partiyaning ideologiyasi ekanligini yuqorida ko‘rdik. 72 foiz aholisi hin-
doriylardan iborat bo‘lgan aholining shovinistik qatlamlari kayfiyatini o‘zida
mujassamlashtirgan BJP 1998-yil fevraldan parlament saylovlarida g‘alaba
qildi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-martda Bosh vazir qilib
saylandi. Navbatdagi saylovlarda ham Vajpai o‘z o‘rnida qoldi.
Lekin 2004-yil mayda hokimiyatda o‘zgarish bo‘lib, Bosh vazirlik lavo-
zimini Manmoxan Singx egalladi.
Indira Gandi.
251
Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolar-
dan biri Pokiston bilan munosabatlardir. 1947-
yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli
har 10 yilda qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida
tinch-totuv yashashning o‘zi tashabbuskor bo‘lgan besh tamoyiliga (pancha
chila — 1955-yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o‘rtasida xalqa-
ro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (qarang: Xitoy mavzusi).
J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha
mahalliy janjallarni tinchitishda o‘z hissasini qo‘shdi.
Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda
yordam berdi. Harbiy texnika bilan ta’minladi.
Qo‘shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi»
a’zosi bo‘lmish Hindiston qurollanish poygasini to‘xtatishga, qurolsizlanishga,
yadro urushi xavfini yo‘q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo‘l
qo‘ymaslikka, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatishga qaratilgan muhim
takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.
Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo‘lidagi kurashga
salmoqli hissa qo‘shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini
joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va
aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy
hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va
Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi aloqalar
mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi.
O‘zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar
yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikki mamlakat o‘rtasi-
dagi munosabatlarning rivojlanishida O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega
bo‘ldi. Sho‘rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan
mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo‘lib kirishdi.
Natijada Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida birinchi marta teng huquqli
mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog‘liqni
saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik
qilish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.
Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamona-
viy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil
tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 mln dollar mablag‘
ajratdi.
1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao O‘zbekistonga
rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab
chiqarish, havo yo‘llarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish
bilan shug‘ullanuvchi hind — o‘zbek qo‘shma korxonalarini ochish haqida
10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari
Hindiston —
O‘zbekiston
munosabatlari
Tashqi siyosat
252
bilan jami 100 mln dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 15 ta savdo
shartnomasiga imzo chekishdi.
O‘zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam
ko‘rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo‘shma korxona
tashkil etildi. O‘zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti
Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.
«O‘zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi
bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi.
Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O‘zbe-
kistonda katta obro‘ qozondi.
2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda
bo‘ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash
150 mln dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o‘zbek mutaxassislari
axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo‘nalishlari bo‘yicha Hin-
distonda ta’lim olishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy
aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.
Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to‘qimachilik,
mashinasozlik, tog‘-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo
sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd dollarlik
axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.
Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Hin-
diston g‘alla bilan o‘zini o‘zi to‘la ta’minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda
ikkinchi o‘rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi.
Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng
muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o‘sishidir.
Pokiston Islom Respublikasi
Pokiston davlati 1947-yilning 14-avgustida tashkil
etildi. Bu hodisa, avvalgi mavzuda ta’kidlangani-
dek, Hindistonning ikkiga bo‘lib yuborilishi natijasi
edi. Bu bo‘linish diniy belgi asosida amalga oshirilganligi uchun Pokiston
hududi amalda ikki — g‘arbiy va sharqiy qismdan iborat bo‘lib qoldi. Bu
qismlarni 1600 km lik masofa ajratib turar edi. Pokiston 1947-yildan 1958-
yilgacha inglizlarning Hindistonni boshqarish haqidagi 1935-yildagi Qonu-
ni, 1947-yildagi Mustaqillik deklaratsiyasi bo‘yicha parlament tizimi asosida
boshqarib kelindi. Lekin Oliy qonun chiqaruvchi organga saylov o‘tkazilmas
edi.
Pokiston davlati dastlabki kunlardanoq katta muammolarga duch keldi.
Ma’lumki, Hindistonning ikkiga bo‘linishi qattiq diniy qirg‘inlarni keltirib
chiqargan edi. Buning oqibatida faqat Hindiston hududidan dastlabki yillarda
7 mln kishi Pokistonga qochib o‘tdi. Ularni yashash joyi va ish bilan
Pokiston davlatining
tashkil topishi
253
ta’minlash muammosi buningsiz ham ahvoli og‘ir bo‘lgan yosh davlatning
ahvolini yanada qiyinlashtirib yubordi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hududiy kelishmovchiliklar
katta qurbonlarga sabab bo‘lgan urushlarni keltirib
chiqargan.
Asosiy hududiy muammo Kashmir viloyati muammosi edi. Kashmir
aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat. Pokiston ana shu omilga
urg‘u beradi. Hindiston esa Kashmirni asrlar osha hind maxaraji boshqarib
kelganligiga urg‘u beradi.
Maxaraj 1947-yilning iyul oyida Hindiston tarkibida qolish istagini e’lon
qildi. Bu qaror ommaviy to‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Kashmir muammosi
BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilindi. Kengash urush harakatlarini
to‘xtatish, har ikki davlat qo‘shinlarini Kashmirdan olib chiqib ketish va
BMT nazorati ostida Kashmirda referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qilgan.
Biroq Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini bajarmadi. 1954-
yilning may oyida Kashmirni Hindistonga qo‘shib oldi. Kashmir muammosi
hamon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinligicha saqlanib qolishiga
sabab bo‘lib kelmoqda.
Ayni paytda bu keskinlik har ikki davlatni ittifoqchilar izlashga majbur
etgan. Hindiston qo‘shilmaslik harakati a’zosi bo‘lsa-da, sobiq SSSR bilan,
Pokiston esa AQSH bilan yaqinlashish siyosatini yuritganlar. Har ikki tomon
ham kuchli armiya tuzishga urindilar. Pokiston 1954-yilda SEATO, 1955-
yilda esa Bag‘dod pakti (keyinchalik SENTO) ga a’zo bo‘lib kirdi.
Britaniya mustamlakachiligining og‘ir oqibatlari, katta harbiy xarajat
Pokistonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatligicha
qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa muhim ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash,
ta’lim, ijtimoiy ta’minot va boshqalarni) zarur mablag‘ bilan ta’minlashga
imkon bermagan.
Aholi turmush sharoitining og‘irligi, boshqa mil-
latlar huquqlarining kamsitilishi mamlakatdagi
ichki ahvolni yanada murakkablashtirdi. Pokis-
ton hukumati mamlakatning butun hududida urdu tilini davlat tiliga
aylantirishga urindi. Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh)da asosan
bengallar yashar edi. Biroq ular davlat xizmatchilarining atigi 10 foizini
tashkil etardilar.
Sharqiy Pokiston iqtisodiga butun davlat budjetining uchdan bir qismi,
ta’limga esa o‘n oltidan bir qismi sarflanar edi. Bu hududdan qilingan eksport
natijasida davlat xazinasiga tushgan valuta asosan G‘arbiy Pokiston ehtiyojlari
uchun sarflanardi. Bu hol, tabiiyki, Sharqiy Pokistonda milliy harakatni
vujudga keltirgan. Bu harakatni Xalq Ligasi partiyasi boshqargan.
Mamlakatdagi bu ichki ahvolni adolatli hal etish o‘rniga hukmron
Musulmon Ligasi partiyasi repressiya, zo‘ravonlik siyosati bilan javob qaytardi.
Harbiy diktatura
o‘rnatilishi
Kashmir muammosi
254
1954-yilda Sharqiy Pokistonda qonuniy yo‘l bilan hokimiyat tepasiga kelgan
Birlashgan front hukumati ag‘darib tashlandi. Ayni paytda Pokiston
parlamenti tarqatib yuborildi. Butun mamlakat hududida favqulodda holat
joriy etildi. 1956-yil 23-martda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga
ko‘ra, Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Konstitutsiyada
mamlakat prezidenti musulmon kishi bo‘lishi kerak, deb belgilab qo‘yildi.
1958-yilga kelib davlatning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi. Aholi
turmush darajasi pasaydi. Natijada aholining o‘z haq-huquqi uchun kurashi
kuchaydi.
Ayni paytda turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash
kuchaydi. Mamlakatda korrupsiya avj oldi. Bu hol hukumat beqarorligi-
ni keltirib chiqardi. Mamlakatni chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglik
qamrab oldi. Shunday sharoitda Pokiston armiyasi qo‘mondonligi
hokimiyatni qo‘lga olishga qaror qildi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat
to‘ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni
general (1959-yildan — feldmarshal) M. Ayubxon qo‘liga o‘tdi.
Mamlakatda harbiy holat o‘rnatildi. 1960-yil fevralda saylovlar o‘tkazilib,
Ayubxon g‘alaba qildi.
M. Ayubxon hukumati siyosiy partiyalar faoliya-
tini taqiqlab qo‘ydi. Ommaviy axborot vositalariga
nisbatan qattiq senzura o‘rnatdi. Ayni paytda
mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar
boshlandi. Chunonchi, 1959-yilda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra,
katta yer egaligi 500 akr (200 gektar) hajmida cheklab qo‘yildi.
Ortiqcha yerlar sotib olindi va ular kam yerlilarga sotildi. Bundan tashqari,
hukumat qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan
qator tadbirlarni amalga oshirdi. Sanoat, savdo, soliqqa tortish sohasida
o‘tkazilgan qator tadbirlar ishlab chiqarishning o‘sishi uchun qulay sharoit
yaratdi.
Bu omillar Pokistonning iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Biroq islohot-
larning cheklanganligi va izchil bo‘lmaganligi Pokistonning iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlashga imkon bermadi. Chetdan millionlab tonna oziq-
ovqat mahsulotlari keltirishga majbur bo‘lindi.
Mamlakatda harbiy holat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni
tushunib yetgan M. Ayubxon 1962-yil 8-iyunda harbiy holatni bekor qildi.
Mamlakatning yangi konstitutsiyasi 1962-yilda qabul qilindi. Siyosiy partiyalar
faoliyatiga ruxsat etildi. Musulmon Ligasi partiyasi yetakchi partiya bo‘lib
qoldi. Uni M. Ayubxonning o‘zi boshqardi. 1965-yilda M. Ayubxon yangi
muddatga Prezident etib saylandi.
Mamlakatning tashqi siyosatida bir yoqlamalikdan (ya’ni, g‘arb davlatlari
bilan yaqinlashishdan) qaytish yuz bera boshladi. Osiyo va Afrika davlatlari
bilan munosabatlarda ijobiy tomonga o‘zgarish yuz berdi. Pokiston Isroilning
arab davlatlariga qarshi agressiyasini qoraladi. SEATO va SENTO harbiy-
Pokiston
60—70-yillarda
255
siyosiy ittifoqlaridagi ishtirokini cheklab qo‘ydi. Ayni paytda Hindiston bilan
munosabatlarda o‘zgarish yuz bermadi. Bu davlatlar o‘rtasida 1965-yilning
o‘zida ikki marta qurolli to‘qnashuv yuz berdi. SSSR bu ikki davlat
munosabatlarini normallashtirish uchun barcha diplomatik choralarni ko‘rdi.
1966-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri
L. B. Shastri va M. Ayubxon o‘rtasida ikki davlat munosabatlarini normal-
lashtirish haqida kelishuvga erishildi.
Biroq Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Buning asosiy
sababi — mamlakatning iqtisodiy qoloqligi oqibatida aholi turmushi past
darajada qolayotganligi edi. Mamlakatni ish tashlash, namoyish to‘lqini
qamrab oldi. Ayni paytda Sharqiy Pokistonda milliy harakat kuchaydi.
Repressiya vaziyatni yanada keskinlashtirdi, xolos. Mamlakatda vujudga
kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M. Ayubxonni
iste’fo berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general
Yahyoxon qo‘liga o‘tdi. U mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Biroq bu
siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermadi. 1970-yil dekabrda
Pokiston tarixida birinchi marta umumxalq saylovlari o‘tkazildi. Mamlakat-
ni demokratik asosda qayta qurish dasturi bilan chiqqan partiyalar —
Sharqiy Pokistonda M. Rahmon boshliq «Avomi liga», G‘arbiy Pokistonda
Z. A. Bxutto boshliq Xalq partiyasi g‘alaba qildi. Lekin hokimiyatga
birdaniga kelolmadi. Hukumat repressiya boshladi. Bunga javoban, 1971-
yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. 26-mart kuni
Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon
qilindi.
Bu harakatni Hindiston qo‘llab-quvvatladi. Oqibatda Pokiston —
Hindiston urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g‘arbiy frontdagi
armiyasi yengildi, Bangladeshdagi armiyasi esa taslim bo‘ldi. Mag‘lubiyat
Yahyoxon harbiy diktaturasining qulashiga olib keldi. Shu tariqa fuqarolik
hukumati tuzilishiga yo‘l ochildi. 1971-yil 20-dekabrda Pokiston Xalq
Do'stlaringiz bilan baham: |