8. ―Eng havfli bolalar mehnatini taqiqlash va bartaraf etish bo`yicha tezkor
choralar haqidagi Кonvеnsiya to`g`risida (1999 yil 17-iyun Jeneva)
9. ―Odam, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish va bartaraf etish,
bunday holatlarni jazolash holidagi transmilliy uyushgan jinoyatchilikga qarshi
kurashish‖ Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konvensiyasini to`ldiruvchi protokol
(Nyu-York 2000 yil 5-noyabr )
10. ―Bolalarni qurolli nizolarda ishtirok etishiga taaluqli huquqlari xaqidagi‖
konvensiyaning fakultativ protokoli (Nyu-York 2000 yil 25-may)
11. ―Bolalar savdosi, bolalar foxishabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli
bola huquqlari to`grisidagi Кonvensiyaning fakultativ protokoli (Nyu-York 2000
yil 25-may) [7]
Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya bola tarbiyasi uchun oila muhitining
o`ta muximligini e‘tirof etadi va me‘yordagi sharoitda esa bola o`z ota – onasi qo`lida
tarbiya olishi zarurligini tasdiqlaydi. Shuningdek, Konvensiyada davlat tomonidan
―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
231
www.academiascience.uz
o`z bolalari haqida qayg`urishlari uchun oilalarni qo`llab – quvvatlanishi zarurligi
ta`kidlanadi. O`zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasining 64 – moddasida shunday
ta`kidlanadiki, ― Ota – onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota – onalarining
vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta`minlaydi,
bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatini rag`batlantiradi [1]― . Biroq, shunday
holatlar bo`ladiki, oilalarga davlat tomonidan qancha yordam ko`rsatilmasin, bola
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, bolalarning o`z ota – onalari bilan birga
bo`lishlari imkoni bo`lmaydi (ota – onalar ozodlikdan mahrum qilingan yoki ota –
ona huquqidan mahrum qilingan yoki ular bitta yoki bo`lmasa ikkala ota – onalaridan
judo bo`lganlarida). Bunday vaziyatlarda bola vaqtincha yoki uzoq vaqt oiladan
ajraladi hamda davlat tomonidan maxsus himoyalanib, yordam ko`rsatiladi. Maxsus
qator vakolatli organlar tomonidan qabul qilinishi va bola uchun joylashtirishning
qaysi shakli qo`llanmasin, uzluksiz xizmat ko`rsatilishi lozim. Bolani parvarishlash
uchun eng muqobil qaror qabul qilinishi zarur, shuningdek, bolani yaqin
qarindoshlariga, patronat oilalarga farzandlikga berishga qaratilishi va eng oxirgi
chora sifatida institutsional muassasaga joylashtirishga e`tibor qaratish hamda ota –
ona qaramog`isiz qolgan bolalarga doimiy yaxshi parvarish qilishni monitoringini
amalga oshirish lozim. Vasiylikdagi bolalarni joylashtirishning shaklini o`zgartirish
uchun o`z vaqtida doimiy nazorat bo`lishi zarur. O`z oilasidan mahrum bo`lgan
bolalarni muqobil shaklga joylashtirish, parvarishlash va qo`llab – quvvatlash hamda
boshqa xizmat turlariga muhtoj bo`ladilar.
Bugungi kunda bolalarni ijtimoiy ximoyalash tizimida kuratorlik funksiyasi,
profilaktika, ilk aralashuv oilani qo`llab – quvvatlash, oilaga joylashtirishning
muqobil shakllari va reinteratsiya, umuman bola manfaatidan kelib chiqqan holda,
parvarish qilish uchun uzluksiz xizmat ko`rsatish zarur. Shuningdek, bolalarga barcha
xizmat spektrlari bo`yicha o`z kasbining ustalari va provayderlari bilan kelishilgan
kuch darkor.
Keyingi yillarda respublikamizda bolalarning huquq va majburiyatlarini
himoyalash taminotini huquqiy boshqarish bola huquqlarining kafolati haqidagi
qonun bandlariga muvofiq qonunchilikni bir shaklga keltirishga taaluqli masalalar
muhokama qilindi va amaldagi qonunchiliklarga o`zgartirish va qo`shimchalar
kiritish yuzasidan tavsiyalar taklif etildi.
2017-yil 20-sentyabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ayni davrda
insoniyat tarixidagi eng ko`p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan
holda BMT minbarida ― Yoshlar huquqlari to`g`risidagi BMT konvensiyasini ‖ qabul
qilinishini taklif qildi. Mamlakatimiz Prezidenti bunga asos qilib, yoshlarni soni 2
milliarddan oshib qolganini, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o`sib
Do'stlaringiz bilan baham: |