D. Bassning agressiya kategoriyalari
Agressiya tipi
|
Misollar
|
Jismoniy-aktiv-
to‘g‘ri
|
Odamni sovuq qurol bilan jarohatlash, uni kaltak- lash va o‘qotar qurol bilan yaralash
|
Jismoniy-aktiv-
egri
|
Qopqon-minalarni qo‘yish; yollanma qotil bilan dushmanini yo‘q qilish uchun til biriktirish
|
Jismoniy-passiv-
to‘g‘ri
|
Odamning maqsadga erishishiga yoki istagan faoliyati bilan shug‘ullanishiga (masalan, o‘tirib o'tkaziladigan namoyish) jismonan yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish
|
Jismoniy-aktiv-
egri
|
Zarur vazifalarni bajarishdan bosh tortish (masalan, o'tirib o'tkaziladigan namoyish paytida hududni bo‘shatib qo‘yishdan bosh tortish)
|
Verbal-aktiv-
to‘g‘ri
|
So‘z bilan haqoratlash yoki boshqa odamni kamsi- tish
|
Verbal-aktiv-egri
|
Boshqa odamga tuhmat qilish yoki u haqida mish- mishlar tarqatish
|
Verbal-passiv-
to‘g‘ri
|
Boshqa odam bilan gaplashishdan, uning savol- lariga javob berishdan bosh tortish va boshqalar
|
Verbal-passiv-
egri
|
Aniqlik kiritishdan va tushuntirib berishdan bosh tortish (masalan, nohaq tanqid ostiga olingan odamni himoyasi uchun biron-bir gap aytishdan bosh tortish)
|