asossiz qo'rquv, uyquning buzilishi, ovqatdan bosh tortish va boshqalar bunday
hollam i psixik buzilishlar sifatida qabul qilish mumkin.
2.
Ijtim oiy m oslashuvda psixologik to 'siqlarini bartaraf etish bo 'yicha
psixologik trening xususiyatlari
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning jam iyatga moslashuvi
dolzarb m uam m oligi barchaga ma'lum. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, "nogiron"
deb atash mumkin bo'lgan bolalarning soni so'ngi paytda ikki barobar oshdi.
Imkoniyati
cheklangan bolalar emotsional, ma'naviy, jism oniy jixatdan og'ir
ahvolda qolganlar. Bunday bolalar ta'lim olishlari, odamlar bilan muloqotda
bo'lishlari, kundalik yum ushlar bilan shug’ullanishlari kerak, ammo cheklangan
fiziologik im koniyatlari ta'sirida ular har qanday faoliyatni to'liq bajara olishda
qiyinchilik bilan to'qnashadilar. Ulaming ota-onalari
ham qiyinchiliklarga duch
keladilar: farzandlarini parvarishlash bilan bog'liq muammolar, uning hayoti
uchun mas'uliyat va h.k. Shuning uchun, imkoniyati cheklangan bolalar va
ulam ing ota-onalari uchun ijtimoiy reabilitasion ishlarni
tashkil etish alohida
muxim hisoblanadi. Ijtim oiy reabilitasion ishlar asosan imjtiomiy moslashuvni
yengillashtirishga, psixologik to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan bo'ladi.
Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, imkoniyati cheklangan bolalarning psixologik
holatida quyidagi em otsional hodisalar kuzatiladi:
1. Tengdoshlari va yaqinlari bilan muloqotning o'tkir yetishmasligi hissi;
2. Kasallikning rivojlanishi natijasida, yoki tanani mayib qiluvchi davolash
usuli ta'sirida o'zining "Jismoniy meni"ni qabul
qilishdagi qiyinchilikni
(bola davolash ta'sirida semiradi, sochi to'kilib ketadi, tez o'sadi, buning
ta'sirida bola dorilarni iste'mol qilishdan bosh tortishi mumkin) paydo
bo'lishi;
3. Ijtimoiy qarovsizlik, zaiflik, jam iyat tomonidan
voz kechish hissining
paydo bo'lishi;
4. Qo'rquvlar (ko'pincha, parodaksal xarakterga ega bo'ladi: ular bolaning
hozirgi paytdagi aktual holati bilan bog'liq va qisman kelajakda namoyon
bo'lishi mum kin bo'lgan holatlar bilan bog'liq bo'ladi);
5. Oldinda kutayotgan operasiya bilan bog'liq qo'rquv;
6. Kasallikning residivi oldida qo'rquv;
7. Yolg'izlik hissi, ammo ayni paytda bola u uchun ahamiyatli bo'lgan
insonlar bilan uchrashishdan ham qo'rqishi mumkin;
8. 4-5 yoshdan boshlab his etiladigan o'limdan qo'rqish hissi (etti yoshli bola:
atrofimda bolalar o'lmoqda, men ham tez orada o'lishim mumkin, buni
bilaman, men o'lim dan qo'rqaman);
122
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy reabilitasion ishlami olib
borishda mana shu xususiyatlam i inobatga olgan holda faoliyat ko'rsatish kerak.
Ijtimoiy reabilitasion ishlaming asosini turli terapevtik usullar tashkil etishi
mumkin. Ulaming effektivligini ta'minlash maqsadida
bir necha psixoterapevtik
usullar psixokonsultasion amaliyot bilan birga olib borilishi mumkin. Xususan,
bunday reabilitasion ishlaming asosini psixologik treninglar tashkil etadi.
Imkoniyati cheklagan bolalam ing ijtimoiylashuv jarayonini muvofiqlashtirishga
qaratilgan treninglar ikki tartibda tashkil etilishi mumkin: alohida imkoniyati
cheklangan bolalaming o'zlari va ulam ing ota-onalari bilan birga tashkil etilidagan
trening mashg'ulotlari.
Bu mashg'ulotlar domiy ravishda uch jarayonni yo'lga
qo'yish maqsadida tashkil etiladi:
1. Adaptasiya;
2. Avtonomizasiya;
3. Aktivizasiya.
Umumiy tarzda imkoniyati cheklangan bolalaming
ijtimoiy moslashuvida
psixologik to'siqlami bartaraf etishga qaratilgan treninglaming quyidagi jixatlari
mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: