Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti 1- §, Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanyshida nutqning ahamiyati



Download 44,26 Kb.
bet4/13
Sana24.01.2021
Hajmi44,26 Kb.
#56817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ILK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYOTI

Chiniqtirish davri. Go‘dak (tug‘ilgandan 2,5 — 3 oylikkacha) hali o‘zining nutq apparatidan foydalana olmaydi, u faqat chinqirish bilan, ya’ni ovoz reaksiyalari bilan turli istak va xohishlarini bildiradi: «Qornim ochdi, ovqatlanmokchiman», «Tagam ho‘l bo‘ldi, qurukdang», «qornim og‘riyapti» va boshqalar.

Go‘dakning chinqirishi ma’lum bir kommug‘gikativ vazifani (mu-omala vazifasini) bajaradi. Chinqirish davrida sensor jarayonla-rini taraqqiy qildirish, ko‘rish, eshitish va sezish taassurotlari-ni (tevarak-atrofdagi kishilar va buyumlar bilan bog‘liq bo‘lgan taassurotlarni) ta’min etish zarur. Bolani unga so‘z qotayotgan katta yoshdagi kishilarga bo‘yalgan va yaltiroq o‘yinchoqlarga -diqqat bilan qarashga, harakatdagi buyumlarni ko‘z bilan kuzatishga odatlanti-rish zarur. Turli xil tovugyalarga, katta yoshdagi kishining so‘zi, qo‘shig‘iga, shiqildoqning shaqillashiga quloq sola bilish malaka-sini o‘stirish lozim. Bolalarda ko‘rish va eshitish malakasini o‘sti-rishga yordam berish zarur, chunki bu malaka bolaning umumiy o‘sishi uchun, tevarak-atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lishi va emotsio-nal reaksiyalar hosil bo‘lishi uchun katta ahamiyatga egadir.'Bola 1 — 1,5 oylik (uch-besh haftaligida) bo‘lganida unda dastlabki quvonch alomatlari paydo bo‘ladi, unga kulib boqqan, so‘z qotgan kishiga javoban tabassum qiladi. Bola ikki-uch oylik bo‘lganda esa katta yoshdagi kishilar bilan munosabatda bo‘lganda faqat jilmayibgina qolmay, balki turli ovozlar ham chiqara boshlaydi, qo‘l va oyokdari-ni tez-tez tipirchilatadi. Bolaning bunday emotsional-ifodali re-aksiyasi uning organizmini, umumiy hayotiy faoliyati darajasini o‘stiradi, harakatlari va ovoz reaksiyasining o‘sishiga yordam beradi.

Bola hayotining birinchi oylarida unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsa-tish uni parvarish qilish vaqtida amalga oshiriladi. Ular komp­leks harakterga ega bo‘lib, bular: a) ko‘ruv organiga; b) eshituv organiga; v) sezgi organiga ta’sir etadi.

Bolaga ta’sir ko‘rsatish ularni tinchlantirishga, bezovtalikni yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi, Buning uchun har doim kattalarning chexralarida quvnoqlik alomati, jilmayish holatlari bo‘lishi, so‘z ohangi muloyim, yumshoq bo‘lishi lozim. Kattalar bolaning oyoq-qo‘llarini, orqasini silaydi, yonini oladi, erkalaydi vah. k. Mana shu harakatlarni bola bilan «gaplashish» orqali bajarishi lozim. Buday «gaplashish» mazmun jihatidan juda oddiydir. Bundan aso­siy maqsad, bolani tinchlantirishdan, ungao‘zining mexribonchili-gini bildirishdan iboratdir (Salim, Salimjon, yig‘lama, hozir senga ovqat beraman. Yig‘lama, mening erkatoyim, shiringina uxla-gin. Hozir men seningtagingni qurukdayman, keyin tinchgina ux-laysan. Seni hech kim ko‘tarmadimi, hozir men seni sayrga olib chiqaman va hokazo). Bola hayotining birinchi oyi oxiri va ikkinchi oyining boshida muomalasi faollashadi. Bu davrda bolada ijobiy-emotsional holatlar paydo bo‘la boshlaydi.

Bu davrda kattalar kundalik tartib daqiqalarida va chiniqti-rish paytlarida bolaning ko‘ruv, eshituv va sezgi organlariga kom­pleks ta’sir etishni amalga oshiradilar (xuddi birinchi oylardagi kompleks ta’sir etishdek).

Bolaning ko‘ruv va eshituv organiga ta’sir etish jarayonida bola nigohini o‘ziga qaratishi va uni bir necha daqiqa ushlab turishi kerak.

Bola bilan «gaplashish» tinch ohangda, xuddi bola hayotining birinchi oylarida «gaplashgandek» bo‘lishi kerak. «Gaplashish» ning mazmuni xuddi avvalgidek (bir oylikdagidek) sodda bo‘lsa-da, ovoz ohangi xilma-xillikni talab etadi. Bu oyda bolaning ovoz reaksi-yasi ifodali bo‘lib boradi: baland ovozda, qichqirib, qiqirlab kula boshlaydi. Kattalarning bola bilan «gaplashishi» bolaning qichqi-rig‘ini to‘xtatadi. Bu bolaning kattalar bilan muomalasi ancha faol-lashtanidan dalolatdir.

Bola uch oylik bo‘lganda kattalar ular bilan munosabatga ki-rishganda buyumlardan (predmetlardan) foydalana boshlaydi: osib qo‘yilgan o‘iinchoqni, shiqildoqni shiqillatadi. Bu bolaning ko‘ruv va eshituv organlari rivojlanishiga yordam beradi.




Download 44,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish