«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/492
Sana01.09.2021
Hajmi4,91 Mb.
#162172
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   492
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

 

7.3.O’z-o’zini boshqarish 

O’z-o’zini boshqarish muammosini o’rganishda qator savollar paydo bo’ladi: 

o’z-o’zini boshqarishni qanday tushunish kerak va uni namoyon bo’lishining ichki 

va  tashqi  shakllari  qanday?  Zamonaviy  sharoitlarda  o’z-o’zini  boshqarishning 




73 

 

rivojlanish darajasi qanday? Rejalashtirish tizimi, tashkiliy tuzilma, ho’jalik hisobi 



munosabatlari  o’z-o’zini  boshqarishning  rivoj-langanlik  darajasiga  qanday 

bog’liq? 

O’z-o’zini  boshqarish  insonning,  mehnat  jamoasining  boshqaruv 

faoliyatining  obyektidan  uning  sub’ektiga  aylanish  jarayoni  sifatida  namoyon 

bo’ladi. Bu boshqaruvni tashkil qilishning alohida varianti bo’lib, bunda uning har 

bir ishtirokchisi unga berilgan vakolatlar doirasida masalalarini o’zi hal qiladi. 

Yangi ho’jalik mexanizmi ijtimoiy tashkil etishning  turli bosqichlarida o’z-

o’zini boshqarishning o’rnatilishi va rivoj-lanishi kafolatini ko’zda tutadi. 

Bozor  tuzilmalarida  o’z-o’zini    boshqarish  xarakteri    uning  namoyon 

bo’lishidan 

qat’iy 

nazar 


o’z-o’zini 

boshqarishning 

rivojlanishi 

va 


mukammallanishi  uchun  ko’maklashadi.  Chunki  ishlab  chiqarish  jarayoni  har  bir 

ishtirokchisining  shaxsiy  iqtisodiy  va  ijtimoiy  manfaati  tashkilotni  boshqarish 

samaradorligiga  bog’liq.  Jamoaviy  moddiy  va  ma’naviy  man-faatdorlik  barcha 

boshqaruv  sub’ektlarini  jamiyat  faoliyatining    barcha  jabxalarida,  jamoatchilik 

asosida  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  va  amalga  oshirishda  qatnashishga 

chorlaydi. Mehnat va iste’mol ustidan nazorat va hisob-kitobni o’tkazishda ishtirok 

etish,  tovar-moddiy  qimmatliklarni  saqlash  majburiy  bo’lib  qoladi.  Shunday  qilib 

nazorat funktsiyasi o’z-o’zini nazorat  qilishga aylanadi. 

O’z-o’zini  boshqarish  nafaqat    boshqaruv  sub’ekti  tomonidan    u  yoki  bu 

qarorlarni mustaqil  qabul qilishni, balki ularning bajarilishini ham nazarda tutadi. 

Undan tashqari, jamoaning har bir a’zosi qarorlarning bajarilishi yuzasidan shaxsiy 

mas’uliyat his qiladi. 

O’z-o’zini  boshqarish  faqat  har  bir  ishchi  yoki  mehnat  jamoasi  o’zini  mulk 

sub’ekti  sifatida  iqtisodiy  sharoit-lardagina  amalga  oshirish  mumkin.  O’z-o’zini 

boshqarish  sharoitlarida  mehnat  bilan  boshqaruv  mulkiy  munosabatlar  orqali 

birlashadi. Chunki ularning amalga oshishining iqtisodiy shakli bo’lib  korporatizm 

hisoblanadi. 

Lekin korporativ o’z-o’zini boshqarish katta mehnat bilan amalga oshiriladi. 

Jarayonning sekinlashuvida umumiy sabab-lari bilan bir qatorda mehnat jamoalari 

ichida  individual    sabablar  ham  mavjud.  Undan  tashqari,  amalda  mustaqillik  va 

o’z-o’zini boshqarish orasidagi munosabatni aniqlash mushkul. 

Jamoa  ishtirokidagi    boshqaruv  tahlili  shuni  ko’rsatdiki, ishlovchilarning  bir 

qismi  boshqaruv  bilan  faol  shug’ullanadi,  qolgan  qismi  (ko’pchiligi)  esa  sust. 

Mehnat jamoasi etarlicha miqdorda axborotga ega bo’lmay turib nafaqat boshqaruv 

qarorlari  qabul  qilish,  balki  ularni  tayyorlash  va  amalga  oshirishda  qatnashish, 

nazorat funktsiyasini sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. 

Shunday  qilib,  bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida    tashkiliy-iqtisodiy 

o’zgarishlar  bilan  bir  qatorda  demokra-tiyalashtirish  va  o’z-o’zini  boshqarish 




74 

 

muammolari  birinchi  o’ringa  ko’tarilmoqda.  Mehnat  jamoasi  tashkilotning  o’z-



o’zini  boshqarish  tizimiga  kirgandagina    o’z-o’zini  boshqarish  imkoniyati 

tug’iladi. 

Umuman, odamlarni majmuaviy rag’batlantirish texnikasi uchta  asosiy guruh 

usullaridan iborat: 

3.  ishlovchilarga  yo’naltirilgan  usullar.  Ularga  quyidagilar  kiradi:  a) 

ishlovchi  oldiga  anik  maqsadlarni  qo’yish  (masalan,  ishlab  chiqarish  me’yorini 

oshirgan  ishchilarga  mukofotlar  to’lanadi);  b)  xulq-atvor  modifikatsiyasi  (inson 

xulq-atvorini yaxshilash maqsadida mukofot va jazo qo’llash); v) qayta tayyorlash 

(istiqbolli mutaxassislarni tashkilot hisobidan o’qitish); 

10 ishga yo’naltirilgan usullar. Bular: a) ish joylarini mukammallashtirish va 

ishlovchilar faoliyati sohasini kengay-tirish; b) egiluvchan ish grafigi (bunday ish 

rejimida  ishlovchi,  ish  boshlash  va  tugatish  vaqtini  mustaqil  rejalashtiradi;  v)  uy 

ofislari va telekommunikatsiyani tashkil etish  (ofisga ulangan telefon, kompyuter 

yoki  faksda  uyda  ishlash);  g)  ishdan  bo’shatishlar  sonini  kamaytirish  uslublari 

sifatida ish vaqtini qisqartirish va funktsional og’irlikni bo’lish; 

tashkilotga yo’naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar kiradi: a) xizmatchilar 

vakolatlarini  kengaytirish  (ishlovchi-larga  tashkilotning  kundalik    ishlarida 

qatnashish  uchun  keng  imkoniyatlar  berish);  b)  maqsadlarga  erishishda  ishtirok 

etish  (jamoa  ishining  muvoffaqiyatli  natijalari  uchun  muntazam  pul  mukofotlari 

olish). 


Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish