F. Frommdir
dentifikatsiya — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me'yorla- rini o'zida qayta tiklashi (o'ziniki qilib o‘zlashtirish).
Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o'zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o'zlashtirish).
Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyo- qarashlarini o'zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish).
Shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiylashuv mexanizmlari muhim o'rin tutadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfentrener, rus olimlaridan V.S. Muxina va A.V. Petrovs к iy- larning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltirilgan.
P. Podlosiyning ta’rifi bo'yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish-istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |