45-mashq. O‘qing. Ravish holi bilan sifatlovchi aniqlov- chilarni aniqlab, farqini tushuntiring. 1. Uning yoqimli qo‘shiqlarini eshitsam, o‘y-xayollarim uzoq-uzoqlarga uchib ketardi. 2. U xatni darrov yozdi. 3. Nega Oyqiz qichqirib yig‘laydi? 4. Hamon cholga termilib yotgan Xolbibining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. 5. Xolbibi cholning so‘zlarini qunt bilan tinglab, yana o‘rnidan turishga intildi. Karavotdan zo‘rg‘a yerga tushib, bir zum tik turgan edi, ko‘zlari tinib, gandiraklab ketdi. Umurzoq ota uni darhol suyab qoldi. 6. Oyqiz oyisini chiroyli xontaxta oldidagi ko‘rpachaga avaylabgina o‘tkazdi. 7. Ertasiga Umurzoq ota yana yangi xabar keltirdi. 8. Qizi- ning yelib-yugurib ish qilishini, uddaburonligini va, ayniqsa, o‘ziga muttasil mehribonlik qilayotganini ko‘rgan ona ich-ichidan quvonardi. 9. O‘zini sovuqdan qaltirayot- gandek his qilgan kampir qizi bergan choydan qaynoq-qaynoq ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. 10. U nimjon qo‘llari bilan dasturxon ustidagi chiroyli piyolani oldi, odatdagidek tizzasining ustiga qo‘yib, piyolani ikki qo‘llab ushlaganicha, unga tikilgan holda xayolga cho‘mdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |