Mavzu:Psixologik ta‘sir vositalari
Reja:
1. Psixologik ta’sir vositalari.
2. Verbal va noverbal ta’sir.
3. Paralingvistik ta’sir vositalari.
Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir kо‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi:
1. Verbal ta’sir – bu sо‘z va nutqimiz orqali kо‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar sо‘zlar hisoblanadi. Nutq sо‘zlashuv о‘zaro Muomala jarayoni bо‘lib, uning vositasi sо‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, tо‘xtashlar, duduqlanish, yо‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, dо‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bо‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan о‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi Muomala jarayonini yanada kо‘chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formо‘lasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Muomalaning qanday kechishi va kimning kо‘proq ta’sirga ega bо‘lishi sheriklarning rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir kо‘rsatish maqsadi bо‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini о‘rnidan turib kutib oladi, quyuq sо‘rashadi, keyin maqsadga о‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yо‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bо‘lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bо‘lsa, u tashabbusni о‘z qо‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bо‘ladi.
Professor V.Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
aktiv holat. Bu-tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suhbatdoshni о‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda о‘zining har bir sо‘ziga uni ham kundirishning samarali yо‘lidir.
— о‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali о‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yо‘li.
Demak, tinglash madaniyati Muomala jarayonining samarali bо‘lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda о‘z-о‘ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilxomlantirishimiz, ruxlantirishimiz kerak. О‘qituvchining ma’ruzasini talabalar tomonidan yaxshi tinglansa dars samarali bо‘ladi.
Ijtimoiy psixologiyada kishilarni samarali Muomalaga ataylab о‘rgatishga katta e’tibor beriladi. Buning о‘z uslubi bо‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deyiladi. IPT kishilarni Muomala jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida kishilarning Muomala borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy Muomala treningi - IPTning bir kо‘rinishi bо‘lib, u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bо‘ladigan kommunikativ malaka, kо‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda Muomala treningi vositasida mо‘zoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamqorlik qilish yо‘l-yо‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida sо‘zlashga о‘rgatish, majlislar о‘tkazish , nizoli holatlarda о‘zini tо‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, о‘zini о‘zga о‘rniga qо‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan о‘zinikini о‘yg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli о‘yinlarning eng qulay variantlari sinab, mashq qilinadi.
E‘tiboringiz uchun rahmat
Bajardi : Saidmurodova Ma‘rifat
Do'stlaringiz bilan baham: |