―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
183
www.academiascience.uz
hayajon, qo‘rquv va bolalarning yana shaxsiy yosh hususiyatlarini hisobga olinadigan
o‘ziga hos jihatlar bo'ladi. Dars jarayonidagi didaktik o‘yinlar
esa ana shunday
bolalardagi
kamchiliklarni
bartaraf
etishga
va
darsni,
mavzuni
yaxshi
o‘zlashtirishga,o‘quvchi o‘zini erkin tutishga, kafolatlangan natijaga erishishga
yordam beradi.
O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda didaktik o‘yinlarning turli usullari bor.
Ulardan samarali foydalanish natijasida, o‘qituvchi quyidagilarga erishadi.
- o‘quvchilarning so‘z boyligi orttiriladi;
- tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatiladi;
- so‘z intonatsiyasini to‘g‘ri ifodalay bilishga o‘rgatiladi;
- savollarga to‘liq javob berishga o‘rgatiladi;
- adabiy nutqqa o‘rgatiladi;
- erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi;
- eshitganlarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatiladi;
- o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalar sakllanadi.
Bolaning og‘zaki nutqini o‘stirish, erkin so‘zlay
olish qobiliyatlarini
tarbiyalashda va ularnini hozirjavoblikka o‘rgatishda so‘zli didaktik o‘yinlardan
foydalanish juda katta amaliy ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, o‘quvchini
nutqini o‘sishiga yordam beruvchi, nafaqat nutqini o‘stirish, ularni mantiqiy fikrlash,
ijodkorlik, e‘tiborlilik, faollik kabi sifatlarini ham shakllantiruvchi, qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi didaktik o‘yin variantlarini ishlab chiqish lozim. Bunda
o‘quvchilarga berladigan topshiriq shakli mavzuga mos, fanga mos va bolalarni yosh
hususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Birinchi darsdayoq o‘yinlarni boshlab yuborish mumkin. Tanishish maqsadida
‖Sehrli tosh‖ o‘yinidan foydalanish mumkun.Toshga qiziqib, bola o‘z
ismi va
familiyasini to‘liq
va baland ovozda aytishiga
erishiladi,o‘rtoqlaridan
qolmaslikka,ular oldida o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.Hattoki, tabiatan uyatchang,
tortinchoq bola ham toshni kafti orasida mahkam qisib olib,o‘zini tanishtiradi.Bu
o‘yin orqali sinf o‘quvchilarnig
bir oila ekanligi, doimo bir-biriga yordam berish
kerakligi uqtirilib, sinfda do‘stona muhit yaratiladi.
―Muzyorar‖ o‘yinida o‘quvchilar ketma-ket, bir-birining so‘zini takrorlab,hamda
davom ettirib ketadilar. Bunda har bir guruhga narsalar to‘plamini aytish topshiriq
sifatida beriladi.
1-qatorga mevalar, 2-qatorga-sabzavotlar, 3-qatorga o‘quv qurollari.
Do'stlaringiz bilan baham: