Ikki eshik orasi


II bob. Asarda ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining hayoti tasviri



Download 52,44 Kb.
bet3/7
Sana08.04.2022
Hajmi52,44 Kb.
#535953
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IKKI ESHIK ORASI

II bob. Asarda ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining hayoti tasviri.
Ikkinchi jahon urushi nafaqat urush bo‘layotgan yurtda, balki minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar aholisini ham sinovdan o‘tkazdi. Bu jarayon bevosita badiiy asarlar mavzusiga aylandi. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida ham urush yillaridagi o‘zbek oilalarining achinarli va ta‘sirli hayoti yorqin aks ettirilgan.
Asarda Oqsoqolning Fotima va Zuhra kelinlari obrazlari ham urush davri yosh juvonlarining suratini go‘zal chizgilarda tasvirlaydi. O‘zbek ayoli har qaysi zamonlarda ham, ayniqsa urush yillarida o‘zining yuksak matonati bilan barcha uchun namuna bo‘la oldi. Fotima va Zuhra kelinlarning turmush o‘rtoqlari Zokir va Shokirdek zabardast, kuch-g‘ayrataga to‘la yigitlarni ham urush o‘z domiga tortib, halok qilgan bo‘lsa-da, ular bir-birlari uchun yupanch, suyanch bo‘ldilar. Zuhra kelinning farzandsizligi uning qalbidagi bir yara bo‘lsa, bu ham uning barcha alamlarini ichiga yutishga harakat qiladi. Ammo yosh ko‘ngilga ishq uchquni tushsa, nima ham qilsin?... Zuhra kelinning bir harbiy yigit bilan qochib ketishi oila a’zolarining barchasi uchun kuchli zarba bo‘ladi. Bechora oqsoqol nimaqilarini bilmay, ikkovini chopaman deya, o‘zini qo‘yarga joy topomaydi…ammo nima ham qilsin farzandi endi urushdan qaytmasligi aniq. Bu oshiq qalblarni ayirib nima ham topardi? Ularning birga bo‘lishiga rozilik beradi…Umuman, Fotima-Zuhra kelinlar obrazi har qanday kitobxonning ko‘nglida iliqlik uyg‘otadi va turmush o‘rtoqlari halok bo‘lishiga qaramay, ularning ota-onalariga o‘z mehr va sadoqatlari ila xizmat qilishlari barcha uchun ibratli namuna bo‘la oladi.
Bundan tashqari yoshlarning pok sevgisi, ayollarning mashaqqatli mehnatlari tasviri keltirilgan.
Aravaning shotisiniendi pastga tushirgan edim, nimqorong‘ilik ichidan ovoz keldi:
- Muzaffar!
Tanidim! Robi opam!
- Robi opa! - aravani ham unutib chopib bordim. Robi opam baquvvat qo‘llari bilan yerdan dast ko‘tarib quchoqlab oldi. Dimog‘imga lampamoy hidi urildi.
- Arava o ‘ynama, bolajon! - dedi yuzimdan
o‘pib.- Yur, uyga! Yaxshisi, ertaga o‘zimning otimga mindiraman.
Robi opamning «ot»ini bilaman. G‘ildiraklarining tishi katta-katta, dudburonidan tutun chiqib turadigan traktor! Bahorda kelganimda Robi opam «ot»ida uchirgan. Robi opamni yaxshi ko‘raman. o‘ziyamyaxshi-da! Ammamga o‘xshagan kichkinamas. Bo‘yi novcha, yuzi oppoq, chiroyli. Sochi uzun, yerga tegadi.
Asardagi bosh obrazlardan biri – bu Robiya. Hali turmush qurmagan, otasidan ayrilib ko‘ngli o‘ksik qolgan qiz. Otasining tuhmatga qolishi yetmaganday, u qiz mehnatdan qochmaydi. Muzaffar tilidan keltirilgan jumlaga e‘tibor qaratamiz: “Robi opam baquvvat qo‘llari bilan yerdan dast ko‘tarib quchoqlab oldi. Dimog‘imga lampamoy hidi urildi”.
Yoshva go‘zal qiz, ayni o‘ynab-kuladigan, sevib-seviladigan yoshda edi-ku. U esa sevimli insonidan butkul ayrilgan bo‘lsa-da, umidini uzmaydi.
Bundan tashqari, qishloq ayollari bilan barobar dalada mehnat qiladi. Shu davr muhitidan kelib chiqib, unga tahsin aytishdan boshqa iloj yo‘q.
Asar mazmunini yoritishda har qanday detal, obrazning o‘z vazifasi bor. Chexov aytganidek “Agar asar muqaddimasida devorda miltiq osilib turgan bo‘lsa, asarning yakunida u otilishi kerak”, huddi shundayin “Ikki eshik orasi” asarida ham barchasining o‘z o‘rni bor.
Asardagi har bir obraz, har bir qahramon birlashib bir butunlikni tashkil qiladi. Ularning hech birisiz bu asarni tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Ikki eshik orasi” asaridagi Parcha xola obraziga to‘xtalsak, bu ayol hayotda doim insonlarga quvonch ulashib, Urushning sovuq nafasi ufurib turgan mashaqqatli kunlarda ularning yuziga tabassub yugurtirib, ko‘ngillaridan mahzunlikni uzoqlashtirishga harakat qilardi. Ovozi do‘rillagan, erkaklardek kuch-quvvatga ega bo‘lgan Parcha xola kabi obrzalara o‘sha davsarlari uchun juda muhim edi.Chunki barcha erkaklar frontda dushmanni yer tishlatib, olishayotgan bir paytda bizning o‘zbek ayollarimiz o‘zining yuksak matonati, metin irodasi ila dala-kolxozlarda bor kuchini berib mehnat qilayotgan davr edi. Va bu o‘zbek xalqining tom ma’noda matonati belgisi edi.
Umid eng so‘nggida o‘ladi deganlariday, bu ayollarning o‘z yorlaridan, aka-yu ukalaridan, otalaridan umidlari bor edi… ular urushdan qaytib keladi deya umid ila mehnat qilar edilar. Ammo bu umidni puchga chiqishida Rashid Abzidek xat tashuvchi yigit obrazi beriladi. Ayollarga “qora” xatni berib, ularning bor dard-alamlarini, unga qilgan har qanday munosabatlarini to‘g‘ri qabul qila oladi va ularni butun vujudi bilan tushunadi. Miq etmay ichiga yutib, chidashga harakat qiladi. Kimdir sabr qilishi, bu qalblari nozik ayollarning bor sitamlarini kimlardir ko‘tarishi kerak edi-ku!
Asarning asosiy qahramonlariga keladigan bo‘lsak, hali aytganim Kimsandan tashqari qora amma, Husan duma, Orif oqsoqol, Muzaffar va boshqa obraz aks ettiriladi. Menga o‘shanda qiziq savol paydo bo‘lgan. Nega asar “Ikki eshik orasi” deb nomlangan? Javobni ham o‘zimcha 7-sinf dunyoqarashi bo‘yicha topganman. Asarda bir o‘tmishdagi voqealar, bir hozirda bo‘layotgan hodisalar tasvirlangani uchun bo‘lsa kerak deb o‘ylaganman. Asarda insonlardagi ma’naviy fazilatlar ulug‘lanadi. Asardagi voqealar hikoya qilish tarzida bayon etilgan. Orif oqsoqol haqiqatni aytishdan qo‘rqmaydigan inson sifatida tasvirlanadi. Bunday fazilat ko‘pchilikda yo‘q. Romandagi qora amma sodda o‘zbek ayoli sifatida aks ettiriladi. Bu asarda haqiqiy o‘zbeklar hayoti yozilgan. Asarda qo‘shnilar birga yig‘ilib kitob o‘qiydi. O‘sha paytda texnika rivojlanmagan. Bu orqali ularda oqibat kuchli bo‘lgan. Bundan tashqari ma’naviy jihatdan kamol topgan.

Yozuvchining bolaligi urushdan keyingi davrga to‘g‘ri kelsa ham, odamlar qalbiga urush yetkazgan jarohatlar hali bitmagan edi. O‘tkir Hoshimov mana shu odamlar orasida ulg‘aydi. Keyinchalik bu xotiralari uning asarlariga ko‘chdi. “Ikki eshik orasi” asarida tasvirlangan hayot qishloq hayoti. Husan dumaning oilasi va uning hamqishloqlari taqdirida urush fojialari ochib berilgan. Husan duma ham qora amma ham juda ajoyib insonlar. Ularda insoniylik, kamtarlik, samimiylik va mehnatkashlik kabi insonni ulug‘lovchi hislatlar yaqqol tasvirlab berilgan. Ularning mehribonligi muallim va qizini o‘z uylariga olishlarida ham namoyon bo‘ladi. Front ortidagi fidokorona mehnat Husan duma va Robiya obrazlari orqali ochib berilgan. Lekin xalqning og‘ir kunlarida faqat o‘z nafsini o‘ylaydiganlar ham topilgan. Umar zakunchi va Ra’no xarakterida esa ma’naviy tanazzul ochib berilgan.


“Ikki eshik orasi” romanida Parcha xola, Rashid Abzi, Komil tabib, Fotima va Zuhra singari personajlarga urush tufayli ular ruhiyatida yuz bergan o‘zgarishlar tasvirlanadi. Rashid abzi pochtachi bo‘lganligi va uylarga qora xat olib kelgani uchun hamma odamlar, hatto o‘ziga ham yoqmay qoladi. Natijada u butun qishloqdan bosh olib ketadi. Fotima va Zuhra kelinlar taqdirida ham urush o‘chmas iz qoldirdi. Ikki aka-ukaga turmushga chiqqan opa-singillar urush tufayli beva bo‘lib qoldilar. Bundan tashqari ular erlari o‘rniga traktor hayday boshlaydilar. Zuhra kelinning farzandi yo‘qligi uchun u boshqa birovni tezda sevib qoladi. Natijada unga hamma hatto Fotima opasi ham undan nafratlanadi. Oqsoqolning oqilono qarori tufayligina Zuhra odamlar ta’nasidan qutuladi. Yozuvchining bir orzusi :
“Hamisha bir orzu bilan yashayman shunaqa kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa,, asarni o‘qib bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa. Oradan yillar o‘tib asarni qaytadan qo‘lga olganida tag‘in hayajonlansa...” O‘tkir Hoshimov mana shu orzusiga erishgan ijodkordir.

  • Oy havolab ketdi. Ayvon qop-qorong‘i bo‘lib qoldi. Uyqu qani? Xayol ming ko‘chaga olib kiradi. Kimsanim... Oltitasini yerga qo‘yib, bittagina tutgan bolamniyam Xudo ko‘p ko‘rdi.

Dukur-dukur ot keldi,
Ot boshida xat keldi.
Xatini o ‘qib ko ‘rsam,
Voy-voy hilan dod keldi...
Qayoqdasan, bolam? Qaysi yurtlarda yuribsan?! Joning sog‘mi o‘zi? Mayli, oyoq-qo‘lsiz bo‘lsang ham, birov zambilda ko‘tarib kelsayam jon derdim! Kaftimda olib yurardim! Otang yo‘lingga termula-termula o‘tdi. Endi aqalli meni o‘z qoiing bilan tuproqqa qo‘ysang-chi! Yo‘q, yig‘layotganim yo‘q, bolam! Yig‘lamayman.
Mabodo yig‘lasam ham... Yo‘q, o‘g‘lim. Men yig‘lasam, sen bezovta bo‘lasan. Robiya kuyadi. Qizimning ikki ko‘zi haliyam eshikda. Kutyapti. Seni kutyapti. Boshqa qiz bo‘lsa, etagini qoqardi-yu bor-e, deb bittasiga tegardi- ketardi. Ne-ne joylardan sovchi chiqmadi. Tuqqandanmi-tug‘ishgandanmi, deb shuni aytadi-da! Bir qiz bo‘lsa shunchalik bo‘lar.
“Qora amma”ning – bechora onaning urushda bedarak ketgan – yolg‘iz o‘g‘li bilan pinhona suhbati. Yoshlarning pok sevgisiga qarshilik ko‘rsatmaydi, nafaqat o‘zining sabri yetmagan sog‘inchga, qalbi sevgi – muhabbatga to‘la , nozik yelkasiga turmushning og‘ir yukini ortib olgan Robiya qanday bardosh berayotganiga aqli yetmaydi.
Asarda urushning insonlar hayotiga qanday ayanchli oqibatlar qoldirgani, ba’zi insonlarning fojeasi kabi voqealar yoritilgan. Asarning asosiy qahramonlari qora amma, Orif oqsoqol, muallim Husan duma kabi obrazlarning hayoti gavdalantirilgan. Bu asar 1986-yilda nashr qilingan. Bu asarda insonlarni ma’naviy, ruhiy jasoratlari ulug‘lanadi, urush esa qoralanadi. Asar yozishda hikoya usulidan ham keng foydalanilgani, obrazlarning ichki monologlari ham keltirilgani asarning qimmatini oshirgan. Orif oqsoqol obrazi haqiqatni aytishdan qo‘rqmaydigan obraz sifatida, Qora amma rsa sodda o‘zbek qishloq ayoli obrazida tasvirlangan bo‘lsa, Munavvar va Muzaffar fojialari ham ishonchli tasvirlangan. Romandagi Umar zakunchi, Ra’no obrazlarining fojiasida ularning o‘zlari aybdorliklari ham asarning o‘zida juda chiroyli yoritib berilgan. Ularning baxtsizligida ularning harakterlari sababchi bo‘ldi. Yozuvchi bu orqali insonlar baxtsizliklariga o‘zlari sababchi bo‘lishlarini aytib o‘tmoqchi bo‘ladi va u o‘z maqsadiga ham erishadi.
Asar mazmunini yoritishda har qanday detal, obrazning o‘z vazifasi bor. Chexov aytganidek “Agar asar muqaddimasida devorda miltiq osilib turgan bo‘lsa, asarning yakunida u otilishi kerak”, huddi shundayin “Ikki eshik orasi” asarida ham barchasining o‘z o‘rni bor.

O‘tkir Hoshimov ijodi juda rang-barang. Uning ijodini daf‘atan qamrab olish mumkin emas.Uning faoliyatidagi har bir soha bir kitobga arzigulik ijoddir. O‘tkir Hoshimov singari mumtoz yozuvchilar ijodiy faoliyati haqida jildlab kitoblar kerak.


Agar O‘tkir Hoshimovning obrazlar va g‘oyalar olami ilmiy jihatdan tadqiq qilinsa, adabiyotshunoslik fani yana bir mukammal tadqiqot bilan boyigan bo‘lardi. Uning boy ijodiy merosi allaqachon xalq mulkiga aylangan. O‘tkir Hoshimovning qalamidan chiqqan va o‘ziga ma‘qul bo‘lgan har bir asar istisnosiz kitobxon qo‘liga yetib bordi va eng sara asarlar sifatida sevib o‘qildi. Nazarimda, uning kitoblari javonga terib qo‘yilmaydi, aksincha qo‘lma-qo‘l o‘qiladi.
Ushbu ijodkor adabiyot zarvaraqlarida abadiy yashaydi, u o‘z asarlari bilan barhayot. O‘tkir Hoshimov mohir ocherknavis edi. Dastlabki ocherklari ham o‘zining badiiy jilosi va mavzuning dolzarbligi bilan dastlab temiryo‘lchilar e‘tiborini qozondi, so‘ng xalqimizning sevimli asarlari bo‘lib qolgan edi.Va bu ocherklarning ba‘zilari hikoya darajasiga ko‘tarilgan edi.
O‘tkir Hoshimov hikoyanavis edi.Uning xoh lirik hikoyalari bo‘lsin, xoh hajviy hikoyalari bo‘lsin, xoh yumoristik hikoyalari va hangomalari bo‘lsin – hammasi kitobxonlarning zavq-shavq bilan o‘qiydigan asarlariga aylandi. Ko‘ogina hikoyalari telepostanovka qilingan.
O‘tkir Hoshimov qissanavis adib edi. Uning dastlabki – “Cho‘l havosi” qissasidan tortib, so‘nggi “Ikki karra ikki besh” qissasigacha o‘zbek adabiyotiga bebaho xazina bo‘lib qo‘shildi. “Bahor qaytmaydi”, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” singari qissalari teleseriallarga aylangan edi.
O‘tkir Hoshimov dramaturg edi. Uning ijtimoiy turmushning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan dramatik asarlari, quvnoq komediyalari O‘rta Osiyo respublikalari teatrlarining ko‘plarida namoyish etilgan.
O‘tkir Hoshimov maqolanavis adib edi. Ijtimoiy turmusimizning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan maqolalari shunday kuchli ta‘sirga ega ediki, ba‘zi jitimoiy qatlamlarni titratib yuborardi.
O‘tkir Hoshimov faol journalist edi. U qaysi tahririyatda ishlamasin, albatta, o‘sha tahririyat nashr etayotgan gazetami, jurnalmi, ularni o‘qishli jurnalga aylantirar edi. “Toshkent oqshomi” gazetasi, u bosh muharrir bo‘lgan “Sharq yulduzi” , “Teatr” jurnallari misol bo‘la oladi.
O‘tkir Hoshimov davlat va jamoat arbobi edi. Davlat va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o‘zining donoligi bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga, xalq manfaatlariga kata foyda keltirardi. Matbuot va noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning yaratilishi va amaliyotga tatbiq etilishida uning ulkan hissasi bor.
O‘tkir Hoshimov romannavis adib edi. “Uning uchta romani – “Nur borki soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” Abdulla Qodiriy tamal toshini qo‘ygan o‘zbek romanchiligini rivojlantirishda ulkan hissa bo‘ldi. Bu romanlar jahon adabiyotining qarichi bilan o‘lchanganda ham kata nufuz kasb etdi.
“Ikki eshik orasi” romanida o’z davrining muhim muammolari qalamga olindi, o’sha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirdi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi og’irliklarini yelkasida ko’targan, unda mardona g’olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining urush davridagi fidokorligi o’zining badiiy ifodasini topgan. Roman qahramonlaridan bir Muzaffar – urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechigan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan yoshlarning timsoli tarzida beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan.Xususan, u “Ikki eshik orasida” deganda inson umrini, ya’ni tug’ilgandan o’lgunicha bosib yo’lni ko’zda tutadi. Muallifning g’oyaviy falsafasiga ko’ra bu yo’l juda murakkab va ziddiyatli bo’lib, uni muvofaqqiyat bilan bosib o’tishi uchun insondan katta matonat, iroda bilim va jasorat talab qilinadi. Asardagi ko’pchili qahramonlar, xususan, Oqsoqol, Qora amma, Robiya, Shomurod, Kimsan xuddi shunday jasoratli va ruhan boy kishilar bo’lib, ko’p jihatdan yozuvchining g’oyaviy maqsadini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Muallif falsafasiga ko’ra o’z umrini sharaf bilan bosib o’tmog’i uchun insondan katta matonat va jasorat talab qilinishining sababi shundaki, u o’z hayoti davomida og’ir kurashlar girdobidan, yengib bo’lmas to’siqlardan o’tishga majbur bo’ladi. Asarda xuddi shunday inson hayotining to’siqlari, illatlari sifatida Umar zakonchi, Ra’no, Zuhra kabi shaxslar timsoli yaratilgan bo’lib, ular romandagi kurashlar, to’qnashuvlar va ma’naviy ixtiloflar kesginligi, tarangligini oshirishga imkon tug’dirgan.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti III kurs 305-guruh talabasi


yozilgan kurs ishiga “Ikki eshik orasi” romanida zamon va qahramon munosabatlarining badiiy talqini mavzuidagi kurs ishiga



Download 52,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish