Ijtimoiy siyosat


 XXI asr arafasida ijtimoiy siyosatga bag„ishlangan



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

2.5. XXI asr arafasida ijtimoiy siyosatga bag„ishlangan 
feministik, yashillar va post modernizatsiyalash 
yondashuvlarining rivojlanishi 
XX asrda keynschilik bilan bir vaqtda neoliberalizm yo‗nalishi 
shakllandi. Mazkur yo‗nalishning asosiy g‗oyasi davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi ma‘lum bir chegara doirasida bo‗lishi zarurligi bilan 
ifodalanadi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Germaniyada neoliberalizm 
g‗oyasi amalda qo‗llanila boshladi. Neoliberalizm g‗oyalari V. Oyken L. 
29
Social policy. P. 57-83 


39 
Erxard va uning izdoshlari tomonidan Germaniya milliy xususiyatlariga 
moslashtirilishi bilan mamlakatda ―Ordolibe-ralizm‖ g‗oyasi ko‗rinishida 
shakllantirildi.
XX asrning 60–70-yillariga kelib neoliberalizm konsepsiyasi asosida 
―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ va ―umumjamiyat farovonligi‖ davlatlari 
modellari shakillandi. Har ikkala ijtimoiy davlat modellarining umumiy 
xususiyati ularning amal qilishida davlatning aktiv ijtimoiy siyosat olib 
borishida namoyon bo‗ladi. 
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish jarayonida qatnashishi va 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- inson erkinligi – bunda fuqarolarning istalgan faoliyat turlari bilan 
shug‗ullanishi belgilab qo‗yiladi; 
- iqtisodiy munosabatlarga davlatning aralashuvini iloji boricha 
kamaytirish, ya‘ni ma‘lum bir chegara doirasida bo‗lishi; 
- qonun ustuvorligini ta‘minlash – har qanday munosabatlarni 
amalga oshirilishida konstitutsion tizimning yaratilganligi; 
- minimal ijtimoiy ta‘minot – jamiyatda sog‗lom hayotni ta‘minlash 
uchun ayrim tovar va xizmatlar miqdori va tarkibining davlat tomonidan 
tartibga solinishi; 
- xavfsizlik – ishsizlarni (mehnat layoqatiga ega bo‗lmaganlar va uni 
yo‗qotganlar) va ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarining turmush 
kechirishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. 
1950–1964-yillarda Buyuk Britaniyada konservativ boshqaruv tizimi 
amal qila boshladi. Ushbu tizim mamlakatda umumjamiyat farovonligini 
ta‘minlashga qaratilgan aralash iqtisodiyotning amal qilishi bilan 
ifodalanadi. Bu esa o‗z navbatida neoliberalizm g‗oyalari asosida 
konservativ nazariyalarning shakllanishiga turtki bo‗ldi. 
30
Konservatizmning rivojlanishi davrida 1944-yilga kelib U.Cherchil 
tomonidan barcha aholining ta‘lim olishi uchun asos bo‗luvchi ta‘lim 
to‗g‗risida Qonun qabul qilindi, 1945-yilda aholini ijtimoiy jihatdan 
himoya qilish maqsadida oilalarga nafaqa berish to‗g‗risida Qonun qabul 
qilindi. Ijtimoiy siyosatni olib borishda konservatizmning amal qilish 
muddati tahlil etiladigan bo‗lsa, mazkur davrda to‗liq bandlikni 
ta‘minlash, aholi daromadlarini shakllantirish va ularni ijtimoiy himoya 
qilish kabi umumjamiyat farovonligini ta‘minlashga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirilgan. 
30
Social policy. P. 64-67 


40 
1979–1997-yillarda Buyuk Britaniyada ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishda ―Tetcherizm‖ g‗oyalariga tayanila boshlandi va u quyidagi 
yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi:
31
- monetarizm (pul massasini boshqarish orqali inflyatsiya darajasini 
jilovlash. Bu esa o‗z navbatida tetcherizmda ish haqi darajasini oshirish 
bilan bevosita bog‗langan);
- xususiylashtirishni rivojlantirish va raqobat muhitini shakl-
lantirish; 
- kasaba uyushmalari faoliyatini isloh etish; 
- davlat boshqaruvi tizimini isloh etish; 
- kesuvchi soliq (soliq stavkasi darajasini kamaytirish); 
1979–1997-yillarda ijtimoiy siyosatning modernizatsiyalashgan 
shakli – ijtimoiy-demokratik ijtimoiy siyosat vujudga keldi. Ushbu 
ijtimoiy siyosat shaklining rivojlanishida yangi leyboristlarning o‗rni 
katta bo‗ldi. Ularning fikricha demokratik ijtimoiy farovon davlat uchun 
quyidagi xususiyatlar xos bo‗ladi:
32
- aktiv ijtimoiy ta‘minot tizimini yuritish; 
- ijtimoiy chora-tadbirlar dasturlarini moliyalashtirish manba-
larining turli-tuman va tanlovli bo‗lishi (bunda davlat va nodavlat 
tashkilotlar, maqsadli fondlar, xususiy jamg‗armalar orqali ijtimoiy 
siyosat dasturlari moliyalashtiriladi); 
- iste‘molchi manfaatlarini himoya qilishi; 
- muvozanatlashtirish; 
- teng huquqlilikni ta‘minlash; 
- jamiyat a‘zolari faolligini ta‘minlash; 
- ijtimoiy siyosatda ko‗zlangan chora-tadbirlarning bajarilishi va 
ularning natijalari ustidan davlat nazoratini o‗rnatish. 
XXI asr boshlarida Yevropada Yevropa ijtimoiy modeli shakllandi. 
Yevropa ijtimoiy modeli bu yevropa demokratiyasi, iqtisodiy 
rivojlanishi, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti natijasidir. Ushbu model 
tenglik, samaradorlik va qatnashuv majburiyati o‗rtasidagi muvozanatni 
ta‘minlaydi. Yevropa ijtimoiy modeli – bu jamiyat rivojlanishining 
strategik chizmasi bo‗lib, inson qadriyatini hurmat qilish, ijtimoiy 
birdamlik va adolat, ijtimoiy yo‗naltirilgan raqobatbardosh iqtisodiyot va 
muhofazalangan ekologiyaga asoslanadi. 
Ijtimoiy siyosatni rivojlanishi va jamiyat a‘zolarining teng 
huquqligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish 
31
Social policy. P. 67-68 
32
Social policy. P. 70-75. 


41 
jarayonlarida feminizm yo‗nalishi vujudga keldi. 1792-yilda Meri 
Vulstonkraft tomonidan ayollar haq-huquqlarini himoya qilish 
to‗g‗risidagi ishlari feminizmning rivojiga katta hissa qo‗shdi. Ushbu 
yo‗nalishning maqsadi ayollarning turmush sifatini yaxshilashdan iborat 
bo‗lgan.
33
Feminizm g‗oyalarining rivojlanishi natijasida fanga gender tengligi 
tushunchasi kirib keldi. Gender tengligi mohiyatan ayollar va erkaklar 
teng huquqliligini ta‘minlashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Gender 
tengligiga oid hisob-kitoblarni amalga oshirish ilk bor Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlarida sodir bo‗ldi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish