Ijtimoiy muhitning shaxsga ta’sirida ijtimoiy nazorat shakllarining o‘rni
Har qanday shaxs ma’lum bir jamiyat a’zosi sifatida yashar ekan, faoliyat ko‘rsatar ekan, u albatta ana shu jamiyat tomonidan o'rnatilgan ijtimoiy nazoratga amal qilishga harakat qiladi.
Ijtimoiy nazorat — bu shaxsning xulqiga, qadriyatlariga, tasav- vurlariga va ustanovkalariga nisbatan jamiyatdagi guruhlarning yoki jamoatchilikning ta’siridir. Ijtimoiy nazoratga ekspektatsi- ya, me’yor va sanksiyalar kiradi. Ekspektatsiya — aynan shaxsga nisbatan atrofdagilarning kutish shaklidagi talablaridir. Ijtimoiy me’yor — ma’lum vaziyatlarda shaxsning nima deyishi, o‘ylashi, his qilishi, nima qilishini ko‘rsatuvchi namunalar yig‘indisidir. Ijtimoiy sanksiyalar — ijtimoiy nazoratning muhim vositalaridan biri sifatida shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridir.
Ijtimoiy nazoratning shakllari — bu shaxsning jamiyatdagi hayoti va turli xil guruhlardagi faoliyatini boshqarish usullaridir. Ijtimoiy nazoratning ko‘proq tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat:
Qonun — davlat miqyosida shaxslarning rasmiy munosa- batlarini nazorat qiluvchi va yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yortiv aktlar yig‘indisi.
Tabu — shaxsning biror-bir fikri yoki harakatlariga nisbatan cheklovlar tizimini qamrab oladi.
Urf-odat — yoshlikdan o‘zlashtiriladigan vajamoaviy odatli- lik xarakteriga ega. Urf-odatning asosiy belgisi tarqalganlikdir. Urf-odat jamiyatda ma’lum bir davrga xos bo‘lgan va vaqtincha davom etuvchi tavsifga ega.
An’ana — shunday urf-odatki, ma’lum bir xalq madaniyati bilan bog4iq holda shakllangan, avloddan avlodga o‘tuvchi, xalq- ning mentaliteti bilan aniqlanadi. Urf-odat va an’analar ommaviy harakatlarni qamrab oladi va jamiyat integratsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ma'naviy ahamiyatga ega va aynan guruh yoki jamiyatda yaxshilik va yomonlikni tushunish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus urf-odatlar mavjud.
Axloq — ma’lum bir davrda jamiyat kishilarining xulq-at- vorida, xatti-harakatlarida, o‘zaro muloqot jarayonida o‘z aksini topadigan ijtimoiy kategoriyadir.
Odat — shaxs hayotida ko‘p takrorlanaverganligidan av- tomatlashganlik darajasiga aylanib qolgan, anglanilmagan holda bajariladigan harakat shaklidir.
Etiket (etiket me’yorlari) — odamlarga nisbatan ijobiy va xayrixohJik bilan muloqotga kirishishda munosabatlarning tashqi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan o‘zini tutish qoidalari. Ammo bunday odoblilik orqasida ba’zan ichiqoralik va shaxsga nisbatan behurmatlik munosabatlari yashiringan bo‘lishi ham mumkin. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu me’yorni baja- rishda shaxsning odamlar bilan munosabatida uning samimiyligi yo‘qolishi mumkin.
Shunday bo‘lsa ham, «semiz janjaldan, ozg‘in tinchlik yaxshi».
Jamiyatning har bir a’zosi interiozatsiya jarayoni va natijasi tufayli individ tomonidan doim ham anglanilmaydigan ijtimoiy nazoratning kuchli psixologik ta’siri ostida bo‘ladi.
Bulardan tashqari shaxsning jamiyatdagi xatti-harakati va xulq-atvorini nazorat qilib turuvchi nazorat shakllari ham mavjud bo‘lib, ulardan biri ijtimoiy me’yorlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |