Sotsiobiologik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlari evolutsion nazariya tarafdorlaridan farqli olaroq, tabiiy tanlash jarayonini tushuntirishda o‘ziga xos asoslarni taklif qiladilar, ularning asosiy fikriga ko‘ra inson xulq-atvorida genlarning ta’siri kattadir, ya’ni agressiv xulq insonning boshqa avlodlarida ham saqlanib qolishi ta’minlanadi. Ular «...individuumlar Altruizm va o‘zini qurbon qilish yo‘li bilan bo‘lsa-da, o‘xshash genliklarga (ya’ni qarindosh- lariga) vashab ketish uchun yordam ko'rsatadilar va o‘z genlari- dan farq qiluvchi (qarindosh bo‘lmagan)larga nisbatan agressiv munosabatlarda boladilar, degan farazni isbotlaydilar. Agressiv xulqdagi individuumlar begonalarga zarar yetkazish uchun har qanday vaziyatdan fovdalanadilar va hatto ularning o‘zlaridan nasi qoldirish imkoniyatlarini ham chegaralab qo‘yishgacha yetib boradilar.
Agressiyaning foydali jihati shuki, u (ya’ni agressiya) mazkur individuumni genetik yaroqliligini oshiradi. Agressiv raqo- batchilik biron-bir turni oiimga olib kelsa, bu turda genetik layo- qatlilikni oshirish imkoni bolmaydi. Shunga asoslangan holda ijtimoiy biologlar quyidagi fikrni ilgari suradi: agressivlik — in- dividuumlarning mavjud resurslardan okz hissasini olish vositasi boiib, o‘z o‘rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan, genetik darajada) omad olib keladi.
Agressiyaning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Boshqalaridan farqli olaroq bu nazariya zaruriy mustahkam- lash bilan bogiiq ijtimoiylashuv jarayonida uqib olingan xulq- atvorni bildiradi. Ya’ni namunaga asoslangan inson xulq-atvori o‘rganiladi. Bu nazariya Bandura tomonidan taklif etilib, o‘qib olish, provokatsiya qilish (qayrash) va boshqarishni tushuntirib beradi.
Uning fikricha, agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun quyidagi vaziyatlarni e'tiborga olish talab qilinadi:
Bunday xatti-harakatni o‘qish usullari.
Ularni yuzaga chiqarish uchun provokatsiya qiluvchi (qay- rovchi) omillar.
Ularning mustahkamlanib qolish shart-sharoitlari.
A. Banduraning agressiyani ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Biologik omil (nerv sistemasi, garmon)
0‘rganish (bevosita tajriba, kuzatuv)
|
agressiyaning yuzaga kelishi
|
Shablonlar ta’sirida (hayajon, e’tibor)
Qabul qilib bo‘lmas murojaat bilan (do‘q urish, frustratsiya)
Qiziqtiruvchi motivlar bilan (pul, zavq- lanish)
Yo‘riqnomalar bilan (buyruq)
Ekssentrik ishontiruvchilar bilan (para- noidal ishontiruvchilar)
|
agressiyani provokatsiya qilish
|
Tashqi rag‘batlantirish va jazo berish bilan (moddiy rag‘batlantirish, yoqimsiz oqi- batlar)
Vikar mustahkamlash bilan (boshqalar- ni rag‘batlantirilayoganini yoki jazolayot- ganini kuzatish)
0‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi bilan (g‘urur, ayb)
|
agressiyani
boshqarish
|
Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuvning birlamchi vositalari bo‘lgan ota-onalarning bolalarni agressiv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori agressiya modeli bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-onalardan agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra agressiv harakatlarning ba’zilar tomonidan (masalan, talabaning do‘sti tomonidan «yasha, boplading», deb) quvvatlanishi bunday harakatlarning kelgusida ham qaytarilish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, natijali agressiya, ya’ni agressiv harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan muvaffaqiyat qozonish ham agressiv harakatlarning qaytarilishida alohida ma'no kasb etadi.
Hozirgi paytda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi agressivlikning oldini olish mumkin deb hisoblovchi eng effektiv metod bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |