4)O‘smirlаrdа deviаnt хulq-аtvоrning kelib chiqishi sаbаblаri
Deviant yoki g'ayritabiiy xatti-harakat odamning boshqa odamlar kutganidan boshqacha harakat qilganligini anglatadi. Ya’ni, tizimda belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan qilmishni sodir etgan. Bu bitta ko'rinish yoki doimiy xatti-harakatlar bo'lishi mumkin.
Deviant xulq-atvorning sabablari ko'p omillarga bog'liq. Ko'pincha o'smirlardagi og'ishlar oila a'zolari yoki maktabda tengdoshlari bilan tushunmovchiliklar tufayli yuzaga keladi.
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O’smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi.
Yetim bolalar bilan olib boriladigon faoliyat----"yetim" va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi. ijtimoiy yetim-biologik ota-onaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar. Bu holatda unga g’amxo’rlik qilishni davlat va jamiyat o’z bo’yniga oladi.
SHunday qilib ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalarga ota-onalari:
-vafot etgan;
-ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan;
-bedarak yo’qolgan;
-muomalaga layoqatsiz;
-axloq tuzatish koloniyalarida jazo o’tayotgan;
-jinoyat sodir etishda ayblanib, xibsda bo’lgan;
-bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan;
-bola vaqtincha joylashtirilgan shifo, ijtimoiy maskanlardan uni olib ketmayotgan bolalar kiradi.
Ularni boqish, ta’lim berish, himoyalash uchun qonun bilan belgilangan vasiylik shakllari mavjud
Yetim bоlаlаr bilаn оlib bоrilаdigаn fаоliyat. Bola asrab olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Ijtimoiy yetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi.
Etimlikning barcha sabablarini sanab o’tish mushkul, chunki bu turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shug’ullanayotgan ko’p aspketli muammodir. Biroq asosiy 3 ta sababni ajratib ko’rsatsak bo’ladi:
Ota-onalarning (odatda onalarning) o’z vyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan go’daklik davridagi boladan
Uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish
Ota-onalarning vafoti.
“Etim” va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi. ijtimoiy yetim-biologik ota-onaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar. Bu holatda unga g’amxo’rlik qilishni davlat va jamiyat o’z bo’yniga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |