Subyektivlikning mavjudligi. Subyektiviiк ikki xil aspektda namoyon bo‘ladi. Unga ko‘ra shaxs tanlashi kerak boigan holatni o‘zi hal qilish huquqiga ega. Bunda ikki xil holat mavjud: a) inson guruh yoki jamoatchilik me’yorlarini qabul qilish va amal qilishi ham mumkin; b) inson guruh yoki jamoatchilik me’yorlarini qabul qilmasligi va amal qilmasligi ham mumkin.
O‘zaro bogMiqlik. Jamiyatda me’yorlar o‘zaro bog‘langan va o‘zaro shartlashgandir, ular odamlar faoliyat ini nazorat qiluvchi murakkab tizimni namoyon etadi. Me’yortiv tizimlar turli xil bo‘lishi mumkin va bu ^urli xillik ijtimoiy va shaxslalaro nizo- larga olib kelishi ham mumkin. Ba’zi bir ijtimoiy me’yorlar esa bir-biriga zid bo‘lib, shaxsni ulardan birini tanlashga majbur qilib qo‘yadi.
Masshtablilik. Me’yorlar masshtabliligiga qarab ijtimoiy va guruhiy me’yorlarga bo‘linadi. Ijtimoiy me’yorlar — butun jamiyat miqyosida amal qiladi va o‘zida ijtimoiy nazoratning odat, an’ana, qonun, etiket va boshqa shakllarini namoyon etadi. Guruhiy me’yorlar — amal qilish doirasi jihatdan kichikroq bo‘lib, u ma’lum bir guruhdagina amal qilishi bilan cheklanadi va aynan shu guruhda o‘zini qanday tutish kerakliligi (axloq, odat, qiliqlar, guruhli yoki individual odatlar) bilan aniqlana- di. Talabalar guruhida guruh a’zosini «sotmaslik» kabi me’yor bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun bora-bora bajarilishi shart bo‘lib qoladigan ma’lum udumlar, odat tusiga aylanishga ulgurgan harakatlar shu jamiyat a’zolari uchun «umumiy qoi- dalar» bo‘lib xizmat qiladi. Shunday me’yorlar mavjudki, ular buzilsa yoki ularga amal qilinmasa, u holda kichik jazolar (uni ma’qullamaslik, qovoq uyish, noma’qul qarash) qo‘llaniladi.
Ijtimoiy me’yorlar tizimi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ruhiy yuksalishlarni o‘zida aks ettiradi. Ularda quyidagilarning aksini topish mumkin: hayot tarzi, xalqning tarixiy xususiyatlari, uning mentaliteti, davlatda mavjud bo‘lgan boshqaruv hokimiyatining ko‘rinishi. Me’yor odamlarni jamoa va guruh sifatida bir-biri- ga bog'laydi. Bu qanday amalga oshadi? Birinchidan, me’yor — bu kutishdir: me’yorga amal qilgan odam atrofdagilardan ham xuddi shunday harakatni kutadi. Piyodalar o4ish yo‘lakchasining o‘ng chekkasidan o‘tayotgan odamlar to‘g‘risidan, qarama-qarshi tarafga kelayotgan odamlar yo‘lakning chap tarafiga o‘tsa, tartib-
tashkillashtirilgan harakat amalga oshadi. Me’yorlarni buzish oqibatida esa kishilarning bir-birlari bilan turtilib ketishi yuzaga keladi va natijada nizoli vaziyat yoki biror falokat yuz berishi mumkin. Demak, me’yorlar subyektining maqsadi, motivi, faoli- yat, kutishi, baho berishi kabilarni qamrab oluvchi ijtimoiy mu- nosabatlar tizimini shakllantiradi. Shu tariqa, me’yorlar kutish ko‘rinishida (boshqalarning o‘zini tutishiga nisbatan reaksiya) yoki standart xatti-harakatlar (majburiyat, qoida) ko'rinishida talqin etilishiga ko‘ra ma’lum vazifani bajaradi.
Nimaga odamlar me’yorlarga amal qiladi va nega jamoatchilik bularni nazorat qiladi? Me’yor qadr-qimmatning himoyachisidir. Oila sha'ni va qadri azaldan odamlar va jamiyatning eng muhim qadriyatlaridan hisoblanib kelgan. Jamoatchilik tomonidan esa uning barqarorligi va rivojlanishi qadrlanadi. Oila jamiyatning asosiy yacheykasi va u haqida qayg‘urish jamiyatning eng muhim vazifasidir. Oila va unda amal qiladigan me’yorlarning asosi sifatida quyidagi hadislarni keltirish o‘rinlidir: «Farzandlaringiz- ni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq odobini ham yaxshilangiz» (38-hadis), «Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi» (136-hadis).
Do'stlaringiz bilan baham: |