3.Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari
Ijtimoiy boshqaruv qonunlari tizimida insonlar hoxishiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar etakchi rolь o’ynaydi. Ularning harakati faqat odamlar faoliyatida namoyon bo’ladi. Boshqaruvchi tizim odamlar mehnatini birlash-tirib, maqsadni aniqlash, uni amalga oshirish yo’llarini qidirish, erishilgan natijalarni baholashda namoyon bo’ladigan ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar talablariga qat’iy rioya qilishi kerak. Masalan, asosiy ijtimoiy qonunlarga ijtimoiy rivojlanish qonunlari, ijtimoiy sertifikatsiya qonunlari va boshqalar kiradi.
«qonun» tushunchasi ham, «qonuniyat» tushunchasi ham tegishli bo’lgan guruhga kiradi. Ham qonun, ham qonuniyatlar o’rganilayotgan hodisalar o’rtasidagi umumiy va kerakli aloqalarni o’rnatadi. Menejment nazariyasida «qonuniyat» tushunchasi qonunning nazariy tadqiqot boshidagi dastlabki shakli sifatida qaraladi.
Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlariga quyidagilar kiradi:
- jamiyat rivojlanishining madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar bilan shartlashtirilgan ijtimoiy boshqaruv tizimining birligi. Bu uzluksiz boshqaruv munosabatlari zanjirida menejmentning asosiy funktsiya va uslublari qorishmasida namoyon bo’ladi;
- ijtimoiy tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari nisbati. Bu shu tizimchalarning samarali amalga oshishini ta’minlash maqsadida ular orasidagi oqilona nisbatni nazarda tutadi;
- ijtimoiy boshqaruv funktsiyalari markazlashuvida optimal munosabat. Boshqaruvning markazlashish darajasi jamiyat rivojlanishi jarayonida o’zgaradi va bu o’zgarish ijtimoiy boshqaruv qonuni hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichi uchun markazlashishning o’z maqbul darajasi bo’lishi kerak;
- aholi turli qatlamlarining ijtimoiy boshqaruv, uning samaradorligi va ma’suliyatini oshirishda ishtirok etishi. CHunki moddiy va ma’naviy ne’matlar jamiyat ishlab chiqarishi va aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga bo’ysundirilgan.
Ijtimoiy menejment tamoyillari deganda jamiyatda o’rnatilgan ijtimoiy sharoitlarda boshqaruv organlari rahbarlik qiladigan qonunlar, asosiy holatlar va xulq me’yorlari tushuniladi. Ular ijtimoiy boshqaruv tizimi, tuzilmasi, jarayoni va mexanizmiga talablarni qo’yadi. Xususan, ijtimoiy boshqaruv tamoyillari - bu boshqaruv munosabatlari rivojlanishi qonunlarini aks ettiruvchi rahbarlik g’oyalari. Tamoyillar, qonunlar va qonuniyatlar o’zaro aloqasini quyidagi ketma-ketlikda ko’rish mumkin: ijtimoiy rivojlanish qonunlari - ijtimoiy rivojlanishning mos davrdagi ijtimoiy qonunlar - ijtimoiy boshqaruv qonun va qonuniyatlari - ijtimoiy boshqaruv tamoyillari. Ijtimoiy boshqaruv tamoyillari va usullari o’rtasidagi farq shundaki, boshqaruv tamoyillari tanlanmaydi, ularga amal qilinadi. Tamoyil usullar tizimini shakllantirish va har bir usulni alohida tanlab olish imkonini beradi.
SHunday qilib, ijtimoiy menejment tamoyillari quyidagicha bo’lishi kerak:
Jamiyatning rivojlanish qonunlari, uning ijtimoiy qonunlari va menejment qonunlarida asoslangan bo’lishi;
Ijtimoiy menejment maqsadlariga mos kelishi, menejmentning asosiy xususiyatlari, aloqa va munosabatlarini aks ettirishi;
Ijtimoiy boshqaruv jarayonlarining vaqtinchalik va hududiy jixatlarini hisobga olishi;
Huquqiy rasmiylikka ega bo’lishi, ya’ni turli me’yoriy xujjatlarda mustahkamlangan bo’lishi.
Ijtimoiy menejmentning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- qaror qabul qilishda birlik va uni muhokama qilishda jamoaviylik tamoyili;
- davlat - ma’muriy, ho’jalik va ijtimoiy - madaniy menejmentning birdamlik tamoyili;
- soha va hududiy ijtimoiy boshqaruvning aralashma tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruvni ilmiyligi tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruvni bashorat qilish tamoyili;
- mehnatni rag’batlantirish tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruv natijalari uchun ma’suliyat tamoyili;
- kadrlarni oqilona tanlash, ularni tayyorlash, joylashtirish va ishlatish tamoyili;
- boshqaruvning tejamkorlik va samaradorlik timoyili;
- tizimlilik tamoyili;
- ierarxiylik tamoyili;
- zaruriy turli-tumanlik tamoyili;
- qayta aloqaning majburiyligi tamoyili.
Boshqaruvning bu tamoyillari ijtimoiy boshqaruv va jamiyat jarayonlarining rivojlanishi natijasida o’zgarib boradi. Ijtimoiy boshqaruvning tamoyillari butunlay yo’qolib ketmaydi, chunki bu tamoyillar menejment tamoyillari bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |