«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ijtimoiy menejment muammolari



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/492
Sana01.09.2021
Hajmi4,91 Mb.
#162172
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   492
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

6.2.Ijtimoiy menejment muammolari 

6.3.Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari 

 

6.1.Ijtimoiy tizimlarning turlari 

 

Dastlabki  qarashda  ijtimoiy  tizimlarni  shartli  ravishda  quyidagi  turlarga 

ajratish  mumkin:  ijtimoiy-siyosiy  (siyosiy  partiyalar,  jamoat  harakatlari  va  h.k.), 

ijtimoiy-madaniy (ijodiy, ilmiy xamjamiyatlar va h.k.), ijtimoiy va iqtisodiy. 

Jamoat  tizimlari  genezisi  shunga  olib  keldiki,  ularga  tegishli  bo’lgan  ichki 

boshqaruv  mustaqil  faoliyat  sohasiga  aylandi.  Masalan,  jamiyat  ishlab  chiqarishi 

ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi (ijtimoiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish 

va  uni  boshqarish  jarayonini  amalga  oshiruvchi  odamlar  asosiy  element 

hisoblanadi,  iqtisodiyligi  shuning  uchunki,  ishlab  chiqarish  va  boshqarish 

jarayonini  amalga  oshirish  natijasida  jamiyat  a’zolari  tomonidan  iste’mol 

qilinadigan  moddiy  ne’matlar,  yalpi  jamiyat  mahsuloti  yaratiladi).  «Boshqacha 

qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodiy tizim jamiyat aholi ehtiyojlarini qondirish uchun 

o’z  tasarrufida  bo’lgan  resurslarni  ishlab  chiqarish  va  tahsimlangani  kabi  usulga 

ega»


1

. Zamonaviy jamiyatga ma’lum bulgan hamma iqtisodiy tizimlar asosida bir 

xil fundamental savollar yotadi: jamiyat ehtiyojlarini qondi-rish uchun cheklangan 

resurslardan  qanday  foydalanish  kerak,  qanday  tovar  va  xizmatlar  ishlab 

chiqarilishi  kerak,  ularni  kim  ishlab  chiqaradi,  bu  tovar  va  xizmatlar  jamiyat 

a’zolari o’rtasida qanday tahsimlanadi. 

Ijtimoiy  tizim  iqtisodiy  tizim  bilan  bir  qatorda  inson  resurslaridan 

foydalanish,  jamiyat  a’zolariga  qanday  yashash  darajasi  taqdim  etilgani, 

jamiyatning ijodiy kuchlari qay yo’sinda amalga oshirishi bilan xarakterlanadi. 

Jamiyat hayotining turli tashkilotlari orasidagi farq-larni namoyon qilishning 

eng yaxshi usuli - ular individlarga ishlab chiqarish omillarini egallash va amalga 

oshirishlari  uchun beradigan erkinlik darajasini solishtirish. 

Har  qanday  tizim  elementlar  yig’indisidir.  Element  -  har  doim  tizimning 

tuzilmaviy  qismi  (masalan,  korxona  -  birlashgan  ishlab  chiqarish  tizimi  elementi, 

shu  bilan  birga  korxonaning  o’zi  elementlarning  -  tsexlar  va  xizmatlarning 

murakkab yig’indisini  tashkil etadi). 

Boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  tizimchalar.  Har  bir  ijti-moiy  tizim  o’zaro 

bog’liq mustaqil ikki tizimchadan iborat: boshqaruvchi va boshqariluvchi. Moddiy 




64 

 

va  ma’naviy  ne’matlar  yaratish  yoki  xizmatlar  ko’rsatish  jarayonini  bevosita 



ta’min-lovchi  barcha  elementlar  boshqariluvchi  tizimchaga  kiradi.  Bosh-qaruvchi 

tizimchaga  boshqaruv  tizimida  band  bo’lgan  odamlar  jamoasiga  maqsadli  ta’sir 

etish,  ya’ni  boshqarish  jarayonini  ta’minlovchi  barcha  elementlar  kiradi. 

Boshqaruvning  tashkiliy  tuzulmasi  boshqaruvchi  tizimning  asosiy  elementi 

hisoblanadi. 

Aytib o’tilgan tizimchalardan har biri o’z hususiyatlarga ega. Ijtimoiy tizimda 

va  uning  yirik  qismlarida  (boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  tizimchalarda)  o’ziga 

xos  kichik  darajadagi  tizim-larni  tashkil  etuvchi  elementlar  guruhlari  ko’rinadi: 

texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy. 

Texnik  tizim  turli  alohida  uskunalar  yig’indisidan  iborat  bo’lgan  alohida 

texnik vositalarning birikmasidan iborat. Masalan,  ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda u 

korxona,  tashkilot,  sohaning  ishlab  chiqarish  quvvatini  ifodalaydi.  Uning 

yordamida  odamlar  moddiy  ishlab  qikarish  jarayonida  belgilangan  sifatda  va 

ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishlari mumkin. 

Texnologik tizim moddiy yoki ma’naviy ishlab chiqarish-ning bosqichlar va 

jarayonlar  bo’linishiga  asoslanadi.  Mazkur  tizim  moddiy  yoki  ma’naviy  ishlab 

chiqarish jarayoni  va ularni boshqarishda operatsiyalar ketma-ketligini aniqlovchi 

qoida va me’yorlar yig’indisidan iborat.  

Tashkiliy  tizim  boshqaruv  tuzulmasi,  mos  keluvchi  holatlar  va 

instruktsiyalarni  ishlab  chiqish  yordamida  texnik  vositalar,  mehnat  qurollari, 

axborot, maydonlar va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. 

Iqtisodiy tizim ho’jalik va moliyaviy jarayonlar va aloqalar birligini bildiradi. 

Ijtimoiy  tizim  odamlar  va  ijtimoiy  guruhlarning  birgalikdagi  faoliyati  natijasida 

hosil bo’ladigan ijtimoiy  munosabatlar yig’indisidan iborat. Aynan ijtimoiy tizim 

iqtisodiy  tizim  bilan  birgalikda  moddiy  va  ma’naviy  ishlab  chiqarish,  jamiyat 

siyosati  maqsadlarini  aniqlaydi,  ularni  tashkil  etish  tamoyillari  va  usullarini 

shakllantiradi.  

Barcha  tizimlar  -  texnik,  texnologik,  tashkiliy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  -  o’zaro 

bog’liq.  O’zining  birgaligi  bilan  ular  yagona  organizmni  tashkil  qiladi.  Bunda 

texnik, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda boshqaruvning tashkiliy - texnik 

tomonini, iqtisodiy va ijtimoiy tizim esa ijtimoiy  - iqtisodiy tomonini ta’minlaydi 

va xarakterlaydi. 

Shunday  qilib,  ijtimoiy  tizimlarni  boshqarish  daraja-sini  xarakterlovchi  har 

bir  bo’g’in  bir-biri  bilan  aloqada  va  bog’liklikda  bo’lgan  boshqaruvchi  va 

boshqariluvchi    tizimchalardan  iborat.  Masalan,  korxonalar  xalq  ho’jaligi 

tarmoqlarini  bosh-qarish    ierarxiyasining  dastlabki  bo’g’inlari  hisoblanadi.  Ular 

iqtisodiyot tuzilmasining bir qismini tashkil etadi va bir paytning o’zida zamonaviy 



65 

 

jamiyatning  iqtisodiy  tuzilmasini  aniqlovchi  xalq  xo’jaligining    asosiy 



bo’g’inlaridan biri. 

Boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  tizimlar  o’rtasida  aloqa  axborot  yordamida 

amalga oshiriladi. U boshqaruvchi tizimdan boshqariluvchi tizimga bajarish uchun 

keladigan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 

Har  bir  ijtimoiy  tizim  o’z-o’zini  boshqara  oladi.  Bir  vaqtning  o’zida 

boshqaruv  jarayonida  u  tashqi  ta’sirga  uchraydi.  Har  qanday  tizimdagi  tashqi  va 

ichki ta’sirlar o’zaro uzviy bog’lik  va o’zaro bir-birini taqazo etadi: biri qanchalik 

muhim bo’lsa, boshqasining roli shunchalik kam bo’ladi. 

Ijtimoiy tizimning faoliyati va rivojlanishi bosh maq-sadga bo’ysundirilgan. 

Ilmiy  ijtimoiy  menejmentning  xarakterli  jihatlari  bo’lib  ijtimoiy  qonunlar, 

boshqaruv  qonuniyatlarini  bilish  va  ulardan  foydalanish,  boshqaruv  ta’siri 

jarayonining  tizimligi  va  uzluksizligini  ta’minlash,  boshqariluvchi  obyektlar  va 

boshqaruv  sub’ektlarini  modellashtirish,  xodisalarni  sifat  va    miqdor  jihatdan 

baholash,  davlat,  ho’jalik  va  ijtimoiy  menejmentning  o’zaro  aloqadorligi  va 

hamkorligi hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  ijtimoiy  menejment  nazariyasi  ijtimoiy  jarayonlar  va 

xodisalarni  jamiyat  jarayonlarini  boshqarish  sohasiga  kirib  kelishi  tamoyillari, 

qonunlari va qonuniyat-larini o’rnatadi. 

Ijtimoiy  tizimlarning  o’z-o’zini  tashkil  etish  jarayonlari.          Ijtimoiy 

tizimlarning  vaqt  va  makonda  o’z-o’zini    tashkil  etishi  uchun  quyidagi  sharoitlar 

zarur:  1)  tizimga  ma’lum  oqimlar  kirishi  va  chiqishi  uchun  tizimning  ochiqligi 

(energiya  va  resurslarning  tabiiy  manbalari,  kapital,  tovar,  inson  resurslarining 

olmashuvchan  oqimlari);  2)  ijtimoiy  tizim  turli  qismlarining  egri  chiziqli 

xamqorligi;  3)  ehtimollik  elemen-tining  mavjudligi  (masalan,  tabiiy  xodisalar 

ehtimolligi, ilmiy-texnik tadqiqotlar va ularni qo’llashdagi oqibatlar ehtimolligi va 

h.k.); 4) tizim parametlari diapazonining aniqligi. 

O’z-o’zini  tashkil  etish  g’oyasi  xech  qachon  boshqaruv  g’oyasiga  qarshi 

emas.  Chunki,  agar  yuqorida  sanab  o’tilgan  shartlardan  xech  bo’lmasa  biri 

o’zgarsa  o’z-o’zini    tashkil  etish  xulqining  sifati,    yo’li  va  natijasi  har  doim 

o’zgacha bo’ladi. Boshqaruvchi sub’ekt bo’lib huquq normalari (qonunlar) va turli 

ijtimoiy  axborot  «oqimlari»ni    nazorat  qilish  orqali  bosh  boshqaruv  ta’sirini 

amalga oshiruvchi jamiyatning rahbar qismi chiqishi  mumkin. 

 


Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish