Ijtimoiy menejment muammolari
Ijtimoiy menejment muammolarini o’rganishda quyidagi yondashuvlar farqlanadi:
- aniq - tarixiy. Bu ijtimoiy boshqaruv munosabatlarini ularga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirida o’zgarish va rivojlanish xolatida bo’lgan jarayonlar sifatida o’rganishga imkon beradi;
- majmuaviy. Bu boshqaruv munosabatlarini o’rganishda iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy - psixologik va boshqaruv munosabatlari taxliliga boshqa yondashuvlar o’zaro aloqadorligini nazarda tutadi;
- jihatli. Bu biror bir mahsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va h.k.) tomonidan mahsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida namoyon bo’ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni, bir xususiyatini o’rganishga imkon beradi;
- tizimli. Bu ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizimchalarni umumiy maqsadli elementlar bilan birlashgan yagona majmua sifatida qarashga, tizimnmng xususiyatlari, uning ichki va tashqi aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Ijtimoiy menejmentning samarali usullariga modellashtirish (turli ko’rinishdagi modellar qo’llaniladi: fizik, grafik, matematik va boshqalar), tajriba-sotsiologik va psixologik (so’rovlar, testlar, kuzatuvlar va boshqalar), shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy usullar (dasturlash, o’yinlar nazariyasi, axborot nazariyasi va boshqalar) kiradi.
Uslubiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi xodisalar, tizimlar va boshqaruv jarayonlari xaqida bilim olish uchun yanada samarali yo’llar, yondashuvlar va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
Boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi:
- boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar, ya’ni bevosita ijtimoiy boshqaruvning sub’ekt va ob’ekti o’rtasidagi munosabatlar;
- boshqaruvchi tizim ichidagi boshqaruv munosabatlari: boshqaruv pog’onalari, darajalari o’rtasida (vertikal aloqa); har bir pog’onaning boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida (gorizontal aloqa);
- rahbar va qo’l ostidagilar o’rtasidagi munosabatlar: har bir boshqaruv zvenosida, turli boshqaruv bo’g’inlarida.
Undan tashqari, ijtimoiy boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi:
- soha, region, sohalararo, hududiy - sohaviy, hududlararo;
- tashqi (atrof muhit bilan munosabatlar) va ichki (tizim elementlari hamkorligi munosabatlari);
- tizimlararo va aralash, shuningdek, jamoaviy va individual;
- vaqtinchalik va doimiy, bevosita va bilvosita;
- chiziqli, funktsional va aralash.
Do'stlaringiz bilan baham: |