Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet36/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Zardushtiylik manbasi. AVESTO – 1) Hayot yo`riqnomasi deb nomlangan kitob; zardushtiylik diniga taalluqli adabiyotlarning umumiy nomi; 2) zardushtiylik dinining asosiy kitobi; 3) nasihatnoma, qonunlar to`plami, bilimlar majmuasi sifatida talqin qilinadigan tarixiy manba. Avesto-Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo halqlarining miloddan oldingi qad.davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to`g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma'naviy qadriyatlari haqida ma'lumot beruvchi asosiy manba. Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat'iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
U mil.av. VII-VI asrlarda hozirgi O`zbekistonda Xorazi viloyati hududida yaratilgan. Bu kitob tarixiy voqealarni o`zida aks ettirgani uchun milliy g‘oyalarni asrab avylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish, odamlar o`rtasida mehr oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etgan.Zardushtiylik dinining asosiy aqidalarini o`zida mujassam etgan bu kitob o`sha davrdagi ustuvor g‘oyalar, ma'budar sha'niga aytilgan madhiyalar, duolar ham o`z ifodasini topgan.
Aytish kerakki, Avesto faqat diniy ibodat, urf-odatlar bayoni emas, axloqiy, huquqiy, estetik qarashlar ifodasi hamdir. Kitob holiga keltirilgan Avestoning Zardusht davridagi dastlabki nushasi 12 ming qoramol terisiga 30 mirza tomonidan 3 yilda oltin harflar bilan yozilgani ma'lum. Bu - o`sha davrda kalligrafiya, kitobni bezash, turli naqsh va rasmlar chizish san'ati, mutolaa madaniyati juda yuqori bo`lganidan dalolat beradi.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (vaf. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o`sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo`qolib ketdi».
Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas'udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma'lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan.
Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo`badlar mag‘lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas habarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur'at etmaganlar. Dastavval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta'limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta'limotini qabul qiladilar. Natijada qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g‘alaba qozonadi. Shundan so`ng bu ta'limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoni bilan Avesto kitobi o`n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma'nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to`g‘risida bo`lib, ular orasida Xorazm, Sug‘d, Marg‘iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o`lim, azob-uqubatlar bo`lmagan zamon haqida, ya'ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish