Ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, institutlarning turli XIL mafkuraviy maqsadlar bilan aloqadorligi


Global siyosiy tizimlar doirasida demokratiyaning yangi shalki – manipulyativ demokratiyaning paydo bo‘lishi



Download 44,29 Kb.
bet6/7
Sana03.07.2022
Hajmi44,29 Kb.
#735308
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, institutlarning turli xil mafkuraviy maqsadlar bilan aloqadorligi.

2.2. Global siyosiy tizimlar doirasida demokratiyaning yangi shalki – manipulyativ demokratiyaning paydo bo‘lishi
Global siyosiy tizimlar doirasida xalqaro munosabatlarda kuchlar mutanosibligida jiddiy o`zgarishlar yuz berganini ta`kidlash joiz. Endilikda bitta yoki bir necha yirik davlatlar guruhining ustunligini o`rnatib bo`lmaydi. Bunda dunyoning barcha nuqtalaridagi kuch markazlari, jumladan, EvroAzES davlatlari kuch-qudrati, salohiyati bilan hisoblashishga to`g`ri keladi. Davlatlararo munosabatlar amaliyoti shundan dalolat beradiki, kuchlar mutanosibligi tamoyilini tushunmaslik, uni tan olmaslik yohud davlatning tashqi siyosatida e`tiborga olmaslik va og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Kuchlar mutanosibligi va undagi jiddiy o`zgarishlarni inobatga olish nafaqat siyosatning ustuvor yo`nalishlari, maqsad va vositalarini ishlab chiqishda balki xalqaro munosabatlar rivojining istiqbolini bashorat qilishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatlarning o`zaro aloqadorligi ortayotgan, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm xavfi kuchayayotgan hozirgi davrda bu ayniqsa muhimdir. Bugungi kunda dunyoning ko`pgina hududlarida o`ziga xos mintaqaviy kuchlar mutanosibligi tizimi qaror topgan. Bunday tizim Markaziy Osiyoda ham shakllangan. U ko`pgina davlatlarning, jumladan, AQSH va Rossiya ekspertlari va tahlilchilarining e`tiborini jalb etmoqda. Mintaqaviy kuchlar mutanosibligida ro`y berayotgan o`zgarishlar, avvalo, uning ishtirokchilari, ya`ni Markaziy Osiyo respublikalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bu tizimga moslashishi, harakatlari, siyosat yuritishi nafaqat o`zining, balki butun mintaqa hududida xavfsizlikni belgilab beradi. Zero bu erdagi kuchlar mutanosibligi ko`plab yirik davlatlar ta`siri bilan belgilanadi. Bu o`rinda O`zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ilgari surilgan “globalizmga regionalizm orqali” g`oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, unda jahon siyosatining asosiy yo`nalishlari jumladan, geosiyosiy vaziyat, milliy manfaatlar, global va mintaqaviy kuchlar mutano-sibligining uzviy bog`liqligi o`z ifodasini topgan. Qolaversa, bu g`oya globallashuv jarayoni keltirib chiqarayotgan muammolar hal etish, turli tahdidlarni mintaqaviy jipslik va hamkorlikni kuchaytirish orqali bartaraf etish, demakki, mamlakatimizning xalqaro maydonda munosib o`rin egallash, har jihatdan taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Geosiyosiy o`zgarishlar jahon siyosatchilari va davlat arboblarini sobiq Ittifoq hududida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarga yangicha nigoh bilan qarashga undamoqda. Masalan, amerikalik taniqli olim va davlat arbobi Z.Bzejinskiy ushbu mintaqada kechayotgan voqea-hodisalarga va ularning AQSH manfaatlari uchun ahamiyatiga e`tibor qaratib kelmoqda. Uning nazarida, Evroosiyo jahonning eng yirik va geosiyosiy jihatdan g`oyat muhim mintaqasi bo`lgani bois bu hududni nazorat ostiga olgan davlat dunyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan uchdan ikki qismida hukmronlik qilishi mumkin. Zero sayyoramiz aholisining taxminan 75 foizi shu hududda istiqomat qiladi, jahon yalpi ichki mahsulotining taxminan 60 foizi va aniqlangan energetika zaxiralarining taxminan to`rtdan uch qismi ham shu qit`a ulushiga to`g`ri keladi.

Xulosa
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarni kuzatish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan darak beradi. Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sir o‘tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan, iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo‘lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli darajada ko‘mak berishlarini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq hamda tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara davom etayotgan, bu borada yagona umumiy qarash shakllanmagan bo‘lsa-da, lekin gumanitar ilmning turli sohalarida, chunonchi ijtimoiy fanlarda muayyan konsepsiya va yondashuvlar mavjud.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini muayyan ijtimoiy guruh, etnik birliklar, siyosiy kuchlarning o‘ziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmui tushuniladi.
Tarix o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida olib boriladigan harakatlar doimiy takomillashib, qo‘llanadigan usul va vositalar mukammalashib borganini ko‘rsatadi. Bugungi kunda esa ushbu vositalarning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlari yanada murakkab xarakter kasb etmoqda.

Download 44,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish