Ajratish mexanizmi. Bu ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida in- son o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. U odatda nizolarni hal qilish kuzatiladi.
O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi — agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stinikiga nisbatan ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘ziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esa uning o‘z «Men»ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldi- da ojiz qolishi demakdir.
Loyihalash mexanizmining o‘z kamchiliklarini boshqalarga te- gishli deb hisoblash tashkil qiladi.
Ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri identifikatsiyadir. Identifikatsiya jarayonida shaxs xayolan o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Ijtimoiy, jinsiy rollarni, qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtiradi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, fikr yuritadi.
Shunday qilib, shaxsning jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiy- lashuvida ijtimoiy agentlar, ijtimoiylashuv mexanizmlarining ta’siri muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |