32 (32%).
Bu erdan rentabellik ostonasi teng 328, 125 mln. so’m (105:0,32).
Demak, mahsulot sotishdan olingan tushum 328, 125 mln. so’mga etganda korxona
ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan xarajatlarni qoplaydi. Keyingi sotilgan har bir tovar
birligi foyda keltirishga boshlaydi (agarda sotilsa).
Agar, rentabellik ostonasi aniq bo’lsa, xafsiz zona yoki moliyaviy barqarorlikni
zaxirasi (MBZ) ko’rsatkichini hisoblash hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi:
mahsulotni sotishdan olingan sof tushum - rentabellik ostonasi
MBZ= ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
100 =
mahsulotning sotishdan olingan sof tushum (QQS va aktsizlarsiz)
1
Стоянова Е.С. Финансовый менежмент. Учебно-практическое руководство. М.»Перспектива», 1993 й.
2
Б.В. Зима, Х.А.Шадиев. Загатовки сельскохозяйственной продукции. М., «Экономика», 1989г.
255
625
,
0
875
875
,
546
875
125
,
328
875
yoki 62,5 %
Grafikdan (10.1-rasm) ko’rinib turibdiki, abtsissa o’qida sotilgan mahsulot,
ordinata o’qida esa o’zgaruvchan xarajatlar va foyda joylashgan. Sotishdan olingan
mablag’ bilan xarajatlar kesishmasi nuqtasi rentabellik ostonasidir. Bu nuqtada daromad
va xarajatga teng. Undan yuqori foyda zonasi, quyi - zarar zonasi. Daromad chizig’ining
shu nuqtadan to yuqori nuqtagacha bo’lgan bo’lagi (qismi) xavfsiz zona bo’lib
hisoblanadi.
10.1-rasm. Moliyaviy barqarorlik zaxirasini
(xavfsiz zonani) aniqlash
Rentabellik darajasi hisoblangandan keyin, uni statistik tahlil boshlanadi. Bu
masalaga, biz ongli ravishda to’xtalmaymiz, chunki rentabellik darajasini statistik tahlil
qilish, qaysi bir darajada muomala xarajatlarining nisbiy darajasini yoki boshqa oldingi
mavzularda ko’rib chiqilgan nisbiy ko’rsatkichlar tahilliga o’xshaydi.
Bank muassasalarining xarakat (ish) faoliyati hajmi pul oboroti va daromadlar
summasi ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Pul oboroti, deganda u yoki bu shakldagi
pul xarakati operatsiyalarining yig’indisiga tushuniladi. Bank muassasasining
daromadlari sotilgan yoki ko’rsatilgan xizmatlarni o’zida ifoda etadi. Bu ko’rsatkich pul
oborotiga qaraganda, bankning ish faoliyatining sifat tomonini baholaydi va unda
moliyaviy natija o’z ifodasini topadi. Bank daromadi o’ziga quyidagi elementlarni
birlashtiradi: olingan foizlar (qisqa va uzoq muddatli ssudalar bo’yicha, o’z va chet el
valyutasida; chet el korrespondent schetlari, kafolatli va aktseptlash operatsiyalari
bo’yicha, davlat byudjetidan kredit uchun; banklararo kredit uchun va boshqalar)
qimmatli qog’ozlar va valyuta operatsiyalari uchun olingan daromadlar; aktsiya va pay
bo’yicha devidendlar; valyuta operatsiyasidagi kurslar farqi; mijozlarga ko’rsatilgan
xizmatlardan olinadigan daromadlar; o’tgan yil va yillar uchun olingan foiz va
qoplamalar va hokazolar.
900
800
700
600
500
400
300
200
105
100
0
У млн. сўм
шакл
Молиявий барқарорлик
захираси
Ўзгарувчан
харажатлар
Рентабеллик
остонаси
100 200 300 328 400 500 600 700 800 900 млн. сўм
256
Foyda summasi banklarning oxirgi moliyaviy natijasini xarakterlovchi ko’rsatkich
bo’lib hisoblanadi.
Foyda summasi daromadlardan xarajatlarni ajratish bilan aniqlanadi.
Bank muassasining xarajatlari summasi o’z ichiga: to’langan foizlar (mijozlarning
hisob, joriy va boshqa schetlari bo’yicha; korxona va tashkilotlarning qo’yilmalari va
depozitlar bo’yicha; fuqarolarning qo’yilmalari (omonatlari) bo’yicha; chet el
korrespondentlari, tashkilotlari va fuqarolarning chet el valyutasidagi joriy schetlar
bo’yicha; boshqa banklardan olingan kredit va davlat sug’urtasi schetlari bo’yicha); chet
el valyutasi bo’yicha kurslar farqi; qimmatli qog’ozlar va valyuta bozoridagi xarajatlar;
bank ishini va mijozlar bilan ishlash uchun kerak bo’lgan blanklar, lentalar (magnitli),
qog’ozlar va boshqa materiallarni tayyorlash va sotib olish xarajatlari; bank xujjatlarini
va qiymatlarni tashish xarajatlari; ko’rsatilgan xizmatlar uchun (hisoblash markazlari,
pochta, telefon, telegraf) to’lovlar; asosiy fondlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari;
o’tgan yil yoki yillar uchun to’langan foizlar; mijozlar va banklar tomonidan ko’rsatilgan
xizmat to’lovlar va boshqa xarajatlar.
Moliyaviy natijalar statistikasi pul oborotini, daromadlar va xarajatlarni, foyda,
rentabellik va pul mablag’lari ko’rsatkichlarining hajmi, tarkibi va dinamikasini
o’rganadi, bu hodisalarni rivojlanish tendentsiyasini aniqlaydi.
Foyda summasi bank muassasalari xo’jalik va moliyaviy faoliyatining mutloq
samarasini xarakterlaydi. Nisbiy samaradorlik esa, rentabellik ko’rsatkichi yordamida
o’rganiladi. Bank muassasalarida rentabellik darajasi foyda summasining ustav fondi va
xarajatlarga nisbati bilan o’lchanadi. Birinchi ko’rsatkich bank faoliyatining
samaradorligini baholasa, ikkinchi ko’rsatkich - bank joriy xarajatlarining
samaradorligini xarakterlaydi.
Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish metodikasini ko’rib
chiqamiz (10.5-jadval).
10.5-jadval
Bankning daromadlari va xarajatlari
haqida ma’lumotlar (mln. so’m)
№
Ko’rsatkichlar
O’tgan davr
Joriy davr
1
Kredit bo’yicha olingan foizlar
118,3
115,1
2.
Operatsiyalar va turli daromadlar
444,9
476,6
3.
Jami daromad (1+2)
563,2
591,7
4.
Bankning asosiy faoliyati bo’yicha xarajatlar
262,8
204,1
5.
Sotsial himoya ajratmalari
15,9
17,4
6.
Amortizatsiya ajratmalari
46,9
52,2
7.
Jami xarajat (4+5+6)
325,6
273,7
8.
Ustav fondi
8429,7
8816,5
9.
Foyda summasi (3-7)
237,6
318,0
10.
Rentabellik darajasi:
a) xarajatlarga nisbatan (9:7),%
72,9
116,2
b) ustav fondiga nisbatan (9:8), so’m
28,18
36,07
10.5-jadval keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarni chiqarish
mumkin: foyda summasi joriy davrda o’tgan davrga nisbatn 80,4 mln.so’mga (318,0-
237,6) oshgan, xarajatlar esa – 51,9 mln.so’mga (273,7-325,6) pasaygan. Bu hol
rentabellik darajasini xarajatlarga nisbatan) 43,3 punktga (116,2-72,9) oshganligi
257
hisobidan ro’y berdi. Ustav fondiga nisbatan hisobangan rentabellilik darajasi ham 28,18
so’mdan 36,07 so’mga o’sdi. Muassasa rentabelligini o’sishi hisobidan foyda summasi
69,6 mln so’mga [(36,07-28,18):100]
8816,5, ustav fondining 386,8 mln.so’mga (8816,5-
8429,7) ortishi hisobidan foyda summasi 10,9 mln. so’mga [(386,8
28,18):100] ko’paydi.
Shunday qilib, foydaning qo’shimcha o’sishining asosiy qismi - 86,6% (69,6:80,4) –
muassasa rentabelligini o’sishiga bog’liq.
Xizmat rentabelligini (xarajatlarga nisbatan) statistik tahlil qilishda yuqorida ko’rib
chiqilgan usul va metodlardan tashqari, o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tarkibiy
siljish indekslari ham hisoblanishi mumkin. Bu indekslar yordamida, bankning alohida
bo’limlarida bank xizmati rentabelligining o’zgarishi, hamda xarajatlar tarkibining
o’zagrishini, umumiy rentabellikning mutloq va nisbiy o’zgarishiga ta’siri hisoblash
mumkin.
Analitik maqsadlar uchun banklarning amaliy faoliyatida quyidagi ko’rsatkichlar
qo’llanilishi mumkin: foydaning umumiy daromadlardagi ulushi, bir so’mlik aktiv
operatsiyalarga to’g’ri keladigan daromad; bir so’mlik kredit qo’yilmalariga to’g’ri
keladigan daromad; to’lash qobiliyati va likvidlilik koeffitsientlari. Bu ko’rsatkichlar
kredit muassasalarining asosiy faoliyatini muhim tomonlarini samaradorligini
xarakterlaydi.
Ikki ko’rsatkichda (aylanishlar soni va bir aylanishning vaqti) ifodalanuvchi pul
mablag’larining aylanishining tezlashuvi, bank muassasalarining xo’jalik va moliyaviy
faoliyatini samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Pul mablag’lari aylanishi soni pul oboroti hajmining pul mablag’larining o’rtacha
qoldig’iga nisbati bilan, bir aylanish vaqti esa, o’rtacha pul qoldiqlarining bir kunlik
oborotga nisbati bilan hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarning statistik tahliliga biz
to’xtalmadik, chunki bunday tahlil oldingi mavzularda (pul muomalasi, kredit statistika
va boshqalar) keng yoritildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan mamlakatimizda hissadorlik
(aktsionerlik) jamiyatlari soni kundan-kunga oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning bu
tashkiliy shaklini xususiyati shundaki, korxona aktivlarining bir qismi aktsionerlarga
qarashlidir. Bu holni hisobga olgan holda, aktsionerlik jamiyatlari moliyaviy natijalari
tahlil qilinayotganda ham aktsionerlar, ham korxona manfaatlarini nazarda tutish zarur.
Mana shu talabga javob beruvchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: bir
aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda; aktsiyaning hisob narxi; aktsiyaning haqiqiy qiymati;
aktsiyador kapital va umumiy kapitalning qaytimi; kapital va daromad tarkibi va
boshqalar.
Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlardan eng muhimi birinchi ko’rsatkichdir – bitta
aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda hisoblanadi. Bu ko’rsatkich (U) sof foyda summasining
(soliqlar ajratilgan summa) chiqarilgan aktsiyalar soniga nisbati bilan aniqlaniladi. Ushbu
ko’rsatkichning hajmiga quyidagi omillar o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi: sof foydaning
umumiy foydadagi hisssi (A); umumiy foyda va sotilgan mahsulot hajmi nisbati
koeffitsienti (B); barcha aktivlarning aylanish koeffitsienti (V-sotilgan mahsulot va
barcha aktivlar nisbati); barcha aktivlar va aktsiyadorlik kapitali nisbati (G); aktsiyaning
hisob narxi (D).
Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan sof foyda summasining omillar hisobidan
qo’shimcha o’sishini o’lchash uchun quyidagi ko’p omilli indeks modeli tuziladi.
258
Do'stlaringiz bilan baham: |