―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
228
www.academiascience.uz
1.
X. Ibragimov Sh. Abdullaеva. Pеdagogika. O‘quv qo‘llanma. -T.: Fan. 2006.
2. Sh Sh. Mirziyoyev.. Qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta‘minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: ―O‘zbekiston‖, 2017.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.,O'zbekiston., 2012. B 3.
4
. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. -T. : «O‘zbеkiston», 2004
5.
5.
Karimov I. Turkiston umumiy uyimiz.// Bunyodkorlik yo'lidan.T.4.- T.,
O'zbekiston, 1995.
―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
229
www.academiascience.uz
BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILINISHI
Akbaraliyev Shoxbosbek Fayoz o`g`li
Andijon Davlat Unversiteti,
Ijtimoiy – iqtisodiyot fakulteti,
MG`MAHT yo`nalishi III-bosqich talabasi
Yosh avlodlarimizni har tomonlama yetuk, biz boshlagan ulug` ishlarni munosib
davomchilari etib tarbiyalash, oldimizda turgan eng muhim va dolzarb vazifamizdir.
Shavkat Mirziyoyev
Bola - beg`ubor, rang – barang va o`ziga xos bir dunyo.U tabiatning ne`mati,
mukammal bir kashfiyoti. Bola bor joyda ajib bir ma`sumlik, sokinlik va hayot jo`sh
uradi. Beg`uborlik timsoli bo`lmish bolalar hech bir insonni befarq qoldirmaydigan,
kayfiyati bo`lmagan insonlarni ham jilmayishga majbur qiladigan, jajji qalb egalari
hisoblanadi. Go`dakning dunyoga kelishi qalblarni nozik junbushga keltiruvchi,
atrofdagi barchaga shodlik ulashuvchi, kattalarni harakatga undovchi bir voqeadir.
Bahorda nish urgan maysa quyosh tafti – yomg`ir tomchilariga intizor bo`lgani kabi
bolalar ham e`tiborga, mehr va parvarishga muhtoj. Ularni sog`lom muhitda o`sib,
ulg`ayishi uchun g`oyat buyuk mas`uliyat biz kattalarning zimmasida ekanini
unutmasligimiz kerak. Bugungi kunda Respublikamizda bolalarga bo`lgan e‘tibor
alohida ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy kuchli bo`lgan davlatning yetakchi
ko`rsatgichlaridan biri – bu o`z aholisi, uning ravnaqi, taraqqiyoti uchun qanchalik
qayg`urishida
ko`rinadi.
Mamlakatimiz
ijtimoiy
– siyosatining ustuvor
yo`nalishlaridan biri ham bolalarni muhofazalashga qaratilgan. Bolalar kelajagimiz
yaratuvchisi ekanlar, ular haqida g`amhorlik qilish millatimiz ravnaqi uchun
qo`shgan hissamiz bo`ladi.
Yurtimizda bolalar muxofazasi yo`lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga
birinchi galdagi misol sifatida: O`zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar
Tashkilotining ―Bola huquqlari to`g`risidagi‖ konvensiyaga a`zo bo`lganligida
ko`rinadi. Mazkur Konvensiyaga O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-
yil 9-dekabrdagi qaroriga muvofiq qo`shildi va 1994-yil 29-iyuldan kuchga kirdi.
(Ushbu qonun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1989-yil 20-
noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan)[3]. Bu degani mamlakatimiz
bolalarning huquqlari bo`yicha barcha mas`uliyatni o`z zimmasiga oldi deganidir.
Demak, bolalarnimizning beg`ubor bolalik davrini turli bemavrid tashqi hatarlardan
himoyalash kafolatlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |