Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti 1- §, Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanyshida nutqning ahamiyati



Download 44,26 Kb.
bet7/13
Sana24.01.2021
Hajmi44,26 Kb.
#56817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ILK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYOTI

Xuddi shunga o‘xshash o‘yin — mashg‘ulotni boshqa uslubiyotdan foy-dalanib ham o‘tkazish mumkin. Avval bolaga o‘yinchoq ko‘rsatiladi. Tarbiyachi uning xususiyatlari bilan tanishtiradi, u bilan harakat-larni bajaradi. Masalan: «Mana qo‘g‘irchoq. Kara, qanday chiroyli qo‘g‘irchoq. Uning chiroyli ko‘ylagi, sochida lentasi bor. Qo‘g‘irchoq Odina bilan salomlashyapti: «Assalomu alaykum, Odina opa». Bu harakatlar 2 — 3 marta takrorlanadi: Endi qaragin, qo‘g‘irchoq qan-day yuradi (raqsga tushadi). Shundan so‘ng qo‘g‘irchoq yashiriladi: «Qo‘g‘irchoqqani? — Qo‘g‘irchoqyo‘q». Bolalar uni qidirishadi. Ko‘g‘ir-choq paydo bo‘ladi: «Voy, mana qo‘g‘irchoq. U yuradi, raqsga tushadi». Mashgulot oxirida tarbiyachi qo‘g‘irchoqni olib borib joyiga qo‘yadi va bolalardan bir necha marta: «Kug‘irchoq qani?» deb so‘raydi. Bola­lar uni ko‘z bilan qidirib topadilar. Katta kishilarning ismla-rini va narsa-buyumlarning nomlarini bildiruvchi so‘zlarni bilib olishni rivojlantirish maqsadida «Bekinmachoq» o‘yini o‘tkazila-di. Masalan: «Mana, Gavhar xola!» (2 — 3 marta takrorlaydi). Uni yashiradi yoki ustiga katta ro‘mol (choyshab) yopib, «Gavhar xola qani? (2 — 3 marta takrorlaydi) deb so‘raydi. Bola aytilgan odamni ko‘zi bilan kidiradi. Ustidan ro‘molni olib (yoki yashiringan joydan chi­qib kelgan odamni ko‘rsatib, «Mana, Gavhar xola» (ushbu so‘z ham 2 — 3 marta takrorlanadi) deydi.

Harakatlarga taqlid qilish va bu harakatlarni tushunib olish­ni rivojlantirish uchun: «Chapak-chapak», «Xayr-xayr», «Ko‘lingni ber» «Assalom» va boshqa o‘yinlar o‘tkaziladi.

Bolalarni bu o‘yinga o‘rgatishdan avval kattalar so‘z bilan hara-katni birga qo‘shib olib borishlari kerak. Masalan, «Chapak-chapak» o‘yinida bolaning ikkala qo‘lini ushlab, uni chapak chaldiradi, bola chapak chalayotganda «chapak-chapak» so‘zini aytib turadi. Bu harakat so‘z yordamida bir necha marta takrorlangach, bolaga bu harakatni mus-taqil bajarish taklif etiladi. Kattalar faqat so‘zni takrorlaydi-lar, xolos.

9—10 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr. Bu davrdagi tarbiyaning eng muhim vazifasi nutqni o‘stirishdir. Bolada yaqin kishilarning va bolalarning ismini bir-biridan farq kilish malakasini hosil kilish, uni tevarak-atrofdagi ba’zi buyumlar, o‘yinchoq, hayvonlar va eng oddiy harakat nomi bilan tanishtirish, bolaning passiv lug‘a-tini boyitish zarur. Bolani kattalarning unga aytgan va uning uchun tushunarli bo‘lgan iltimosini, nomi aytilgan kishini yoki buyumni topish, ma’lum bir harakat, amalni bajarish kabi iltimoslarni ijro etishga o‘rgatish lozim. Nima qilish, o‘yinchoqtsan qanday foy­dalanish kerakligini bolaga ko‘rsatish, esiga solish kerak. Bola yoshiga to‘lganda uning mumkin emas degan so‘zning ma’nosini tushu-nishiga erishish va bu so‘zni unga o‘rgatish kerak. Bola bir yoshga to‘lganDa dada, buva, buvi, oyi, opa, nanna, umma, kuku, miyov-miyov, vov-vov kabi 8 — 10 ta so‘zni bemalol ayta olishiga erishish kerak.

Bu yoshda (9 — 10 oylikdan 1 yoshgacha) nutqni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun bolani parvarish qilish vaqtla-ridan unumli foydalanish kerak. Bu yoshga kelib bola hayoti ancha murakkablashadi: ovkatlanish tarkibiga turli xildagi oziq-ovqat-lar kiritiladi, kiyim-kechaklarningyangi turlaridan foydalani-ladi, madaniy-gigiyenik odatlar shakllantiriladi. Eng muhimi shun-daki, endi kattalar kundalik tartib jarayonida yeyish, kiyinish va boshkalar bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni shakllantirish maqsa-dida bolalarni sekin-astalik bilan faollashtirib boradi. Endi kattalarning so‘zlari harakatga aylanadi. Avval harakatni kattalar­ning o‘zlari bajarib ko‘rsatadilar, so‘ngra bolani ushbu harakatni bajarishga o‘rgatadi. («Halima, mening oldimga kel, hozir ovqatla-nasan, «Halima hozir nima yeydi?» «Sho‘rva ichadi, kotlet yeydi, kisel ichadi»). Bola tomonidan bajarilgan ish kuzatib boriladi va rag‘batlantiriladi. («Yasha, Halima, sen piyolani to‘g‘ri ushlading. Kisel juda mazali, uning hammasini ichib qo‘yish kerak»). «Hali-ma yaxshi qizcha, sho‘rvaning hammasini ichib quydi, kotletni ham yeb qo‘ydi, kiselning hammasini piyoladan o‘zi ichdi» kabi.)

Bir harakatni ko‘p marta takrorlash natijasida bola kattalar­ning birgina so‘z orqali ko‘rsatmasi bilan turli harakatlarni mus-taqil bajara boshlaydi.

Endi unda turli xildagi predmetlarni (narsa-buyumlarni), hara-katlar nomini (soat, stol, qo‘g‘irchoq, kuchuk, ko‘ylak, botinka, shigshak, yech, kiyin, ber, olib kel va hokazolar) bildiruvchi so‘zlarni tushunish rivojlanadi. Ular o‘zlarining harakatini kattalar tomo-nidan qanday baholanayotganligini tushunib boradilar. O‘z tushuncha-larini avval harakatlarda, imo-ishoralarda, ovoz ohanglarida aks ettiradilar. Keyinchalik esa ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim umumlashtiruvchi so‘zlarni ipshatadilar.

1 yoshdagi bolalar bilan nutqni rivojlantirish bo‘yicha turli xildagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu yoshda bolalar nutqini rivoj­lantirish vositalari kengayadi. Syujetli o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqva hayvon o‘iinchokdar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beriladi, birinchi marta predmetlarni aks ettiruvchi rasmlarni ko‘rsatish mashg‘uloti kiritiladi, ya’ni o‘yin-ovutmachokdardan foy-dalaniladi («Chapakka ho-chapakka» va boshqalar). Qisqa ashulalar, she’rlar aytib berish ham kiritiladi.

Nutkni tushunish tevarak-atrofdagi predmetlarni idrok kilish-ning kengayishi jarayonida rivojlanadi. Ushbu yoshda mashg‘ulotda foydalaniladigan uslubiyot, bu nomi aytilayotgan narsa-buyumni ko‘rsatishdan, shuningdek, harakatni predmet bilan ko‘rsatishdan iboratdir.




Download 44,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish