Ijtimoiy pedagogik faoliyat va oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyatni tashkil etish



Download 213,5 Kb.
bet5/11
Sana24.04.2022
Hajmi213,5 Kb.
#579269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT VA OILA BILAN IJTIMOIY - PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH

Kurs ishi tuzilishi va hajmi: kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.


I-BOB. TA’LIM MUASSASASINING OILA BILAN OLIB BORADIGAN ISH SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMO SIFATIDA O’RGANILISHI



    1. Ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ish shakllarini rivojlantirish masalalarining davlat hujjatlarida yoritilishi

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimiznining iqtisodiy – ijtimoiy, manaviy – ma’rifiy rivojlantirish jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar ayniqsa ta’lim sohasini tubdan isloh qildi. “Ta’lim to’g’risidagi qonun”1, asosida ta’limning quyi bosqichidan boshlab oliy ta’lim tuzilishiga qadar yosh avlodni ta’lim – tarbiyasini sifat jixatidan qayta ko’rib, uni yangilashga muvaffaq bo’lindi.


Yosh avlodni tarbiyalash murakkab va ko’p qirrali jarayon. Yoshlarni har tomonlama ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhim va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizning taqozosidir.
Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Oila insoniyat naslining davomchisidir. O’zbekiston Respublikasi o’tish davri jarayonida ham mamlakatning ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha sharoitga mos ravishda har tomonlama rivojlantirish haqida harakatlar qilmoqda. Ushbu ishlar mamlakatning ta’lim – tarbiya sohasini ham o’z ichiga olgan. Ta`lim-tarbiya sohasi haqida fikr yuritilganda oila va mahalla (jamoatchilik) hamkorligi borasida alohida to`xtalish zarur. Davlatimiz va hukumatimiz yosh avlod tarbiyasiga alohida ahamiyat berar ekan buni qabul qilingan va qilinayotgan hujjatlar, qaror vafarmonlar misolida ko`rishimiz mumkin.
Bunga misol tariqasida 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturlarini keltirish mumkin”. Ushbu hujjatlar ta’lim – tarbiya sohasini to’liq takomillashtirish, yoshlarni milliy an’analar asosida tarkib toptirish masalalariga ham qaratilgan.
Huquqiy demokratik davlatimiz, ochiq fuqarolik jamiyatining eng utsuvor yo'nalishlaridan biri sanalmish ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan mamlakatimiz mutsaqilligidan so‘ng yosh avlodning tarbiyasiga, sog'ligiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta'sirini qo‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta'sirini qo‘rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning mutsahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434 raqamli farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog'ligini mutsahqamlash, sog‘lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning utsuvor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli datsuri to‘g‘risida»gi 242-sonli qarorining bajarilishi mamlakatimizda sog‘lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.
Ko`rinib turibdiki, davlatning oilaga nisbatan g‘amxo‘rligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda o‘z ifodasini topmoqda. Respublikada 1998 yilda “Oila” ilmiy-amaliy Markazi tashkil etilganligi buning yorqin dalilidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yilning 9 dekabr kuni «Barkamol avlod yili» davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlar to‘g‘risida»gi 329-sonli farmoyishi chiqdi.
2010-yil 15-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining (1VX-1) Hay’at yig‘ilishida ham ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, «Barkamol avlod yili» munosobati bilan ichki ishlar idoralari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belilab berildi. Shuningdek «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi buyicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvar kunidagi PK-1271-sonli qarori chiqdi.
«Barkamol avlod yili» da (2009-yilda 2 trillion 612 milliard so‘m ajratilgan) 7 trillion 890 million so‘m va 165 million dollor ajratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to’g`risida 2012 yil 27 fevraldagi PQ-1717 sonli Qarorining 69-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 iyundagi 175-sonli qarori bilan “Oila, mahalla, ta’lim muassasasi ” hamkorligi Jamoat kengashi yo’lga qo’yildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta’minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning barqarorligiga erishish ekan, oila bag’ishlangan kontseptsiyaning vujudga kelishi o’ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o’z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko’tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan kontseptsiya zarur. Darhaqiqat, kontseptsiya O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi. Taqdim etilayotgan kontseptsiya oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g’oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo’lib xizmat qiladi.




    1. Download 213,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish