II.Asosiy qism
1. XIX asrning oxirida Fransiyaning iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Hokimiyat uchun kurash.
2. Fransiyaning tashqi siyosati va ijtimoiy harakat.
3. XX asr boshlarida Fransiya.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Bizning nazarimizda Fransiya - insoniyat ruhi ulug’vorligi va aql ziyosi ramzi, jahonda ko’plab atoqli arboblar yetkazib bergan buyuk mamlakatdir. Fransiya faqat noyob madaniyat va nafis san‘at mamlakati, yuksak ma‘rifat, turmushning dono falsafasi, insonparvarlik bilan yo’g’rilgan adabiyot va she‘riyat mamlakatigina emas,bizning nazarimizda Fransiya jahonda ilk bor erkinlik, tenglik va birodarlik singari oliy maqsadlarini in‘om etgan zamonaviy demokratiya vatani hamdir. Hokimiyat uchun kurash. Kommuna tor-mor keltirilgandan so’ng Parij va viloyatlarda reaksiya avj olib ketdi. Kommuna jangchilarigina emas, kommunarlarga xayrixohlik qilgan,deb shubha ostida olinganlar ham qattiq ta‘qib ostiga olindilar. «Dyufor qonuni» (1872) kommunarlarga qarshi. Inqilobiy harakatlarga qarshi kurashuvchi bir qator tashkilotlar paydo bo’ldi. Bu davrda Fransiyada yirik moliya, sanoat va zamindor guruhlar bilan birga faol xalq ommasi, «o’rta tabaqalar», - deb atalgan tabaqa katta o’rin tutardi. Aholi qatlamlarining bunday joylashuvi «Uchinchi respublika»da siyosiy kurashning rivojlanishiga ham ta‘sir qildi. Fransiyadagi iqtisodiy inqiroz faqat XX asr boshlaridagina yengib o’tildi.
XIX asrning oxirida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti Urush va davlat to’ntarishi iqtisodiy hayotga salbiy ta‘sir ko’rsatdi. 1873-yildagi iqtisodiy inqiroz ham Fransiya iqtisodiyotini izdan chiqardi. Bu inqiroz sanoat, savdo va qishloq xo’jaligini qamrab oldi. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. XIX asr o’rtalarida sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan 2-o’rinda (Angliyadan keyin) turgan Fransiya XIX asrning oxiriga kelib 4-o’ringa, ayrim sanoat tarmoqlari bo’yicha undan ham keyingi o’rinlarga tushib qoldi. Fransiya sanoat o’sishi sur‘atlari jihatidan AQSH, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlardan orqada qoldi. Sanoat taraqqiyotining bunday sekinlashib qolishiga bir qator omillar; 1). 1870-1871 yillardagi urushning mamlakat xo’jaligiga yetkazgan zarari (15 mlrd. frank) 2). Germaniyaga to’langan tovon (5 mlrd frank 3). sanoat taraqqiy qilgan Elzas va Lotaringiyadan mahrum) bo’lishi. 4) ichki bozorning cheklanib qolishi.5). tabiiy boyliklarining taqchil bo’lishi. 6). temirning sifati pastligi o’z ta‘sirini ko’rsatdi. Shunga qaramay,Fransiyada mayda va o’rta korxonalar ko’pligi sababli ishlab chiqarishning jamlanishi va kapitalning markazlashuvi jarayoni tezlashib bordi. Bu ham industriyaning o’sishiga, monopoliyalar birlashmalarining vujudga kelshiiga olib keldi. 70-yillarda ko’plab aksionerlik kompaniyalari paydo bo’ldi. 1876-yilda qudratli Longvi metallurgiya sindikati tashkil topdi. Shnayder-Krepo harbiy-sanoati tarmoqlari kengaytirildi. XIX asrning oxirlarida mamlakat qishloq xo’jaligida hamon aholining katta qismi band edi (1872-yilda - 63,9%, 1896-yilda -60,9%). Qishloq aholisining ko’pchiligi mayda dehqonlar bo’lib, ularning qo’lidagi yerlar 75%ni tashkil etgan.Yirik moliyachilar va sarmoyadorlar ko’proq foyda olish payida bo’lib, o’z tovarlarini chet elga chiqarishga harakat qildilar. 70-yillarda fransuz kapitali Ispaniyada temir yo’llar qurilishiga sarflandi. 80-yillarda esa, Polshadagi ko’mir konlariga, Donbass va Krivoy Rog tomonlarga intilar edi. 80-90-yillarda Fransiya kapitali Turkiya, Avstriya-Vengriyaga, Janubiy Amerika mamlakatlariga kirib bordi. Kapitalning ko’p qismi zayomlar borish yo’li bilan eksport qilindi.Bu esa fransuz kapitalining sudxo’rlik qiyofasini ko’rsatar edi. Bu davrda Fransiyada yirik moliya, sanoat va zamindor guruhlar bilan birga faol xalq ommasi, «o’rta tabaqalar», - deb atalgan tabaqa katta o’rin tutardi. Aholi qatlamlarining bunday joylashuvi «Uchinchi respublika»da siyosiy kurashning rivojlanishiga ham ta‘sir qildi. Fransiyadagi iqtisodiy inqiroz faqat XX asr boshlaridagina yengib o’tildi.1 Hokimiyat uchun kurash. Kommuna tor-mor keltirilgandan so’ng Parij va viloyatlarda reaksiya avj olib ketdi. Kommuna jangchilarigina emas, kommunarlarga xayrixohlik qilgan,deb shubha ostida olinganlar ham qattiq ta‘qib ostiga olindilar. «Dyufor qonuni» (1872) kommunarlarga qarshi. Inqilobiy harakatlarga qarshi kurashuvchi bir qator tashkilotlar paydo bo’ldi. Germaniya bilan sulh masalasini kurish uchungina vakolat olgan Milliy Majlis sulh shartnomasini imzolaganidan keyin ham o’zboshimchalik bilan o’z faoliyatini davom ettiraverdilar. Har biri taxtga o’z vakilini qo’yishga harakat qilgan uch monarxiyachi partiyaning Ta‘sis majlisidagi o’zaro raqobati ularning monarxiyani qayta tiklash rejasini yo’qqa chiqardi, monarxiyachilar respublikaga vaqtincha rozi bo’lib turishga majbur bo’ldilar. Ana shunday sharoitda Kommunani yo’q qilgan, o’zi aytganiday, «eski monarxiyachi» Adolf Ter respublika Prezidenti lavozimiga juda mos odam edi. Tyer mamlakatda ashaddiy reaksiya tartibini joriy qildi, matbuot erkinligini cheklab qo’ydi. Milliy gvardiyani tarqatib yubordi. O’lpon to’lash uchun ikki marta zayom chiqarildi va belgilangan miqdordan juda ko’p qilib sotib yuborildi. Shu bilan birga, gugurt, temir yo’l biletlari va boshqalarga «egri» soliqlar solindi, bu soliqlar keng mehnatkashlar ommasining zarariga bo’ldi. Fransiya Germaniyaga o’lponni muddatidan oldin to’lab bo’ldi. 1873-yil 16-sentyabrda oxirgi german qo’shini Fransiya hududidan chiqib ketdi. Milliy majlisda ozchilikni tashkil qilgan respublikachilarni aholining ko’pchilik qismi qo’llab-quvvatlab kelayotgan edi. 1872-1873 yillardagi qo’shimcha saylovlarda respublikachilar katta g’alaba qozondilar. Shu yillar mobaynida Milliy Majlisga yalpi saylangan 150 kishidan 128 tasi respublikachilar edi. Monarxistlar graf Shamberni Genrix V nomi bilan qirol etmoqchi edilar. Xalqning monarxiyaga xohishi yo’qligini Ter tushunardi, shuning uchun ham u mazmunan reaksion bo’lgan hokimiyatning respublika tizimi tarafdori bo’lib qolishga majbur bo’ldi. Lekin, respublikachilarning yutuqlaridan tashvishga tushib qolgan monarxiyachi Milliy Majlis Terga mamlakatda «ma‘naviy tartib»ni ta‘min qilolmadilar degan aybni qo’ydi. 1873-yil 24-mayda Ter iste’fo berishga majbur bo’ldi. Milliy Majlis Ter o’rniga marshal Mak-Magonni Prezident qilib sayladi. U noshud siyosatchi, ashaddiy reaksioner va monarxiyachi, haddan tashqari johil bir odam edi. Mak-Magon «ma‘naviy tartib»ni monarxiyaviy kayfiyatlarni kuchaytirib yuborish ma‘nosida tushungan edi. Monarxiyachilar 1873 yil yozi oxirlarida monarxiyani tiklashga tayyorgarlik ko’ra boshladilar. Monarxiyani tiklashga ochiqdan-ochiq tayyorgarlik ko’rish mamlakatda keng qarshilik harakatining boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Respublikachilar bu kurashda o’zlarining butun kuchlarini birlashtirdilar. Monarxiyachi Milliy Majlis o’z mavqei va kelajak istiqbolini saqlab qolish uchun 1873-yil noyabrda Mak-Magonning vakolat muddatini 7 yil deb belgiladi. Monarxiyachilar Mak-Magon hokimiyatini saqlab qolib, boshqa bir yo’sinda o’z rejalarini amalga oshirishni mo’ljallab qo’ygan edilar.1875 yil Konstitusiyasi. Vakolati allaqachon tugagan Milliy majlis Konstitusiya tayyorlash bilan shug’ullanishga majbur bo’ldi.Milliy majlis monarxiya tuzumini o’rnatolmagani uchun uzoq vaqt bir qarorga kelolmadi. Nihoyat, 1875 yil 30-yanvarda u deputat Vallonning respublika Prezidentini saylash tartibi va uning vakolat muddatini belgilagan tuzatishni, bittagina ko’p (352 ga qarshi 353) ovoz bilan tasdiqladi va shu orqali respublikani e‘tirof etdi. Respublika Prezidenti deputatlar bilan Senatning qo’shma majlisida yetti yilga saylanardi. Prezident parlament oldida javobgar bo’lgan vazirlarni, oliy ma‘muriy va harbiy amaldorlarni tayinlash, qurolli kuchlarga farmoyishlar berish, ajnabiy davlatlar bilan respublika nomidan munosabatlar o’rnatish, shuningdak urush e‘lon qilish, sulh tuzish huquqiga ega edi. Umumiy avf e‘lon qilish ham Prezident qo’lida edi. Deputatlar palatasi va Senatning qarorgohi etib Parij emas, balki Versal shahri belgilandi. Monarxiyachi Milliy majlis Konstitusiyaning demokratik mazmunini cheklash uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’rdi. Respublikachilar 1875-yil Konstitusiyasini ma‘lum darajada yutuq deb bilib, uni keyinchalik qat‘iy sur‘atda demokratlashtirish lozim deb topdilar. Senat- (lotincha «seneks» keksa).
1). Qadimgi Rimda oliy hokimiyat organi imperiya davrida o’z ahamiyatini yuqotgan.
2). Ba‘zi davlatlarda AQSh, Italiya, Fransiya parlamentining yuqori palatasi.
3).Rossiyada 1711-1917 yillarda oliy hukumat organi.
«Uchinchi Respublika»ning inqirozi. Konstitusiyaga muvofiq, Fransiya parlament respublikasi bo’lib qoldi. Bu «Uchinchi Respublika» (Fransiyada «Birinchi Respublika» 1797-1804; «Ikkinchi Respublika) (1848-1852;) deb atala boshlandi. «Marseleza» Fransiyaning madhiyasi deb qabul qilindi. Bastiliya ozod etilgan kun - 14-iyul Milliy bayram kuni deb e‘tirof etildi. Konstitusiyada Deputatlar palatasi umumiy ovoz berish yo’li bilan saylanadi deyilgan edi. Amalda esa bunday bo’lmadi. Xotin - qizlar saylov huquqiga ega emas edilar. 1876 yilgi saylovlarda Deputatlar palatasida respublikachilar, Senatda esa monarxiyachilar kupchilikni tashkil etar edi. Respublikachilar safida bu davrda tabaqalanish yuz berdi. Yuqori doiralarda uch partiyaning ta‘siri kuchaydi. Bu Ter rahbarlik qilgan eng konservativ guruh - «So’l markaz», Jyul Ferri va Jyul Simon boshliq « Respublika guruhi» va Leon Gambetta boshliq «Respublika ittifoqi» guruhlari edi. Gambetta respublikachilarning eng mashhur va nufuzli rahbari edi.2 Gambettaning radikal - demokratik talablaridan voz kechganligi 70-yillarning oxirida respublikachilarning «O’ta so’l» guruhini vujudga keltirdi va keyinchalik uning negizida radikallar partiyasi tuzildi. Radikal-demokratik islohotlarni tashkil etish, «O’ta sul» guruhlar,ular ko’pincha tubdan keskin choralarning tarafdorlari edilar. Mak-Magon Senatning yordamiga suyanib Deputatlar palatasini tarqatib yubordi va yangi saylov belgiladi. Saylov vaqtida hukumat tazyiq vositalarini ishga soldi. Respublikaning yashashi jiddiy xavf ostida qoldi. Barcha respublikachi guruhlar yana Gambetta rahbarligi ostida birlashdilar. Xalq respublikani qat‘iy yoqlab chiqdi. 1876 yil yanvarda respublikachilar Senatga bo’lgan saylovlarda ham g’alaba qozonganlaridan keyin Mak-Magon kurash olib borishning behudaligiga ko’zi yetib, vakolati tugamasdan iste‘fo berdi. «Mo’‘tadil» respublikachi Jyul Grevi Prezident qilib saylandi. 1877 yil oktyabrdagi saylovlarda monarxiyachilarning barcha harakatlariga qaramasdan, respublikachilarning qo’li baland keldi.