―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
238
www.academiascience.uz
BOSHQARUV JARAYONIDA RAHBAR SHAXSIGA XOS
XUSUSIYATLAR
Narzullayeva Gulshan Ismatovna
Navoiy viloyati Uchquduq tumani
12-sonli Maktabgacha Ta‘lim
Tashkiloti Direktori
Annotatsiya: Bu maqolada boshqaruv jarayonida rahbar shaxsiga xos
xususiyatlar haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‟zlar: yetakchi, individual komillik, yuksak maqsadlar, liderlik
qobiliyati, rahbar, boshqaruv.
Boshqaruv ta‘lim-tarbiyaviy jarayonlarda va ta‘lim tizimida ta‘lim
ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirishning omillari sifatida e‘tirof
etilib, har qanday jamiyatga xos bo‘lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib
chiqadigan faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu faoliyat mohiyati yanada
takomillasha boradi. Boshqarishning asosiy maqsadi - mehnat ahlining moddiy
va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda
barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O‗zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida"gi farmonida 2017 – 2021-
yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar
belgilab berilgan bo`lib, unga ko`ra beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy
sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik,
salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini
taraqqiy ettirish masalasi ham o‗rin olgan. Jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini
tubdan takomillashtirish muhim strategik vazifalardan hisoblanib, 2017yilda
Maktabgacha ta‘lim vazirligining tashkil etilishi hamda 2019 yil 8- mayda qabul
qilingan ―O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimini 2030yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi‖ mazkur sohani isloh etish davlat siyosatining ustuvot
yo`nalishlaridan ekanligini ko`rsatishi shubhasiz. Keng ko`lamli ishlardan biri
tizimda davlat va xususiy maktablarning tizimini kengaytirish bo`ldi. Maktabgacha
yoshfagi bolalarni intellectual, ahloqiy, estetik va jizmoniy jihatdan har tomonlama
rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta‘lim muassasalarida ta‘lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko`rib chiqishni hamda
maktabgacha ta‘lim xizmatlarini ko`rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni
talab qiladi. Bunda albatta xorijiy mutaxassislarning ko`magiga tayanish, ular bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |