2.2. Guruh rahbarining faoliyatida ota-onalar bilan olib boradigan pedagogik faoliyatini tashkil etish va uning tahlili
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlarini boshlashdan oldin ota-onalarning bolalari bilan munosabatlari qanday ekanligini o‘rganishni kurs ishimizda maqsad qilib qo‘ydik. Ota-onalarning bolalari bilan munosabatlarini o‘rganish orqali guruh rahbari pedagog-o‘qituvchi sifatida ularga pedagogik-psixologik tavsiyalarni ishlab chiqishi va kelgusida guruhdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi oson bo‘ladi. Buning natijasida maqsadli faoliyatlar tashkil etilib, o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorlikka erishish mumkin. SHu maqsadda quyidagi so‘rovnomani biz Qo‘qon pedagogika kolleji 1-bosqich o‘quvchilarining ota-onalari (23 nafar) bilan o‘tkazdik.
So‘rovnoma savollariga ota-onalar “Ha”, “gohida”, “yo‘q” deb javob berishlari mumkinligi tushuntirildi. Ha- 2 ball; Goxida – 1ball; Yo‘q – 0ball bilan belgilanadi.
“Sizning bolalaringiz bilan munosabatingiz qanday?” so‘rovnomasi
1.Oilangizda bolalar bilan o‘zaro tushunish bor deb hisoblaysizmi?
2. Bolalar siz bilan “ qalb”dan gaplashadimi, “ shaxsiy ishlari” bo‘yicha maslahatlashadimi?
3 Ular sizning ishingiz bilan qiziqadimi?.
4. Siz bolalaringizning o‘rtoqlarini bilasizmi?
5. Farzandlaringizning o‘rtoqlari siznikida bo‘lib turishadimi?
6. Bolalar siz bilan birga xo‘jalik ishlarida ishtirok etadilarmi?
7. Siz ularni qanday o‘qishlarini tekshirib turasizmi?
8. Sizning ular bilan birgalikda band bo‘ladigan umumiy mashg‘ulotingiz bormi?
9. Bolalar siz bilan bayramlarga tayyorgarlikda birgalikda ishtirok qiladilarmi?
10. Bolalar bayramlarida ular siz bilan birgalikda bo‘lishni xoxlaydilarmi yoki aksincha, kattalarni ishtirokisiz bo‘lishini istaydilarmi?.
11. Siz bolalar bilan o‘qilgan kitobni muhokama qilasizmi?
12. Televizordagi filmlarni-chi?
13. Siz ular bilan teatrlarda, muzeylarda, konsertlarda bo‘lasizmi?
14. Bolalar bilan birga sayllarda bo‘lasizmi?
15. Bolalaringiz birgalikda ta’tilingizni o‘tkazishni xoxlaysizmi yoki yo‘qmi?
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra
20 va undan ortik – sizning bolangiz bilan munosabatingiz muvaffakiyatlidir.
Agar 10 dan 20 ballgacha bulsa – konikarli, lekin siz uz ishlaringizni xar taraflama uylab kurishingiz zarur.
Agar 10 dan kam bulsa, siz darrov bolangiz bilan munosabatingizni yaxshi yulga solish tomonlari haqida o‘ylab ko‘ring.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra
Ota-onalar soni
Jami (23 nafar)
|
To‘plangan ballar
|
%da
|
9 nafar
|
20 va undan ortik
|
39 %
|
11 nafar
|
10 dan 20 ballgacha
|
48 %
|
3 nafar
|
10 dan kam
|
13 %
|
Bu so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, faqat 9 naqar (39%) ota-onalargina o‘z farzandini yaxshi bilan va ular bilan munosabatlari muvaffaqiyatli, aksari (11 nafar, 48%) ota-onalarning o‘z farzandlarini bilishlari holati qoniqarli, lekin ular bolalari bilan munosabatlari va o‘z ishlarini xar taraflama o‘ylab ko‘rishlari zarurligi tavsiya etildi. Eng achinarlisi 3 nafar ota-ona (13%) o‘z bolalari bilan munosabatlari yaxshi emas, munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ota-onalarga pedagogik-psixologik maslahatlar, “Ota-onalar uchun o‘qishlar” tashkil etilishi va ularda qatnashish tavsiya etildi.
Bu kabi ijtimoiy so‘rovnomalar guruh rahbarining oila va ota-onalarbilan olib boradigan pedagogik faoliyati qanday ijobiy yo‘lga qo‘yish mumkinligiga yordam berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |