Nazorat savollar:
Nima uchun ijtimoiy menejer o’z-o’zini ob’ektiv baholash kerak?
Nima uchun o’z-o’zini boshqarish zamonaviy boshqarish sharoitda muhim ahamiyatga ega?
Ijtimoiy menejer o’z ustida ishlashi uchun qanday sharoitlar mavjud?
Ijtimoiy menejerga xozirgi davrda qanday xususiyatlar zarur?
Tayanch iboralar: «shaxs» tushuchasi, temperament, ijodiy qobiliyat, ijodiy potentsial, «kichik odam» falsafasi, «ijtimoiy texnik», menejerning ijobiy xususiyatlari, liderlik, tashabbuskorlik.
Tаvsiya etilgаn аdаbiyotlаr
1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.
2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7. Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
14-MAVZU. MUNITSIPAL MENEJMENTNING KRIZISGA QARSHI STRATEGIYaSI
1. Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv
2. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish
3. Mahalliy boshqarishning korporativ modeli
4. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining kontseptsiyasi
Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv
Mahalliy boshqaruv organlariga xaqiqatdan ham byurokratik hokimiyat izdoshlari rahbarlari sifatida qaraladi. Ammo o’z-o’zini boshqarish organlarini tashkil qilish juda qiyin. SHunga qaramasdan, mahalliy hokimiyat organlarini tashkil qilish uchun juda katta ishlar qilindi. Munitsipal ta’lim ma’muriyatining boshliqlari saylandi, deputatlar kengashi, munitsipal hokimiyat tariqasida boshqaruv apparati shakllanmoqda.
Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini rivojlantirishning oddiy bo’lgan faqat tepadan qarash usuli, o’zini oqlamadi. SHu narsa ma’lum bo’ldiki, mahalliy xalq o’z muammolarini echishga jalb qilinishi kerak, buning uchun, ularga hokimiyat vakolatlarini moddiy va moliyaviy resurslarni berish zarur. Bu holat ularda mahalliy xo’jalikni rivojlantirishda boshqa bir printsipial motivatsiyani uyg’otadi, mavjud tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda ratsional yo’llarni topish mahalliy yashovchilarni oxir oqibat o’zlarini ijtimoiy extiyojlari uchun aktiv pul ishlab topish yo’liga o’tishga undaydi. Bozor iqtisodiyotni rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infrastrukturani tashkil qilish kerak.
Hozirda mavjud mahalliy boshqaruv organlarining mahalliy hayot muammolari bilan bog’liqligi juda yomon. Ular munitsipal mulkni boshqarish, mahalliy sanoatni rivojlantirish bilan bandlar, shuning uchun, mahalliy yashovchilar shahar, rayon ma’muriyati oldida tilamchi, da’vochi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Bunday vaziyat yana mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari davlat boshqaruv vertikalining davomiga aylanmoqda, o’zining tub mohiyatini yo’qotmoqda. Natijada eskirgan mahalliy boshqaruv kontseptsiyasi yuzaga chiqmoqda, bu esa, o’zining oqlanmaganligi sir emas.
Bunday «yuqori» dan rivojlanish kontseptsiyasi jamiyatdagi krizisni chuqurlashuvi sababchilaridan biridir, ayniqsa, davlat boshqaruvida.
Vaziyat davlat tomonidan puxta o’ylanmagan ijtimoiy siyosat va uni amalga oshirish uchun mablag’lar etishmasligi natijasida jamiyatda ijtimoiy norozilikning kuchayishi shaxarlarning ijtimoiy infrastrukturasini yo’q qiladi. Muammo nafaqat resurslarning yo’qligida balki undan samarali foydalana olmaslikda, rivojlanish mablag’lari va boshqaruvchilarning yo’qligidadir.
Bir so’z bilan aytganda, munitsipal menejment sohasidagi professionallikning pastligi zamonaviy boshqaruvda salbiy oqibatlarga - mas’uliyatsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. SHuning uchun, mahalliy boyliklardan qoniqarli darajada foydalanilmaydi. Boshqa bir rivojlanish strategiyasi kerak, ayniqsa jamiyatni krizisdan olib chiqadigan strategiya kerak.
Strategiya - krizisga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi. Hozirgi vaqtda «strategiya» so’zi tagida boshqaruv hamda jamiyat muammolarini echish bilan bog’liq boshqaruv san’ati tushuniladi. Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi va davlat siyosati bilan juda bog’liqdir. Siyosiy maqsadlarda strategiya ularning bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal natijalarga erishish texnologiyasi ishlab chiqishni ta’minlab beradi. SHuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan shaxsiy strategiyalar vujudga keladi. Bular: iqtisodiy, ijtimoiy moliyaviy, pul-kredit, huquqiy, ma’naviy.
Bunday holatning o’zi tashkilotni strategik maqsadlarini aniqlaydi va bu faoliyatning alohida elementlarini, funktsiyalarini qamrab oladi.
Strategik rejalashtirishning keyingi bosqichi bo’lib maqsadlarga erishish uslublarini aniqlash, resurslarni topish hisoblanadi, ya’ni tashkilotni rivojlantirish kontseptsiyasi tuziladi. Bu kontseptsiya esa rahbariyat uchun strategiya bo’lib xizmat qiladi.
Bunday muhitni tahlil qilishda turli hil usullar ishlatiladi hamda tashkilotning ichki holati ham tahlil qilinadi SHu vaziyatdan kelib chiqib, tashkilotning kuchli tomonlarini, imkoniyatlarini hisobga olib strategiyalar ishlab chiqiladi. SHundan so’ng, tashkilotchilik qobiliyatlari ishlab chiqiladi: innovatsiyaga qodirligi, malakaviy potentsial.
Bizning boshqaruvdagi kamchiligimiz (mahalliy regionlar) bo’lib biri, kichik dasturlar doirasida ishlashimiz va doimiy muammolarimizni bosqichma-bosqich hal etish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bizning hamma kamchiligimiz to’liq ishlab chiqilgan, zamonaviy strategik fikrlardan holi bo’lgan boshqaruv krizis natijasidir.
Bu doiradagi boshqaruvimiz ilmiy-texnikaviy muhitda nisbatan juda uzoq vaqt qolib ketgan. SHunga qaramasdan ko’pgina professional boshqaruvchi - menejerlar paydo bulishdi, o’zlarini amaliyotlarida ular strategik rejalashtirish va kontseptual usulini keng qo’lladilar. Buning asosida innovatsiyalashgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy texnologiyalarni yaratish va qo’llash vazifasi turibdi.
Mahalliy yashovchilarni yuqori hokimiyatdan mahalliy darajaga olib tushish, o’zlarining muammolarni hal qilish uchun o’zlarini jalb qilish hamda mahalliy hokimiyatni mustahkamlash - antikrizis rivojlanishining asosiy strategiyasidir. Asosiy g’oya - mahalliy hokimiyatni kuchaytirish: mahalliy nizomlarni qabul qila olish, moddiy texnika bazasini yaratish, mahalliy byudjetni, soliq tushumlarini va boshqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |