Oliy majlis va mahalliy deputatlarimiz nigohlarda…
Parlament
Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutlaq huquqqa ega boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Oliy Majlis
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi- oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir.
Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
Senat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir.
Oliy majlis
Senatning o‘n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo‘mitalari majlislariga to‘planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi.
Senatda hududiy mansublikka ko‘ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning 80-middasida belgilangan:- Senat Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mita raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash; Prezident taqdimiga Konstitutsiyaviy sudni, Respublika Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudini saylash; Prezident taqdimiga binoan Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasinining raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish. Prezidentning Respublika Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash; Prezidentning Respublika Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash; Prezidentning taqdimiga ko’ra chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakillarni tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod qilish; Prezidentning taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish; Respublika Bosh prokurorining taqdimiga ko’ra, Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; Respublika Bosh prokurorining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasini raisining, Respublika Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish. Bu vakolatlar Konstitutsiyamizning yuqorida ko’rsatilgan moddasida 14 ta bandda aniq ko’rsatib o'tilgan.
Oliy majlis
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari aniq ko’rsatilgan:
- Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini saylash; Bosh prokuror taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatining daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masala yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati 5 yil bo’lib, bu muddat tugagach, ular yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlagunga qadar o’z faoliyatini davom ettirib turadi.