Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy ustanovka tushunchasi



Download 4,53 Mb.
bet37/73
Sana29.05.2022
Hajmi4,53 Mb.
#615787
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

Ijtimoiy ustanovka tushunchasi
Psixologiya fanida shaxsning xulq-atvori va faoliyatga qaratil­gan anglanilmagan mayllari orasidagi bog‘liqlik muayyan dara- jada tadqiq etilgani ustanovka borasidagi muammolarga tegish- lidir. Ustanovka inglizcha set solzidan olingan bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo'llanib kelinadi. Ustanovkalar dunvoni bilishning samara- li usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisba­tan ma’lum bir munosabat mavjud bo'lsa, bu munosabat biz­ning his-tuvg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir. Masalan, bizda biror-bir millat yoki xalqqa tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo4sa, o‘sha xalqning istal- gan vakilini kolrganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuyg‘u paydo bo‘ladi va bu harakatlarimizda ham aks etadi, Ba’zi ja­moa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanish, ishonish ba’zi noxush oqibatlarga olib keladi. Demak, ustanovka — insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his-tuyg‘ularini namoyon qilishi yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo'ladimi? Bu savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy ma'iumotlarni bilish asosida javob berishga harakat qilamiz.
Bir qarashda «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushun­chasi bir-biriga juda yaqin va o’xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushun- cha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, buiarni bir-biridan ajratgan holda ta’riflash ham juda mushkui. Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘naIishi nuqtayi naza- ridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologi- yadagi va ijtimoiy psixologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos vazi- falarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanov- ka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq o‘rganishga xizmat qiladi.
Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’Ium faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm- rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi. Ustanovka — insonning o‘zi bilmagan holda yon-atrofida- gi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosa- bat bildirishidir. Ustanovka — bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir. Ustanovka — insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir.
Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qimmati bilan uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo‘nalgan!ik», «tayyorlik» kabi mazmunni anglatuvchi, bir-biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalarini bir-biri- dan farqlash lozimligi ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etil- gan.
Umumiy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyekt- ning ma’lum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu ikki xil omilga bog‘liqligi ta’kidlanadi: birinchisi, subyektning ehtiyojlari bo‘lsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz psixologiya sohasidagi barcha muammolarni ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, balki ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga doir ma’lumotlarni tahlil qilamiz.
Ijtimoiy psixologiyada esa shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (ingl. social attitude) — insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotlarga, jamiyatda yuz berayotgan ja- rayonlarga, voqea-hodisalarga bo‘lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovka- larni o‘rganish shaxsni tushunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish