Ijtimoiy menejment


Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi



Download 0,93 Mb.
bet24/61
Sana31.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#946811
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Ижт.менеж лотинда

2. Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi

SHuni ta’kidlash lozimki, tadbirkolikda muvaffaqiyat ko’p jihatdan bugun o’zini biznesga bag’ishlagan insondagi odob sifatlari yig’indisiga bog’liq. Tadbirkor shaxsining bunday xislatlari ichida asosiy e’tibor tadbirkorlik madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq bo’lganlarga qaratiladi. Boshqaruv madaniyatida asosiy rolni oqilona boshlash - bilim, zamonaviy kontseptsiyalar, ilmtalab texnologiyalar o’ynaydi. Boshqaruv asosi bilimlarisiz jamiyatni isloh qilish, tadbirkorlik faoliyatini oqilona amalga oshirish mumkin emas. Moliya va tijorat institutlari egalari soni ortmoqda. SHartnoma bo’yicha yollangan va boshqaruv faoliyati natijalariga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer boshqaruv sohasida kichik bir tadbirkorga aylanmoqda. SHunday qilib, yangi turdagi tadbirkorlik madaniyati- menenjerlik shakllanmoqda.


Bu jarayon ommaviy miqyosda sodir bo’lib, joylardagi butun boshqaruv tizimini tubdan o’zgartirmoqda va uni maqsadli qilmoqda: aholi – aktsiyadorlar – kengash -menejment. Natijada, menejerlar nafaqat keng vakolatlar oladilar, balki aholi oldida ham mas’ul bo’ladilar. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, bu menejerlar va mahalliy ma’muriyat mas’uliyatli va professional jamoasini shakllantirishning yagona samarali mexanizmi. Aholi mahalliy hamjamiyat rivojlanishi maqsadlarini aniqlaydi, ma’murlar va menenjerlar korporativlik va menejerlik tamoyillariga rioya qilgan holda joylardagi hokimiyat vakillik organlariga hisobot beradilar. Bu nafaqat korporativ boshqaruvni tashkil etishning muhim tamoyili, balki zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirish mexanizmi sifatida ham namoyon bo’ladi. SHunday qilib, korporativ boshqarish va madaniy kichik tadbirkorlik yordamida butun jamiyat hayotini sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratiladi.
XXI asr ko’rsatilgan tendetsiyaning yanada ko’proq kengayishini talab qilmoqda. Unda iqtisodiyot ijtimoiylik va ma’naviyat ustidan hukmronlik qilmaydi, balki ular ko’p jihatdan jamiyat rivojlanishi vektori, uning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi. Aynan shuning uchun, aholi tadbirkorligini cheklashga har qanday urinish, bu sohani davlat ma’muriy usullar bilan haddan ortiq nazorat qilishi rivojlanish manbalarini bo’g’adi, jamiyat tuzilmalarining o’z vaqtida yangilanishini to’xtatadi, ba’zida esa, inqirozni vujudga keltiradi. Jamiyatda shunday xaqiqatni anglash sodir bo’lmoqdaki, uning muvozanati eng boylar va eng qashshoqlar daromadlarning farqi o’n barobar bo’lishiga imkon bermaydi. SHu narsa tabora oydinlashmoqdaki, ob’ektiv sabablarga ko’ra, qashshoqlikda yashayotgan aholi 10% dan oshmasligi kerak. Bu ko’pgina rivojlangan mamlakatlar uchun kritik nuqta hisoblanadi.
Muammoni tushunish, ilg’or rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi ularni hal qilishning yangi usullarini ham yaratadi. Ular boshqaruv sohasida vujudga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv, shuningdek bozor organlari aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishadi. Bu bozorni ijtimoiy tomondan chegaralash imkonini beradi. Boshqaruvning bosh sub’ekti - davlatning rivojlanishiga yangi talablar qo’yiladi. U xo’jalik faoliyatini nazorat funktsiyalarini o’zining fuqarolari, hududlari, ishlab chiqarish uyushmalari va assotsiatsiyalari kichik va o’rta korxonalarga berishi kerak. Bu o’z navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiiy - moliyaviy va huquqiy bazasini mustahkamlaydi. Ular nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, boshqaruv va boshqa resurslardan samarali foydalanishga tobora faol ta’sir etadilar.
Korporativlik tamoyillari korporativ mulk va boshqaruv madaniyatining rivojlanishi jihatidan umumiy bo’lib, ularning hatti-harakati jamiyat hayotini tashkil etishning hamma darajalariga yoyilmoqda. Ular doimo davlat siyosati doirasiga kiritiladi. Uning yordamida davlat: birinchidan, korporativ hayot tarzi, korporativ boshqarishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashni maqsadga muvofiq amalga oshiradi; ikkinchidan, hokimiyat munosabatlarini jamiyat bilan korporativlik, kelishuv, o’z huquq va resurslarini hududlarga va ijtimoiy tashkilotlarga berish tamoyillari asosida o’zi qurishga majbur. Bu fuqarolik jamiyatining o’rnatilishi jarayonidir. U markaziy va mahalliy hokimiyat o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartirishga, kelishuv va o’zaro nazorat asosida ularning muvozanatlashgan hamkorligini ta’minlashga, hokimiyat munosabatlariga ko’pgina mulk sub’ektlari kirishiga imkon beradi.
Aynan fuqarolik jamiyati sharoitlarida markaziy hokimiyat faoliyati, kapitaldan foydalanish ustidan harakatchan jamoatchilik nazorati mexanizmlari paydo bo’ladi.
Ijtimoiy menejment yordamida moliyaviy mablag’larni ijtimoiy ehtiyojlarga sarflash maqsadida byudjetni to’ldirish mexanizmlari ishlab chiqiladi, ish o’rinlari soni ortadi.
SHuni aytish kerakki, ijtimoiy menejment o’zining zamonaviy ko’rinishini korporativlik nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida namoyon qilmoqda. U menejment taraqqiyotida mavjud mexanizmni amalga oshirish bilan to’ldirib bormoqda.
SHunday qilib, jamiyat hayotining bu ikki ko’rinishi jamiyat rivojlanishi maqsadlari bo’yicha ko’p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin ularning eng katta mosligi maqsadlarda emas, balki ularga erishish mexanizmlari va texnologiyalaridadir. Korporativlik va ijtimoiy menejment jamiyat rivojlanishi-ning zamonaviy sharoitlarida xo’jalik hayotining, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning sog’lomlashini ta’minlaydi.
«Menejment» so’zi keng ma’noda - bu qo’yilgan maqsadlarga aql, boshqa odamlar orqali, mexnat bilan erishishni o’rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa, menejment bu boshqaruv bo’yicha ishni tashkil etuvchi ijtimoiy qatlamning aniqlangan insonlar kategoriyasidir.
Menejment ostidagi ijtimoiy boshqaruvninng zamonaviy nazariyasi va amaliyotida alohida ishlovchi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyatni boshqarish jarayoni tushuniladi. Deyarli barcha mashhur horijiy qomuslarda «menejment» tushunchasi ijtimoiy tashkilot maqsadiga insonlarga rahbarlik qilish hisobiga erishish jarayoni sifatida izohlanadi.
«Menejment» ko’p ma’noli tushuncha, u quyidagilarni bildiradi:

  1. tadbirkorlik faoliyati, hayot tarzi va zamonaviy jamiyat siyosati sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy va iqtisodiy institut;

  1. ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida boshqaruv mehnatida band bo’lgan shaxslar yig’indisi;

  1. jamiyat ishlab chiqarishini boshqarishning texnik - tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini o’rganuvchi ilmiy fan, «boshqarish tuzilmalari, shaxslararo munosabatlar tizimi va mexanizmi, mehnat faoliyatini rag’batlantirish».

«Menejment o’z oldiga har qanday faoliyat sohasiga yaroqli umumiy boshqaruv tamoyillarini shakllantirish va amalda qo’llashni maqsad qilib qo’ygan. Ularga quyidagilar kiradi: boshqaruv muammolari va maqsadlarini aniqlash; ularga erishishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish; tashkilot ichida turli bo’linmalar hamkorligi; ierarxik tuzilmani mukammallashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonlari va kommunikatsiyalarini maqbullashtirish»1.




  1. Download 0,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish