Ijtimoiy psixologiya



Download 4,53 Mb.
bet93/99
Sana12.02.2022
Hajmi4,53 Mb.
#445337
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Frustratsiya — bu maqsadga erishishga to‘sqinlik qiluvchi bar­cha narsalardir (shu jumladan, ovqati tugagan oshxona ham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivatsiyalangan bolsa, qoni- qish olishni kutayotgan bo‘lsa va uning bu istagi to‘siqqa uchrasa frustratsiya kuchayishi mumkin.
Frustratsiya agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivatsiya hosil qiladi. D. Dollard va M. Millerning fikriga ko‘ra, frustrat- siyani keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra agressiyani namoyon qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi mumkin.
Bundayjazodan qo‘rqish esa agressiya boshqa nishonga, obyektga yoki shaxsning o‘z-o‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab bo‘lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941)
Frustratsiya va agressiya nazariyasi borasida oikazilgan labora- toriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini ko'rish mumkin: frus­tratsiya ba’zan agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bernstayn va Filip Uorchel o‘tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatorning assistenti eshitish apparati ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis ishtirokchilarida frustasiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda frustratsiya agressiyaga sabab bolmaganining sababi frustratsiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yetarlicha tushunarli bo‘lganidir. Frustratsiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini payqagan Leonard Berkovits bu nazariyani qayta ko‘rib chiqdi. U quyidagi taxminni ilgari surdi: frustratsiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqazadi (frustratsiya agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqaza­di). Insonning jahli qachon chiqadi, qachonki unda frustratsiyani keltirib chiqazgan odam boshqacha yo‘l tutish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa-yu, bunday qilmasa (Averill, 1983; Weiner, 1981). Frustratsi­yani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa. Albatta agressiya kelib chiqishi uchun har doim ham frustratsiya bo‘lishi shart emas, lekin agressiya bilan assotsiatsiyalanadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi (Carlson & Others, 1990).
Bu nazariyaning asosiy holatlari quyidagicha ifodalanadi:

  • Frustratsiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi.

  • Agressiyani doimo chorlovchi masalalarda uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga ega:

  1. Subyekt tomonidan kutilayotgan bo‘lg‘usida erishiladi- gan maqsadga erishish darajasi — agar shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi ancha vaqtga cho‘zilib ketsa, bunday hoi al- batta agressiyani chaqiradi.

  2. Maqsadga erishish yo‘lidagi to‘siq kuchi — shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida uchragan to‘siq yengib bo‘lmas darajada bolsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, agressiya vujudga keladi.

  3. Ketma-ket frustratsiyalar soni — agar maqsad yo‘lida bir to‘siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylik davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani keltirib chiqaradi.

Ya’ni subyekt maqsadidan qoniqishni qay darajada ko‘p kutsa, bu yo‘lda to‘siqlar qay darajada kuchli bo‘lsa va to‘siqlar qay dara­jada ko‘p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha kuchli bo‘ladi.
Frustratsiyalar ketma-ket sodir bo‘lganda ularning kuchi bir- biri bilan qo‘shilib, katta kuchdagi agressiv reaksiyani tug‘dirishi mumkin.
Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustratsiya (maqsad­ga erishish yo‘lida to‘siq paydo bo‘lishi) ko‘pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqazishi va buning ortidan agressiya yu­zaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya qo‘rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, shaxs ala- mini (agressiyasini) ko‘pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda «agressiyani chiqarib yuborish>> fenomeni deb ataladi.
0‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil ni- shonlarni topadi. Misol sifatida quyidagi tarixiy holatni kelti- rish o‘rinli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko‘pchilik nemislar buning alamini olish uchun yevreylarni tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shun­day degan edi: «Yevreylar — bu bizning agressiyamizni chiqarishi- miz uchun juda qulay obyektdir. Agar yevreylar bo‘lmaganida edi, ularni o‘ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi» (G.W. Allport. 1958). 0‘rta asrlarda odamlar o‘zidagi qo‘rqinch va agressiyani jodug- arlarga ko‘chirishgan, vaqti-vaqti bilan ularni gulxanda kuydirib, alamini chiqarib yuborganlar.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish