Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti 1- §, Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanyshida nutqning ahamiyati



Download 44,26 Kb.
bet13/13
Sana24.01.2021
Hajmi44,26 Kb.
#56817
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ILK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYOTI

Mashg‘ulotning navbatdagi bosqichida o‘yin uncha katta bo‘lmagan guruh ishtirokchilari — ikki-uchta bola bilan o‘tkaziladi. Ular nima qayerda ekanligini ko‘rsatishga o‘rgatiladi. Masalan, «Mushukcha qani? Kuchukcha qani? Xo‘rozcha qani?» Bu yo‘l bilan nima qayerda ekanli^ gini topishga o‘rgatiladi. Masalan, «Qo‘g‘irchoqni top, kuchukchani top»; aytilgan narsani (predmetni) tasvirdan topish va uni tarbiyachiga (kattalarga) uzatish (berish); «Ayiqchani top va uni menga ber. Mushukchani top, uni menga ber» kabi. Bir mashg‘ulotda foydalani-ladigan rasmlar soni 6 — 8 taga yetkaziladi. Sekin-astalik bilan bolalarga tanish bo‘lgan narsa-buyumlarning (jonli ob’ektlar) hara-kati tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Bolalar endi tarbiyachi-ham-shira (kattalar) nutqddagi 2 — 3 so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarni eshi-tadilar va unga takdid kila boshlaydilar. Masalan, tarbiyachi rasm-ni ko‘rsatib: «Qaragin, qizcha o‘tiribdi. Bu qizcha esa karavotda uxlayapti. Mushuk sut ichyapti» deydi. Ushbu mashg‘ulotni qayta o‘tkaz-ganda, bolalarga tanish bo‘lgan rasmdagi tasvirla.r bo‘iicha savollar berish kerak: «Salim, bu rasmda nima tasvirlangan? Qo‘g‘irchoq nima qilyapti?»

Sekin-astalik bilan narsa-buyum tasvirlangan predmetli rasm­lar bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning vazifasi murakkabla-shib boradi. Endi bolalarda rasmda tasvirlangan predmetlarning kattaligini, narsa-buyumlarning rangini, turli holatini aytib berish ko‘nikma va malakalari shakllantirib boriladi. Masalan, kuchukcha kichkina va qop-qora; qizil va sariq kubiklar; qizcha yugur-yapti, yiqilib tushdi, yig‘layapti.

Nutqni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil etishda, ay-niqsa, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalaridan, bolalar yozuvchilari-ning asarlaridan ham keng foydalaniladi.

Tarbiyachi tomonidan hikoya qilib berilgan ertaklar, o‘qib be­rilgan hikoya va yoddan aytib berilgan she’rlar, so‘z o‘yinlari, hazil-mutoyibalar bolalarda obrazli nutqni tarbiyalashga yordam beradi. Bolalar nutqida turli intonatsiyalarning shakllanishida, tovush­larni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatishda asosiy material bo‘lib hisoblanadi. Bola nutqini rivojlantirish bo‘yicha ishlar mashg‘u-lotdan tashqari vaqtda — kundalik tartib daqiqalarida ham amalga oshiriladi. Ovqatlanish, yuvinish, kiyinish vaqgida bolalar turli harakatlarni bajaradilar. Kattalarning nutqi yordamida qoshikni to‘g‘ri ushlashga, ozoda va tartibli ovqatlanishga, qo‘lini sovunlab yuviShga va sochiqqa artishga, uyqudan oldin yechinishga va hokazo-larga o‘rgatiladi. Natijada bolalar juda ko‘p nutqiy namunalarni idrok etadilar va ularning mazmunini tushunib olishga o‘rganadi-lar. Nutqni tushunish asosida bolada faol nutq shakllanadi.

Kundalik tartibning ayrim jarayonlarida bolalarda suyet nugq rivojlanadi, masalan, ovqatlanishda, uyquga yotishga tayyorlanishda. Bu kundalik tartib jarayonidagi kattalarning nutqi, bolalarda ma’lum bir ish-harakatni bajarish uchun iroda kuchini sarf etishga qaratilgandir. Masalan, qoshiqni ushlash, sho‘rva to‘qilib ketmas-ligi uchun kosani to‘g‘ri qo‘yish, ko‘ylakning tugmasini taqish va yechish, paypoq va tuflini (shippakni) yechish.

Bizga ma’lumki, bolalarning mustaqil o‘yinlari bilan nutq­ni rivojlantirish o‘rtasida mustahkam bog‘likdik bor. Bolalar o‘yini-ning takomillashishi bilan nutqham takomillashadi. Bolalar mus­taqil o‘yin faoliyati jarayonida o‘yinchokdar bilan turli harakat-larni bajaradilar: qo‘g‘irchoqni qoshiq bilan ovqatlantiradilar, predmet (narsa-buyumni) va uning qismlarini sinchiklab ko‘rib chiqadilar, qo‘l bilan predmetning shaklini tekshiradilar. Mana shu jarayonda katta kishilar ishtirok etishlari va bolalar o‘yinla-riga rahbarlik qilishlari lozim. Bolalar o‘yiniga rahbarlik kil-ganda savollar berish usulidan foydalanish maqsadga muvofikdir. Bu savolga bola so‘z bilan javob beradi yoki harakatlarni bajarib ko‘rsatadi. Bolalarning javoblariga qarab, kattalar kelgusi nutqiy muomala uchun yo‘l tanlaydi.



Masalan, o‘yin vaqtida kulay daqiqani tanlab, tarbiyachi bola-dan so‘raydi: «Karim, sen g‘ishtchalardan nima kurding?» Bola: — Uy. «Bu uyda kimlar yashaydi?» Bola bu savolga o‘yinchokdarini (qo‘g‘ir-choq, xo‘roz, kuchukcha va hokazolarni) ko‘rsatadi yoki jim turadi. Agar bola savolga to‘g‘ri javob bersa, tarbiyachi savol berishni davom ettiradi: «Bu uyda yana kim yashaydi? Katta uy kurish kerakmikan?» Agar bola so‘zlarni ishlatishda qiynalsa, u o‘ynayotgan hamma o‘yin-chokdarining nomlarini aytib berishi kerak. So‘zni bir necha marta ketma-ket takrorlash lozim. So‘ngra o‘yinni tashkil etish kerak, o‘yinchokdarni ko‘chaga olib chiqish va u yerda qoldirmaslik hamda uy va o‘yinchoqlar haqida qisqacha so‘zlashish, so‘zlashishni 2 — 3 marta takrorlash lozim.



Download 44,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish