«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/492
Sana01.09.2021
Hajmi4,91 Mb.
#162172
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   492
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

 

 

 

5.3.Ijtimoiy menejmentning zamonaviy nazariyasi 

 

Menejment  nazariyasi  va  amaliyotida  ijtimoiy  tashkilot,  moliyaviy  tuzilma, 

firma,  butun  jamiyatning  rivojlanish  maqsadlarini aniqlash  hal  qiluvchi  yo’nalish 

hisoblanadi. 



Ijtimoiy soha - davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshiruvchi kishilik jamiyati 

hayot  faoliyatining  sohasi.  Bu  siyosat  jamiyat  hayotining  hamma  tomonlari 

taraqqiyotini  ta’minlovchi  moddiy    va    ma’naviy  ne’matlarni  taqsimlash,  har  bir 

insonning hayot tarzini yaxshilashga yo’naltirilgan. «Ijtimoiy» ning  mazmuni - bu 

ijtimoiy  guruhlar,  individlar  o’rtasida  ularning  holati,  jamiyatdagi  o’rni  va  roli, 

hayot tarzi yuzasidan munosabatlaridir. 

Tsivilizatsiyalashgan  rivojlanishning  asosiy  maqsadi  -  iqtisodiyot,  bozor, 

texnik  tuzilmalar,  ularni  isloh  qilish  emas,  balki  o’z  fuqarolari  daromadlarini 

oshirish, ularning turmush darajasini ko’tarish. 

Ijtimoiy  menejmentning  tizimi  ko’p  funktsiyali  bo’lib,  ijtimoiy  soha 

tuzilmasiga mos keladi. U quyidagi omillar bilan xarakterlanadi:  

1)  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keluvchi  daromad;  2)  oilaviy  daromad;  3)  eng 

kam hayot darajasi; 4) iste’mol savati; 5) bandlik; 6) ta’lim; 7) meditsina xizmati, 

                                                 

16

 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 316-320-betlar. 




61 

 

ovqatlanish sifati; 8) ekologik holat (havo, atrof muhit holati). 9)demografik holat 



(tug’ilish,  o’lim,  umr  ko’rish).  10)  shaxsiy  xavfsizlik  holati;  11)  jinoyatchilik 

darajasi;  12)  ijtimoiy  aloqalar,  ijtimoiy  kommunikatsiyalar  ahvoli;  13) 

jinoyatchilikka  qarshi  kurash;  14)  himoyasiz  guruhlarni  ijtimoiy  qo’llab  - 

quvvatlash  (nafaqa-xo’rlar,  bolalar,  nogironlar);  15)  onalik  va  bolalikni  saqlash; 

16)  mehnat  muhofazasi,  ish  haqi;  17)  bo’ysinmas  xulq;  18)jismoniy  tarbiya  va 

sportning ahvoli; 19) madaniy muhit, uning moddiy-texnik bazasi ahvoli; 20) tovar 

va xizmatlar sohasi. 

Ijtimoiy sohaning har bir tuzilmaviy elementi tizim  doirasida qolganlari bilan 

bog’lik; ijtimoiy sohaning boshqarish organlari tizimi ilmiy usullarga tayanib, o’z 

a’zolari  turmush  darajasini  oshirish  maqsadida  barcha  ijtimoiy  jarayonlarga 

kompleks ta’sir qilishni amalga oshiradi. 

Jamiyatda, va shuningdek, ijtimoiy sohada har qanday o’zgarishlarni amalga 

oshirish  uchun  katta  miqdorda  turli  resurslar  talab  qilinadi:  moddiy,  moliyaviy, 

ijtimoiy. Texnika, texnologiya, ilm-fan, madaniyat, ta’limda olg’a siljishni amalga 

oshirish uchun unga etarli miqdorda resurslar kiritish kerak. Aks holda reja, loyiha, 

dastur  muvoffaqiyatsizlikka  uchraydi.  Bu  muammoni  muvaffaqiyatli  echimi 

ijtimoiy  menejment  ilmi  va  san’atiga  bog’liq.  Bir  tomonda  barcha  resurslar, 

ijtimoiy jarayonlarning ko’p tomonlama ilmiy tahlili, ularni baholash, o’zlashtirish 

mexanizmlarini  bilish  kerak  bo’lsa,  boshqa  bir  tomondan  hayotiy  tajribaning 

mavjudligi, resurslarni ishlatish bo’yicha faoliyat yuritish kerak.  

Shunday  qilib,  ijtimoiy  menejmentning  mazmunini  qonun-lar  to’plami, 

tamoyillar,  funktsiyalar,  boshqaruv  sub’ektining  faoliyat  usullari,  boshqaruv 

munosabatlarining  ijtimoiy  muhitda  vujudga  keluvchi  menejerlik  jarayonlari 

tashkil etadi. Shuning uchun ijtimoiy menejmentning asosiy maqsadi - zamonaviy 

ijtimoiy jarayonlar bilan birgalikda ijtimoiy soha va ijtimoiy resurslardan samarali 

foydalanishdir. 

Ijtimoiy  menejmentning  metodologik  asoslari  uning  mohiyati,  mazmuni, 

qonuni,  qonuniyatlari  va  tamoyillarini  ochib  beradi.  Ijtimoiy  menejment  tizimini 

o’rganish uning tashkiliy shakllari, funktsiyalari va tuzilmasini aniqlaydi, iqtisodiy, 

tashkiliy-buyruqli,  ijtimoiy-psixoligik  mexanizm-larini,  ularning    yig’indisi  va 

hamkorligini  ko’rib  chiqadi.  Bunga  shuningdek,  ijtimoiy  ta’sirning  sifati  va 

samaradoligi,  menejment  madaniyati,  menejerlar  o’zlarining  mehnatini  ilmiy 

tashkil  etish  nazariyasi,  ularni  tayyorlash  tizimlari,  boshqaruv  san’ati  haqidagi 

bilimlar ham kiradi. 

Shuning  uchun,  ijtimoiy  menejment  nafaqat  ilm,  balki  boshqarish    san’ati 

hamdir:  unda  hissiyot,  insonlarning  ijodiy  imkoniyatlari,  ularning  individual 

xususiyatlari,  ma’lum  ijtimoiy  holat,  ijtimoiy  kenglik  sohasida  qonunlar  va  ilm 

tamoyillarini qo’llay  olish jamlanadi. 




62 

 

Qisqa xulosalar 



Ijtimoiy  kenglik  (ijtimoiy  muhit,  ijtimoiy  jarayonlar  ijtimoiy  resurslar) 

boshqaruv  ta’sirining  obyekti  sifatida.  Ijtimoiy    menejment  mohiyati  ijtimoiy 

boshqaruv  turli  tumanligi  sifatida.  Ijtimoiy  menejmentni  tashkil  qiluvchi  asosiy 

nazariyalar.  Kichik  tadbirkorlik  va  ijtimoiy  menejment.  Ijtimoiy  menejer  shaxsi. 

Korporativlik va ijtimoiy menejmentning o’zaro aloqasi. 

 


Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish