61
Yorug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod,
fototranzistor, yoki
fotoelement ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qullanishi
vibrasiyaga
chidamli, uzoq muddat davomida ishlovchi tok manbai
yo‘qligi bilan cheklanib kelgan. Oxirgi vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan
yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr datchiklarni keng
tatbiq qilish imkonini yaratmoqda.
39-rasm. Yarimo‘tkazgichli
datchikning ishlash prinsipi
40-rasm. Xoll datchigi.
Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish
sistemalarida Xoll effektiga asoslangan yarimo‘tkazgichli
datchiklar
ishlatila boshlandi (39-rasm). Xoll elementi germaniy,
kremniy va
boshqa yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan yupqa ( h = 10
-4
÷
10
-6m
)
to‘rt elektrodli plastinadan iborat (40-rasm). Agar bunday plastinadan tok
I
o‘tishi bilan bir vaqtda unga, magnit induksiya
vektori
V,
plastina
tekisligiga tik yo‘nalgan magnit maydoni ta’sir kilsa, uning tok
yo‘nalishiga paralel bo‘lgan qirralarida Xoll EYUK
Ex
hosil bo‘ladi.
Ex = kx
I
B/ h
,
Bu yerda,
kx
- plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doqimiysi;
h
- plastina qalinligi.
Xoll elementida hosil bo‘ladigan signal juda ham kichik
qiymatga
ega bo‘lib, u tok manbai kuchlanishiga va temperaturaga bog‘liq.
Shuning uchun Xoll datchigi (40-rasm) Xoll elementi 3 dan tashqari
ko‘chaytirgich 4, signalni shakllantiruvchi blok (komparator) 5,
barqarorlik bloki 7, chiqish tranzistori 6 ni o‘z tarkibiga olgan
mikrosxemadan iborat. Magnit maydoni doqimiy magnit 1 yordamida
hosil qilinib, uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatilgan va maxsus
darchalarga ega bo‘lgan rotor 2 magnit kuch chiziqlarini dambadam
uzish uchun xizmat qiladi. Rotor aylanib, darchalari
doqimiy magnit
to‘g‘risiga kelganda, magnit kuch chiziqlari Xoll elementi 3 yuzasini
62
kesib o‘tadi va uning chiqish elektrdlarida EYUK hosil buladi.
Ko‘chaytirgich 4 da ko‘chaytirilgan va komparator 5
da kerakli shaklga
keltirilgan signal, chiqish tranzistori 6 ning bazasiga uzatiladi va uni
ochadi. Keyingi daqiqada rotor 2 ning tishchasi doqimiy magnit qutbi
qarshisiga to‘g‘ri bo‘ladi va magnit kuch chiziqlari yo‘lini to‘sadi, ya’ni
ularni uzadi.
Natijada, Xoll EYUK yo‘qoladi va chiqish tranzistori 6
yopiladi. Datchik signaliga tok manbai kuchlanishining oshib-kamayishi
va temperatura o‘zgarishi ta’sirini istisno qilish uchun sxemaga
barqarorlik bloki 7 ulangan.
Energiya dvigatel silindrlariga mexanik usul bilan taqsimlanishi,
o‘t olishni ilgarilatish burchagini mexanik
rostlagichlarining nuqsonlari,
tirsakli valdan taqsimlagich valigacha bo‘lgan mexanik uzatmalar tufayli
o‘t oldirish daqiqasini aniqlashdagi xatoliklar kontaktsiz o‘t oldirish
sistemalarining asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
41-rasm. Tiko, Damas rusumli avtomobillarning o‘t oldirish tizimining
Do'stlaringiz bilan baham: