Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy me’yor turlari va ularning shaxs xususiyatlarini shakllantirishda tutgan o‘rni



Download 4,53 Mb.
bet22/99
Sana12.02.2022
Hajmi4,53 Mb.
#445337
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy me’yor turlari va ularning shaxs xususiyatlarini shakllantirishda tutgan o‘rni
Shaxs tomonidan qo‘llaniluvchi barcha me’yorlar 2 guruhga boiinadi:

  1. Ijtimoiy texnik (noijtimoiy) me’yorlar.

  2. Ijtimoiy me’yorlar.

Ular orasidagi farq nazorat predmetiga ko‘ra aniqlanadi. Ay- taylik, ijtimoiy me’yorlar insonlar va ular o‘rtasidagi munosabat- ni nazorat qilsa, texnik me’yorlar inson va tashqi dunyo, tabiat, texnika vositalari o‘rtasidagi munosabatni nazorat qiladi. Bular: «inson — mashina», «inson — mehnat quroli», «inson — ishlab chiqarish» kabi munosabatlar.

  1. NOIJTIMOIY ME’YORLARni bajarish odamga o‘z faoli- yatida texnika yutuqlaridan, tabiiy va sun’iy obyektlardan foydala- nishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat qiladi. Ularga texnika, qishloq xo‘jaligi, iqlim bilan bogliq, fiziologik, biologik, fizik, ximik, sanitar-gigiyenik kabi me’yorlar taalluqli. Texnik va boshqa noijtimoiy me’yorlarga rioya etmaslik tabiat kuchi yoki moddiy obyektlar tomonidan odamlarning aniq qilmishlari uchun negativ, ya’ni yomon oqibatlarga olib keladi. Masalan, agrotexnik qoidalarini buzish hosildorlikning tushib ketishiga sabab boiadi. Agar texnikaviy me’yorlar bajarilmasa, Chernobl atom elektr stan- siyasidagi kabi falokat sodir bo‘lishi mumkin.

  2. IJTIMOIY ME’YORLAR insonlar o‘rtasidagi munosa- batlarni boshqaruvchi harakatlar qoidasidir. Bu obz navbatida shunday tusdagi barcha vaziyatlarda keng qo‘llaniladigan va ta’riflangan vaziyatga tushib qolganlarning hammasi bo‘ysunishi shart bo‘lgan, bir odamning boshqa odamga nisbatan o‘zini tu­tish qoidalarining masshtab, namuna va standartidir.

Me’yorlarning turlari.
Ijtimoiy me’yorlarni 3 asosga ko"ra tasniflash mumkin:

  1. jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘- yicha;

  2. kelib chiqish usuliga ko‘ra;

  3. mustahkamlanish usuliga ko'ra.

Jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘yicha ijtimoiy me'yorlar quyidagi turlarga bo4inadi: udum, marosim, odat, urf-odat, huquqiy, axloqiy me’yorlar, koorporativ me’yorlar, siyosiy me’yorlar, diniy tashkilot me’yorlari, talabalar yotoqxonasi me’yorlari, estetik me’yorlar, etiket me’yorlari kabilar.
Odatiy me'yorlar bu muhrlanib qolgan, ma’lum faoliyat jara- yonida ko‘p va takroran qo‘llanilishi natijasida shakllangan o‘zini tutish qoidalaridir. Odatga aylanayotgan u yoki bu me’yor o‘zining baholovchilik xarakterini vo‘qotadi, uning bajarilishi asosida yo- tuvchi darajalar esa uning mavjudligi va odatiyligi oldida 2-dara- jali bolib qoladi.
Urf-odat me’yorlari odat me’yorlarining bir qismi bo‘lib, bu oilaviy, milliy va shu kabi qoidalarni saqlab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan, tarixan rivojlangan va nasldan naslga o‘tuvchi umum- lashgan qoidalardir.
Diniy me’yorlar dindorlarning xudoga, machitga, cher- kovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularga amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoi- dalaridir.
Siyosiy me’yorlar qo‘lga olish, ushlab turish va ommaviy si­yosiy boshqarishni qo‘llash bilan siyosiy guruhlardagi munosabat- larni nazorat qiluvchi axloqiy me’yorlardir. Siyosiy me’yorlar xalq va ijtimoiy guruhlarning davlat boshqaruvida, davlat tashkilotlari hamda jamiyatning boshqa siyosiy tizimidagi tashkilotlar bilan munosabatlaridagi ishtirokini nazorat qiladi.
Iqtisodiy me’yorlar ishlab chiqarish, moddiy boylik taqsimoti va iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan ommaviy munosabatlarni na­zorat qiluvchi axloqiy qoidalar.
Huquqiy me’yorlar (ichki va xalqaro) barchaga majburiy bo‘lgan, maxsus davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan, shakllanadigan, tasdiqlanadigan va davlat tomonidan nazorat qilinadigan shaxslarning o‘zini tutish qoidalari. Ular qonunlar, farmoyishlar, ustavlarda e’tirof etiladi va me’yoriy aktlarda aks etadi.
Koorporativ me’yorlar turli tashkilotlar o‘rtasidagi, tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoi­dalar.
Axloqiy me’yorlar jamoatchilikda odamlarning yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, majburiyat, g‘urur, qadr-qim- mat kabi axloqiy tushunchalarga muvofiqlikda o‘rnatiluvchi odob me’yorlaridir. Axloqiy me’yorlarni buzishdagi sanksiyalar vijdon- ning qiynalishi va qilgan ishidan afsuslanishi. Lekin jamoatchilik tomonidan qabul qilingan axloqiy me’yorlarni buzganlarga ular to­monidan jazo berilishi mumkin. Axloqda me’yor va qarash o‘rtasida aniq farq mavjud emas. Bir odam uchun xatti-harakatlar qoidasi hisoblangan hodisa — boshqasi uchun majburiy bo‘lmagan, ammo imkoniyat darajasida bajarish mumkin bo‘lgan qarashdir. Shunday bo‘lsa ham, jamoatchilikka xos axloq qoidalari ham mavjud. U keng tarqalgan va butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan me’yorlarni o‘z ichiga oladi.

o'zidan paydo bo'ladigan


I
Odam- larning ongi faoliyati natijasi
JTIMOIY ME’YOR


Jamoatchilik mu­nosabatlarini na­zorat qilish sohasi

Shakllanish usuliga ko‘ra

Mustahkamlanish usuliga ko'ra










Bu eng avvalo odamlarning boshqalarga nisbatan ijtimoiy sifat- larining namoyon bo‘iishi — gumanizm, rahm-shafqatlilik, xay- rixohlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, adolatlilik me’yorlaridir. Bu me’yorlar o‘zida axloqiy qadriyatlarni namoyon etadi va ularning himoyasi jamiyatning ko‘p a’zolarini birlashtiradi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish