3.Mahalliy boshqarishning korporativ modeli
Mahalliy o’z-o’zini boshqarishning korporativ modeli turli xil bo’lish mumkin. Korporativizm mahalliy o’z-o’zini boshqaruv tizimida turli xil aloqa hamda munosabatlarni chuqurlashtiradi va tartibga soladi. Bu holda munitsipal huquq mohiyatiga katta ahamiyat bermoq zarur. Bu yangi huquq tarmog’i realizatsiya jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib, birinchidan «xususiy» vakolatlar o’z-o’zini boshqarish organlarining mahalliy hayot bilan bog’liq bo’lgan, ikkinchidan, alohida davlat vakolatlaridir. Gap birinchi navbatda, quyidagi munosabatlarni tartibga solish hakida ketmoqda.
Munitsipal mulk va mahalliy xo’jalikni boshqarishda mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish.
Halq tomonidan o’z-o’zini boshqarish shaklini tanlanishi va boshqalar.
Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ularga berilgan alohida vazifalarni amalga oshirish.
Yuqoridagi aytilganlar mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarini sistemali xarakterini namoyon etmoqda.
Hammaga ma’lumki, mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari moddiy-moliyaviy mablag’larni halqning davlat tomonidan e’tibor berilmaydigan ehtiyojlariga yo’naltiriladi. Bunga nafaqat mahalliy xo’jalikni, balki mahalliy hayot sifatini ham kiritish mumkin. Faqat shunday sharoitlarda mahalliy jamiyatda ziyolilarning o’sishi koorporativ printsiplar asosida halqni g’oyasi mustaxkamlanishini kuzatishimiz mumkin.
Bunday korporativ menejment antikrizis hisoblanadi, boshqaruv ideologiyasini shakllantirishga halq oldida ularning professionalligini oshirishga yordam beradi.
4. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining kontseptsiyasi
Yangi munitsipal xamjamiyat asosiga nimani ko’yish mumkin va integral natijaga erishish uchun nimalar qilish kerak? Mahalliy hamjamiyatning eng ustivor rivojlantirish strategiyasi bo’lib ijtimoiy strategiya hisoblanadi.
Munitsipal xamjamiyat rivojlanishining kontseptsiyasining boshqa bir universal texnologiyasi bo’lib, maqsadli rivojlanishni almashtirmagan holda oddiy usullar orqali (bozor xo’jaligi, reforma) yashash sifatini oshirish hisoblanadi.
Bunday ish yuritish birinchidan, jaxon tajribasiga mos tushadi, munitsipal xamjamiyat maqsadini iqtisodiyot emas, balki ijtimoiy parametlar belgilaydi. Ikkinchidan, munitsipal ta’lim strategik maqsadlarini tuzish va olib chiqish tizimini o’zgartiradi. Buning asosida quyidagi loyixalar chiqadi:
birinchidan, munitsipal hamjamiyat daromadlarini oshirish, kambag’allar yo’q sharoitni tashkil qilish, faqat boylar va juda boylar mavjud;
ikkinchidan, salomatlikni mustahkamlash, buning natijasida aholining hayot davomiyligi 85 yoshni, bir ishchiga yiliga 1 kun kasal to’g’ri kelsin;
uchinchidan, ijtimoiy himoya.
Bu maqsadlarga erishish uchun korporativ usuldan foydalanish kerak. Natijada quyidagi masalalar hal bo’ladi:
kasalliklarsiz uzoq umr ko’rish, ijodiy va ijtimoiy faollik;
halqning yuqori daromadi, oilalar o’zlarini byudjetlarining faqatgina 10% oziq-ovqatga sarflashadi;
o’sib kelayotgan avlod ishlayotgan halq va nafaqaxo’rlar birga teng huquqli mulkdorga aylanishadi;
halq o’zi yashayotgan joyning egasi va xo’jainiga aylanadi.
Birinchi marotaba munitsipal hamjamiyat maqsadlari, uni amalga oshirish mexanizmlari, yashovchilarning birlamchi qiziqishlari bilan hamohanglashgan, bu narsa zamonaviy motivlarni ochadi (faoliyatiga), boshqacha bir hayotiy sifatga o’z-o’zini boshqarishni rivojlantirishga olib keladi. Munitsipal hamjamiyatning innovatsiyalashgan strategiyasi boshqacha bir umumjamiyat hayotiy munitsipial ta’lim printsiplariga asoslanadi:
Munitsipal hamjamiyat yashovchilar - bu bir chegara ostidagi joy emas, balki odamlarning ijtimoiy jamiyati.
Korporativ qiziqishlar bir oila va har bir odam qiziqishi orqali amalga oshiriladi.
Halqning iqtisodiy mustaqilligi shaharning ijtimoiy - iqtisodiy muammolarini echish sharti sifatida yuzaga chiqadi.
Munitsipal hamjamiyatning regional jamiyat bilan aloqalari shartnoma asosida amalga oshirilishi.
Tadqiqot loyixaida strategiyani ishlab chiqish jarayoni va uni realizatsiya qilish texnologiyasi bir nechta bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Rejadan oldin:
a) strategik rejalashtirish uchun g’oyalar o’rganiladi. Buning asosiga hayot sifatini oshirish salomatlikni mustahkamlash yotadi.
b) mahalliy darajada demokratik tarzda qabul qilingan qarorlar amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda munitsipal hamjamiyat holatini ijtimoiy iqtisodiy diagnostikasi amalga oshiriladi, pozitsiya aniqlanadi - kim biz (soni, mashg’uloti daromadi va boshqalar).
Ikkinchi bosqich, strategik rivojlanishining texnologiyasini tanlash turida va bu texnologiya yashovchilarning qiziqishlariga javob bermog’i lozim. Texnik tarzda quyidagilar hal etiladi:
a) mahalliy iqtisodiyotni rivojlanishini qanday tezlashtirish mumkin;
b) strategiyani qanday tanlash zarur, uning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda.
v) mavjud dasturlarni yangi strategiya asosida qanday baholash kerak;
Uchinchi bosqich, mavjud bo’lgan alьternativlardan rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirish texnologiyasi qabul qilinadi, bu holat orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:
a) qo’yilgan maqsadlar uchun resurslar etarligini;
b) mavjud resurslardan unumli foydalanish uchun nima qilish kerak;
v) rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun aniq yo’llar qanday degan savolga javob beradigan turli dasturlar, metodlarni taqdim etilganligi;
g) munitsipal ta’lim rivojlanish ko’rsatkichlari qayta ishlanadi, bularga esa:
Iqtisodiyotning agrar sektori va ishlab chiqarishni rivojlantirish maromidaligi;
Innovatsiyalarni, texnologiyalarni singdirish darajasi;
Jamiyat hayotini demokratiyalashuvi;
Jamiyat fikri, tavsifnomasi boshqaruv organlari faoliyatlarini baholash;
Munitsipal ta’limning kadrlar tayyorlanishini baholash;
Munitsipal ta’lim ma’naviy va moddiy texnika bazasi holati;
Munitsipal ta’lim regionlardagi mavjud resurslardan foydalanishning samaradorligi;
Ilm-fan, savdo, ta’lim, sog’liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy rivojlanishning ko’rsatkichlari;
Ekologik vaziyat ko’rsatkichlari.
To’rtinchi bosqich, faoliyat texnologiyasi unga tashkilotning resurslari asosiy boshqaruv va tashkilotchilik modellari va ushbu modellar munitsipal ta’lim rivojlanish strategiyasini mahalliy hokimiyat organlari bilan, sanoat - moliyaviy tashkilotlar bilan va munitsipal ta’lim halqi hammasi bilan birgalikda bog’liq.
Umuman munitsipal ta’lim kontseptsiyasini ishlab chiqarishda munitsipal ta’lim xususiyatlarini aniqlash, iqtisodiy hayot xarakteristikasi va rivojlanish mexanizmlarini aniqlash ko’zda tutiladi.
Kontseptsiyada avtorlar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini, balki munitsipal ta’limda ijtimoiy boshqaruvining vazifalarini ham aniqlab beradilar va oxirgi holatda quyidagilar baholanadi:
- oila byudjeti va har birining salomatligi darajasiga qarab odamning hayot sifati;
- munitsipal ta’limda hayotiy sifat integral ko’rsatkichlari:
ekologiya, salomatlik va axolining oziq - ovqati;
barcha yashovchilarning daromadlari va moddiy ta’minlanganlari;
xo’jalik faoliyati natijalari;
ijtimoiy aloqalar holati munitsipal ta’lim rivojlanishining krizisga qarshi kontseptsiyasida boshqa mexanizmlar taqdim etilgan.
Munitsipal ta’lim rivojida krizisga qarshi kontseptsiyasida bir qancha mexanizm ko’rsatilib o’tilgan. Ulardan biri munitsipal ta’limni korporativ boshqarish texnologiyasi. Bunda bir qator moliyaviy-iqtisodiy texnologiyalar berilgan. Ularning barchasi ushbu g’oyani realizatsiyalash uchun yo’naltirilgan. SHunga monan unda quyidagilar taqdim etiladi:
munitsipal ta’lim iqtisodiyotini normal rivojlanishini ta’minlaydigan, uning moliyaviy infratuzilmasini yaxshilaydigan texnologiyalar;
mavjud moliyaviy resurslar, hamda texnologik baza va «nou-xau» ni baholaydigan metodikalar.
Umuman krizisga qarshi rivojlanish strategiyasini mahalliy va umuman butun jamiyatni sistemali krizisdan olib chiqishning qanday asosiy yo’nalishi bor degan savolga javob sifatida xo’jalik hayotini korporativ metod orqali tashkillashtirish ta’kidlanadi.
Ho’jalik yuritishning korporativ metodi orqali markaziy hokimiyat bilan o’z-o’zini boshqaruv organlari o’zaro aloqalari muvozanatlashtiriladi, resurslarni taqsimlashda ratsional yo’l tanlanadi va boshqalar mohiyatdan xo’jalik yuritishning korporativ shakllari jamiyati o’rta mulkdorlarni paydo bo’lishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |