Nazorat savollari:
Boshqaruvning ilmiy uslublaridan yanada to’laroq foydalanish zarurati nima uchun paydo bo’ladi?
Ijtimoiy menejment ilmiy uslublari mohiyatini ochib bering.
O’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tartibga solish va ijtimoiy menejmentning ilmiy uslublari o’rtasidagi munosabatlar qanday?
O’zbekiston amaliyotida boshqaruvning ilmiy uslublarini qo’llash darajasi qanday?
Tayanch iboralar: ilmiy uslub, ijtimoiy soha, kibernetik modellashtirish, an’anaviy uslub, jamiyat dinamikasi, ilmiy - texnika inqilobi, hokimiyat berilmagan figura, ekspert baholash, axborotlar yig’ish, ularni qayta ishlash, qarorlarni qabul qilish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.
2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7.Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. 9-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT TIZIMI
1. Ijtimoiy menejment mexanizmlari
2. Boshqaruv funktsiyalari
3. Boshqaruv tuzilmasi
4. Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi
Ijtimoiy menejment mexanizmlari
Ijtimoiy menejmentning mohiyati uning tizimi tuzilmasini aniqlaydi. U quyidagilardan boshqaruv sub’ektlari, boshqaruv ob’ektlari, boshqaruv jarayoni va boshqaruv tizimi mexanizmlaridan iborat bo’ladi.
Boshqaruv sub’ektlariga aholi, hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, jamiyatning fuqarolik institutlari, menejment instituti kiradi.
Boshqaruv ob’ektlariga esa ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar kiradi.
Ijtimoiy menejment mexanizmlari ijtimoiy maqsadlilik, boshqaruv uslublari (iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, yuridik, ilmiy va boshqalar)ga yo’naltirilgan. Ular orasida butun boshqaruv ta’sirlari tizimida birlashtiruvchi bo’lgan ijtimoiyliklar alohida ajratiladi. Ularga mehnatga munosabat, inson hulq-atvori bo’yicha chora-tadbirlar yig’indisi kiradi.
Boshqaruv jarayoni va ijtimoiy menejment tizimi mexanizmi, ijtimoiy tashhis, axborotni yig’ish, taxlil qilish va saqlash, ularni boshqaruv sub’ektlariga uzatish va boshqaruvning turli darajalarida ijtimoiy me’yorlar bo’yicha boshqaruv sub’ektlari faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uslublaridan iborat.
Ijtimoiy maqsadlarni yanada samaraliroq amalga oshirish va ijtimoiy menejment tamoyillarini amalga oshirish uchun quyidagi ilmiy uslublarni qo’llash muhim:
- Ijtimoiy loyihalashtirish va dasturlash;
- Zamonaviy hisoblash vositalari, birinchi navbatda, kompьyuter texnikasi asosida ijtimoiy axborotni yig’ish va tahlil qilish, ularni qayta ishlash va saqlashda matematik uslublardan foydalanish;
- Odamlarni mehnatga, hayotga, maqsadga muvofiq hulq-atvorga jamiyatga rag’batlantirishni yaratish;
- SHaxsning, shuningdek, menejerlarning hayot kuchini faollashtirishga mo’ljallangan psixologik ta’sir (maxsus treninglar va o’yin uslublari);
- Ijtimoiy boshqaruvning kundalik va istiqboldagi muammolariga yaroqli fundamental fanlar, kibernetika va boshqa sohalarda, tadqiqotlarda olingan bilimlardan foydalanish.
Ijtimoiy menejment tizimi doirasida echiladigan muammolar majmuiga faqatgina tizimli yondashuv, uning nazariyasi va amaliyotini bugungi kunda ijtimoiy boshqaruv oldida turgan vazifalar darajasiga ko’tara oladi. Aynan shuning uchun ham ijtimoiy menejment sohasidagi bo’lajak mutaxassislar har bir o’rganilayotgan fanda muammoni hal qilish va uni echish uslublarini qidirishning ijtimoiy jihatlarini qidirishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |