3. Ijtimoiy siyosat samaradorligini baholash mezonlari
Rejali iqtisodiyot davrida markazlashgan holda, ijtimoiy rivojlanish fondlari tuzilgan, aholini ijtimoiy himoyalash alohida dasturlari qo’llab-quvvatlangan, ilmiy ishlar qilingan. Lekin, bu ishning natijalari etarli bo’lmagan: ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’lar va resurslarni taqsimlashning tenglashtirilgan tamoyili amal qilardi, qator regionlarda amaldagi ijtimoiy me’yorlardan ortda qolish kuzatilardi. Dastur va loyihalar ko’pincha moddiy-moliyaviy ta’minot va aniq amalga oshirish mexanizmiga ega bo’lmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyatning ijtimoiy yangilanishiga yo’naltirilgan qator tamoyil va mezonlarni sanab o’tamiz:
Bozor xo’jaligini yaratish - maqsad emas, balki har bir fuqaroga loyiq hayotni ta’minlash vositasi. SHuning uchun, bozor mexanizmlarini kiritib, davlat birinchi navbatda ijtimoiy ustuvor yo’nalishlarni aniqlab, aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ta’minlashi zarur.
Jamiyatni ijtimoiy sog’lomlashtirishga aholini ijtimoiy himoyalash tizim va tamoyillarini o’zgartirish orqali erishish mumkin. Uning amalga oshirilishi jamiyatning, shuningdek, barcha ijtimoiy - siyosiy institutlarning nazoratida bo’lishi kerak.
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mavjud resurslarni ekspert baholash mexanizm va mezonlarini ishlab chiqish zarur.
Iqtisodiyot nafaqat bevosita ishlab chiqarish zaxiralariga, balki aholining ko’pga kechiktirilgan ijtimoiy ehtiyojlariga «qaratilishi» zarur.
Ijtimoiy ustuvor yo’nalishlar byudjet, soliq, investitsion siyosat asosida bo’lishi zarur.
Eng kam yashash darajasi, «iste’mol savatini ta’minlash» - davlat siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan biri.
Davlat darajasida xususiylashtirish siyosatiga ijtimoiy-iqtisodiy baho berish, uni davlat mulkining ustuvor manfaatlari nuqtai-nazaridan o’tkazilishini ta’minlash muhim.
Regional siyosatning yo’nalishlaridan biri-aholining bandlik tizimini yaratish, ishlovchilarning malakasini oshirish va yangi ish joylarini yaratish lozimligidir.
Ijtimoiy sohaning ahvoli ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan biriga rioya qilmaslik shakllanayotgan jamiyat farovonligi tizimini buzadi.
Ijtimoiy soxaning xolati bir qancha omillardan tashkil topib, jamiyatning g’amxo’rligini shakllangan tizimi asosida rivojlanadi.
Jamiyatning turli qatlamlari o’rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilar:
mazkur xududdagi tabiiy iqlim sharoitlari;
davlat boshqaruvi tizimidagi sub’ektlarning o’zaro munosabatlari;
regional boshqaruv sub’ektlarining iqtisodiy erkinlik darajasi va xarakteri (qonunchilik munosabatlari tizimida);
ichki bozorning rivojlanish darajasi;
davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanganligi darajasi;
butun ishlab chiqarish, shuningdek, mehnat qurollari va anjomlarining rivojlanganlik darajasi;
davlat doirasida regionlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarning ahvoli;
markaziy va regional hokimiyat organlarida regional manfaatlarning namoyon bo’lish darajasi;
davlat miqyosida ijtimoiy boshqaruvning ilmiy asosi mavjudligi;
mustaqil regional ijtimoiy siyosatning mavjudligi;
iste’mol va davlatdagi barcha ijtimoiy ta’minot manbalari yordamida ularni qondirish imkoniyatlari hisobi, regional marketingning rivojlanganlik darajasi;
mahalliy bozorning rivojlanganligi va hududda hududiy menejmentning mavjudligi.
Umumdavlat va regional ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda yuqorida sanab o’tilgan va boshqa omillarning hisobi - aholining barcha qatlamlari manfaatlarini ularni turli mulk shakllariga munosabatini hisobga olgan holdagi asosiy sharti. Bunda davlat hokimiyat organlari barcha mulk shakllarining rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |