―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
172
www.academiascience.uz
KARIYER EKSKAVATORI ELEKTR YURITGICHI BOSHQARUV
TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Shodiyev Oqiljon Abdurashit o‘g‘li
Islom karimov nomidagi toshkent davlat
texnika universiteti energetika fakulteti magistranti
Anotatsiya: kon korxonalarida, kariyerlarda qo‘llaniladigan qazib yuklash
mashinalarining elektr yuritgichini eski tizimdagi boshqaruv usulini zamonaviy
yarimo‘tkazgichli boshqaruvga asoslangan usul bilan almashtirish, ularni o‘zaro
taqqoslash va zamonaviy usullarning qulayliklari va avfzalliklari bilan tanishish.
Kalit so‟zlar: elektr yuritgichlar, o‘zgarmas tok matorlari, qarshiliklar to‘plami,
tiristorli boshqaruv qurilmasi, energiya tejamkorligi.
Sanoat tarmog‘i bugungi kunda Respublikamiz
iqtisodiyotining tayanchiga
aylangan. Mamlakatimiz foydali qazilmalarga boy va bu foydali qazilmalar
mamlakatimiz rivoji uchun juda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Foydali qazilmani
qazib olish va qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan
texnologiyalar ishlatadigan
energiya ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan texnikalarning ko‘pgina qismi eski uskunalardir,
ularning holati va energiya isrofi bugungi kun texnikalariga qo‘yiladigan talablarga
javob bera olmaydi. Ularni yangilash yoki asosiy qismlarida
energiya tejamkor
qurilmalar bilan jihozlash orqali ularga ketadigan sarf harajatlarni kamaytirish va shu
orqali ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Bundan tashqari
bugungi kunda energiya tejamkorligiga erishish borasida ham juda katta islohotlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan energiya isroflarini kamaytirish va energiya tejamkor
elektr qurilmalaridan foydalanish borasida qonun loihalari ishlab chiqilmoqda.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan
kuzatish mumkinki energiya
tejamkor uskunalardan foydalanish resurs tejamkorligiga hamda katta iqtisodiy
samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratadi.
Foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida ekskavatorlar keng miqyosda
ishlatiladi va ular kon mashinalari ichida alohida ahamiyat kasb etadi.
Konchilik
sharoitida qo‘llaniladigan ekskavatorlar uchun elektr yuritgichi sifatida o‘zgarmas tok
matorlari har tomonlama qulay deb topilgan. Chunki bu turdagi matorlarni boshqarish
qulay va ularning mexanik xarakteristikasi ekskavator uchun to‘la mos tushadi.
O‘zgarmas tok mashinalarining ishlash tamoyili va mexanik xarakteristikasi jihatdan
o‘zgaruvchan tok mashinalaridan tubdan farq qiladi va ancha ustunlikga ega.
Boshqarishning qulayligi, tezlikni chiziqli va kerakli miqdorda oshirish mumkinligi,