5.2.Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkolikda muvaffaqiyat ko’p jihatdan bugun
o’zini biznesga bag’ishlagan insondagi odob sifatlari yig’indisiga bog’liq.
Tadbirkor shaxsining bunday xislatlari ichida asosiy e’tibor tadbirkorlik
madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq bo’lganlarga qaratiladi. Boshqaruv
madaniyatida asosiy rolni oqilona boshlash - bilim, zamonaviy kontseptsiyalar,
ilmtalab texnologiyalar o’ynaydi. Boshqaruv asosi bilimlarisiz jamiyatni isloh
qilish, tadbirkorlik faoliyatini oqilona amalga oshirish mumkin emas. Moliya va
tijorat institutlari egalari soni ortmoqda. Shartnoma bo’yicha yollangan va
boshqaruv faoliyati natijalariga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer boshqaruv
sohasida kichik bir tadbirkorga aylanmoqda. Shunday qilib, yangi turdagi
tadbirkorlik madaniyati - menenjerlik shakllanmoqda.
Bu jarayon ommaviy miqyosda sodir bo’lib, joylardagi butun boshqaruv
tizimini tubdan o’zgartirmoqda va uni maqsadli qilmoqda: aholi-aktsiyadorlar-
kengash-menejment. Natijada, menejerlar nafaqat keng vakolatlar oladilar, balki
aholi oldida ham mas’ul bo’ladilar. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bu menejerlar va
mahalliy ma’muriyat mas’uliyatli va profes-sional jamoasini shakllantirishning
yagona samarali mexanizmi. Aholi mahalliy hamjamiyat rivojlanishi maqsadlarini
aniq-laydi, ma’murlar va menenjerlar korporativlik va menejerlik tamoyillariga
rioya qilgan holda joylardagi hokimiyat vakillik organlariga hisobot beradilar. Bu
56
nafaqat korporativ boshqa-ruvni tashkil etishning muhim tamoyili, balki
zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirish mexanizmi sifatida ham
namoyon bo’ladi. Shunday qilib, korporativ boshqarish va madaniy kichik
tadbirkorlik yordamida butun jamiyat hayotini sog’lom-lashtirish uchun sharoit
yaratiladi.
XXI asr ko’rsatilgan tendetsiyaning yanada ko’proq kengayi-shini talab
qilmoqda. Unda iqtisodiyot ijtimoiylik va ma’naviyat ustidan hukmronlik
qilmaydi, balki ular ko’p jihatdan jamiyat rivojlanishi vektori, uning maqsadlari va
ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi. Aynan shuning uchun, aholi tadbirkorligini
cheklashga har qanday urinish, bu sohani davlat ma’muriy usullar bilan haddan
oshiq nazorat qilishi rivoj-lanish manbalarini bo’g’adi, jamiyat tuzilmalarining o’z
vaqtida yangilanishini to’xtatadi, ba’zida esa, inqirozni vujudga kelti-radi.
Jamiyatda shunday xaqiqatni anglash sodir bo’lmoqdaki, uning muvozanati eng
boylar va eng qashshoqlar daromadlarning farqi o’n barobar bo’lishiga imkon
bermaydi. Shu narsa tabora oydinlashmoqdaki, obyektiv sabablarga ko’ra,
qashshoqlikda yashayotgan aholi 10% dan oshmasligi kerak. Bu ko’pgina
rivojlangan mamlakatlar uchun kritik nuqta hisoblanadi.
Muammoni tushunish, ilg’or rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi
ularni hal qilishning yangi usullarini ham yaratadi. Ular boshqaruv sohasida
vujudga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv, shuningdek bozor
organlari aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqi-shadi. Bu
bozorni ijtimoiy tomondan chegaralash imkonini beradi. Boshqaruvning bosh
sub’ekti - davlatning rivojlanishiga yangi talablar qo’yiladi. U xo’jalik faoliyatini
nazorat funk-tsiyalarini o’zining fuqarolari, hududlari, ishlab chiqarish
uyushmalari va assotsiatsiyalari kichik va o’rta korxonalarga berishi kerak. Bu o’z
navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiiy - moliyaviy va
huquqiy bazasini mustahkamlaydi. Ular nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, bosh-qaruv
va boshqa resurslardan samarali foydalanishga tobora faol ta’sir etadilar.
Korporativlik tamoyillari korporativ mulk va boshqaruv madaniyatining
rivojlanishi jihatidan umumiy bo’lib, ularning hatti-harakati jamiyat hayotini
tashkil etishning hamma daraja-lariga yoyilmoqda. Ular doimo davlat siyosati
doirasiga kiri-tiladi. Uning yordamida davlat: birinchidan, korporativ hayot tarzi,
korporativ boshlashni har tomonlama qo’llab-quvvatlashni maqsadga muvofiq
amalga oshiradi; ikkinchidan, hokimiyat munosabatlarini jamiyat bilan
korporativlik, kelishuv, o’z huquq va resurslarini hududlarga va ijtimoiy
tashkilotlarga berish tamoyillari asosida o’zi qurishga majbur. Bu fuqarolik
jamiyatining o’rnatilishi jarayonidir. U markaziy va mahalliy hokimiyat o’rtasidagi
munosabatlarni o’zgartirishga, kelishuv va o’zaro nazorat asosida ularning
57
muvozanatlashgan hamkorligini ta’minlashga, hokimiyat munosabatlariga
ko’pgina mulk sub’ekt-lari kirishiga imkon beradi.
Aynan fuqarolik jamiyati sharoitlarida markaziy hoki-miyat faoliyati,
kapitaldan foydalanish ustidan harakatchan jamoatchilik nazorati mexanizmlari
paydo bo’ladi.
Ijtimoiy menejment yordamida moliyaviy mablag’larni ijtimoiy ehtiyojlarga
sarflash maqsadida byudjetni to’ldirish mexanizmlari ishlab chiqiladi, ish o’rinlari
soni ortadi.
Shuni aytish kerakki, ijtimoiy menejment o’zining zamonaviy ko’rinishini
korporativlik nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida namoyon qilmoqda. U
menejment taraqqiyotida mavjud mexanizma amalga oshirish bilan to’ldirib
bormoqda.
Shunday qilib, jamiyat hayotining bu ikki ko’rinishi jamiyat rivojlanishi
maqsadlari bo’yicha ko’p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin ularning eng katta
mosligi maqsadlarda emas, balki ularga erishish mexanizmlari va
texnologiyalaridadir. Korporativlik va ijtimoiy menejment jamiyat rivojlanishi-
ning
zamonaviy
sharoitlarida
xo’jalik
hayotining,
ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarning sog’lomlashini ta’minlaydi.
«Menejment» so’zi keng ma’noda - bu qo’yilgan maqsadlarga aql, boshqa
odamlar orqali, mexnat bilan erishishni o’rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa,
menejment bu boshqaruv bo’yicha ishni tashkil etuvchi ijtimoiy qatlamning
aniqlangan insonlar kategoriyasidir.
Menejment ostidagi ijtimoiy boshqaruvninng zamonaviy nazariyasi va
amaliyotida alohida ishlovchi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyatni boshqarish
jarayoni tushuniladi. Deyarli barcha mashhur horijiy qomuslarda «menejment»
tushunchasi ijtimoiy tashkilot maqsadiga insonlarga rahbarlik qilish hisobiga
erishish jarayoni sifatida izohlanadi.
«Menejment» ko’p ma’noli tushuncha, u quyidagilarni bildiradi:
1)
tadbirkorlik faoliyati, hayot tarzi va zamonaviy jamiyat siyosati
sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy va iqtisodiy institut;
2)
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida boshqaruv mehnatida
band bo’lgan shaxslar yig’indisi;
3)
jamiyat ishlab chiqarishini boshqarishning texnik - tashkiliy va
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini o’rganuvchi ilmiy fan, «boshqarish tuzilmalari,
shaxslararo
munosabatlar
tizimi
va
mexanizmi,
mehnat
faoliyatini
rag’batlantirish».
«Menejment o’z oldiga har qanday faoliyat sohasiga yaroqli umumiy
boshqaruv tamoyillarini shakllantirish va amalda qo’llashni maqsad qilib qo’ygan.
Ularga quyidagilar kiradi: boshqaruv muammolari va maqsadlarini aniqlash; ularga
58
erishishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish; tashkilot ichida turli bo’linmalar
hamkorligi; ierarxik tuzilmani mukammallashtirish, qarorlar qabul qilish
jarayonlari va kommunikatsiyalarini maqbullashtirish».
Do'stlaringiz bilan baham: |