―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI 4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 30 - SENTABR 2020 - YIL ―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 232
www.academiascience.uz
borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar bilan ko`rsatdi.
Prezidentimiz dunyo yoshlari o`rtasida zo`ravonlik g`oyasi tarqalishining oldini olish
kerakligini, ularning huquq manfaatlarini, turmushini ijtimoiy himoya qilish uchun
dunyo xalqlaridan ko`p tomonlama hamkorlik tashabbusi so`ralishini aytib o`tgan. Va
o`z nutqida ― Shuningdek, ushbu konvensiyani imzolagan a`zo davlatlar mamlakat
ijtimoiy siyosatida yoshlar masalasini muhim yo`nalish sifatida ko`rib, zimmasidagi
katta mas`uliyatini ado etishi kerak ‖ – deb fukr bildirdi Shavkat Mirziyoyev.[3] 23.04.2019 ―Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo`shimcha
chora-tadbirlar‖ to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida ham
bizning mamlakatimizda bolalar huquqlariga e`tiborsiz emasligimiz ko`rinadi.Shu
bilan birga bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilish va ularning
barkamol avlod bo`lib yetishishini ta`minlash borasidagi faoliyatini inistitutsional va
huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati tobora ortib bormoqda. Bola
huquqlari to`g`risidagi konvensiyani talablarini har tomonlama hayotga tadbiq etish,
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning
huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellectual, ruhiy va ma`naviy
yetuk avlod bo`lib yetishishini ta`minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021
yillarda O`zbekiston Raspublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi
bo`yicha ―Harakatlar strategiyasi‖ ga muvofiq qaror qabul qilindi. Prezident
qarorining ikkinchi bandida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson
huquqlari bo`yicha vakili (obudsman) o`rinbosari – Bola huquqlari bo`yicha vakil joriy etish va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini ta`minlash faoliyatiga
ko`maklashuvchi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ikki nafardan iborat sktor
tuzish ko`zda tutiladi.[4] Hulosa : Bugungi kunda sog`lom bola tug`ulishi, uning sog`lom muhitda
rivojlanishi uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan. Dunyoga kelgan jajji
vujudning hayot sinovlaridan eson – omon o`tib, mustaqil hayot ostonasiga qadam
qo`ygunicha bo`lgan murakkab davr – jamiyatning har bir fuqarosiga alohida
mas`uliyat yuklaydi.
Bolajonlarning beg`ubor qalblari hech ham yaralanmasligi, turli bema`ni
ta`sirlarga berilib ketmasligi, nafaqat o`z oilasiga, balki jamiyatga foydasi tegadigan
inson bo`lib yetishi uchun uning atrofidagilar mas`uldirlar. Axir xalq tilidagi ― Bir
bolaga yetti mahalla ota – ona ‖ degan maqol bejiz qo`llanmaydi. Shunday ekan,
bolajonlar muxofazasini har – birimiz, har qadamda his etib yashashimiz kerak
bo`ladi.
Hech birimizga sir emaski, bu dunyoda qancha inson bo`lsa, shuncha taqdir
ham bor. Bu uy – joy masalasi bo`ladimi, mol – mulk, vasiy yoki homiy tayinlash,
o`qish yoki ishga joylashtirish masalasimi, boringki bola to`grisidagi taaluqli har