Ijtimoiy siyosat


-rasm. Ijtimoiy davlat va boshqa ijtimoiy institutlarning



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

 
2.4.1-rasm. Ijtimoiy davlat va boshqa ijtimoiy institutlarning 
o„zaro bog„liqligi
28
Ijtimoiy siyosatni o‗rganishga oid tadqiqotlarning tobora rivojlanib 
borishi natijasida bugungi kunga kelib ―umumjamiyat farovonligi 
davlati‖ tushunchasi fanga kirib keldi va ijtimoiy siyosatning amal qilish 
doirasiga qarab uning quyidagi turlari farqlanadi: 
Birinchi – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishga 
qaratilgan va uning barcha a‘zolari uchun yo‗naltirilgan ijtimoiy 
siyosatning amal qilishidir. Bunda jamiyat maqsadlarini amalga oshirish 
ijtimoiy siyosatning maqsadi sifatida namoyon bo‗ladi. 
Ikkinchi – ijtimoiy-mehnat munosabatlarini barqarorlashtirishga 
yo‗naltirilgan ijtimoiy siyosatning qo‗llanilishi.
Uchinchi – ijtimoiy jihatdan nochor va turli og‗ir kasalliklarga 
mubtalo bo‗lganlar, nogironlar, yolg‗iz qariyalar, parvarishga muhtoj 
kishilar, mehnat qobiliyatini yo‗qotganlar uchun minimal turmush 
farovonligi darajasini ta‘minlashga yo‗naltirilgan ijtimoiy siyosat chora-
tadbirlarini amalga oshirilishi. 
28
Social policy. P. 57-83. 


38 
To‗rtinchi – ijtimoiy siyosatning qayta taqsimlash mexanizmi uning 
jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning oldini olishga qaratilganligini bildiradi. 
Bunda daromadlarning keskin tabaqalanishining oldini olish asosiy 
maqsad hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda soliq siyosatidan 
foydalaniladi. 
Beshinchi – ijtimoiy davlatda ijtimoiy adolat va ijtimoiy hamkorlik 
qo‗llanilishini anglatadi. Bu esa zamonaviy kishilik jamiyatida amal 
qilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim jihatlari hisoblanadi. 
XX asrning boshlarida ingliz iqtisodchisi J.M. Keyns tomonidan 
iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi asoslab berildi. Bunda bozor 
iqtisodiyoti rivojlanishi natijasida ijtimoiy muammolarni hal etishda 
davlatning aralashuvi zarurligi belgilab berildi. Keyns iqtisodiy o‗sishda 
noiqtisodiy omillarning (davlat va inson psixologiyasini) o‗rnini tadqiq 
etdi. 
29
Iqtisodchi olimlar tomonidan Keynsning ―Umumiy nazariya‖si 
iqtisodiy fanlar rivojida katta burilish yasadi, deb ta‘kidalanadi. Uning 
fikridagi yangicha g‗oya mamlakatda yuqori bandlik va iqtisodiy 
o‗sishni ta‘minlashda davlatning aralashuvi zarurligi bilan ifodalanadi.
Keyns o‗zining 
makroiqtisodiy 
tahlillarida 
mikroiqtisodiy 
yondashuvdan foydalangan. U ish haqi darajasining qisqartirilmasligini 
ta‘minlashda davlatning aralashuvi va buning natijasida jamg‗armalar 
hajmining ortishiga erishilishini tadqiq etgan. 
Keyns tadqiqotlari xulosasiga ko‗ra, davlat iqtisodiyotni tartibga 
solishda foiz stavkalari va soliq tizimi kabi dastaklardan foydalanadi. 
Davlatning samarali bandlikni ta‘minlashi ko‗zda tutiladi. Mamlakatda 
yuqori bandlikka erishish va aholi daromadlarining ortishi natijasida foiz 
stavkasi kamayishiga erishiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish