Ijtimoiy madaniy faoliyatda jamoatchilik nazorati


Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo’nalish va mexanizmlari



Download 207 Kb.
bet8/12
Sana20.01.2022
Hajmi207 Kb.
#393182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5296388210107093307

2.2. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo’nalish va mexanizmlari.

Sobiq ittifoq davrida katta avlod vakillariga yaxshi tanish bо‘lgan “Davlat nazorati”, “Xalq nazorati”, “Davlat inspeksiyasi”, “KGB”, “Partiya nazorati” singari tekshiruvlar orqali odamlarni qattiq siquvga olish siyosati amal qilar edi. Shо‘rolar davrida davlat odamlarni yalpi tarzda о‘z nazorati ostida ushlab kelgan bо‘lsa, istiqlol tufayli odamlar, ya’ni, jamoatchilik davlatni о‘z nazoratiga olish imkoniyatiga ega bо‘ldi. Bu ijtimoiy holat mustaqillik davrida erishilgan eng muhim yutuqlarimizdan biridir. Mamlakatimizda tinchlikni asrash, qadrlash va tinchlik uchun kurashish muhim umumilliy vazifalardan sanaladi. Tinchlik omilining ijtimoiy hayotimizdagi о‘rni va rolini qadriyat darajasida targ‘ib etish masalaning bir jihati bо‘lsa, uning ikkinchi jihati tinchlik uchun kurashish darajasining jamiyatning turli qatlamlari vakillari orasidagi holatini о‘rganib borish ham jamoatchilik nazorati vazifalardandir.O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov ta’biri aytganda, “Ishlaydigan 1 ta, nazoratchi 2 ta bо‘lsa ish ketmaydi”. Yurtboshimiz jamoatchilik nazoratining saviyasi yuqori bо‘lishi kerakligi haqida tо‘xtalib, bir usul о‘rniga ikkinchi yaxshiroq usulni joriy etish jarayonlarida jamoatchilikning nazorati ayniqsa, kerakligini alohida qayd etdilar. Shu boisdan ham hozirgi kunda jamoatchilik nazorati samaradorligini ta’minlash uchun “Ijtimoiy sherikchilik”, “Ommaviy axborot vositalari haqida”, “Jamoatchilik nazorati” ga doir yangi qonunlar qabul qilinayotgan muxim ahamiyatga egadir. Jamoatchilik nazorati mohiyat e’tiboriga kо‘ra, davlat tashkilotlaridagi mutassadi shaxslar va rahbarlarning mas’uliyatni о‘z bо‘yniga ola olish holati qandayligini baholashni ifoda etadi: “Mas’uliyat uchun esa, deb ta’kidladi yurtboshimiz, - rahbarlarda dastavval yuksak malaka va chuqur javobgarlik hissi rivojlangan bо‘lishi kerak”.

Kuchli fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri - odamlarning davlat tuzilmalari bilan о‘zaro aloqalari bevosita, ya’ni, individual yondashuv tarzida emas, balki, bu munosabatlarning asosan bilvosita, ya’ni, jamoat tashkilotlari orqali amalga oshirilishidir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda jamoat tuzilmalari tashkil etilishi jarayonlarini har tomonlama rag‘batlantirish, aholini imkon qadar kо‘proq korporativ asoslarda birlashuvini ta’minlash bilan birga, davlat tuzilmalarining faoliyati ustidan tizimli jamoat nazoratini yо‘lga qо‘yishdan iborat yalpi ijtimoiy harakatga ham asos solindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani qatʼiy belgilab qo‘yilgan. Yaʼni, xalq hokimiyatchiligi prinsipi Bosh Qonunimizning ustuvor tamoyillaridan biri bo‘lib, fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Xalqning davlat boshqaruvida samarali ishtirok etishi uchun esa, birinchi navbatda, aholining huquqiy bilim darajasi mustahkamligi, har bir shaxsning yurt taqdiriga daxldorlik hissi, faol fuqarolik pozitsiyasi, shuningdek, jamoat tashkilotlarining tashabbuskorligi talab etiladi.

Shu maʼnoda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan pragmatik siyosat, ochiq-oshkora va shaffoflikka asoslangan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi o‘laroq, bugun jamoatchilik nazoratining ham taʼsir doirasi sezilarli ravishda ortdi. Jumladan, xalq manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar eng avvalo, umumxalq muhokamasiga havola etilayotgani, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilayotgani, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning rahbar-mutasaddilari ishiga aholi tomonidan bildirilayotgan tanqidiy munosabatlar natijasida ko‘plab kamchilik va muammolar, qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini bugungi tezkor zamon talablari darajasida tashkil etish bo‘yicha hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muammoli masalalar ham borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi, albatta. Xususan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini yana-da rivojlantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish subyektlari bo‘lgan nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish lozimligini ochiq eʼtirof etish joiz.

Prezidentimiz joriy yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini o‘ylantirayotgan muammolarga davlat idoralari eʼtiborini qaratib, o‘zlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvofiq ekanini alohida taʼkidlab, jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Murojaatnomada mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish majburiyligini aniq belgilash, jamoatchilik maʼqul desa – maʼqul, nomaʼqul desa – nomaʼqul bo‘lishi kerakligi aytib o‘tilgandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan kuni kecha imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi jamoatchilik palatasini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoni bu yo‘nalishda yana bir yangi taraqqiyot ufqini ochib beruvchi muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi. Mazkur Farmon “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarishda ustuvor o‘rin tutishi shubhasiz.Ushbu hujjatga muvofiq, Markazda va barcha hududlarda oliy maqomda tashkil etilayotgan Jamoatchilik palatasining eng asosiy vazifasi fuqarolarimizning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirish, davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, mazkur palata Prezident va Oliy Majlisga fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida yillik milliy maʼruzalarni taqdim etib borishi, Konstitutsiyaga o‘zgartirish hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim va dolzarb masalalarga doir qonun hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lmoqda. O‘z navbatida, davlat organlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan tushuntirish berish talabi bilan Jamoatchilik palatasi so‘rovini yuborish vakolati ham berilmoqda.

Palata faoliyatining asosiy yo‘nalishlari esa, davlat, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlarining tizimli muloqotini yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy manfaatlari kelishilishini taʼminlash, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirish hamda davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga ko‘maklashish, aholi fikrini tizimli o‘rganib borish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, Jamoatchilik palatasi fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqadi, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda jamoat tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yadi, muhim normativ-huquqiy hujjat loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazib boradi. Fuqarolar, NNTlar va OAV vakillari, blogerlarni OAVlarda so‘z erkinligi, fuqarolarning axborot olish va tarqatish huquqini amalga oshirish, «jamoatchilik eshituvi», «jamoatchilik ekspertizasi», «jamoatchilik monitoringi» kabi taʼsirchan zamonaviy nazorat shakllarini hayotga joriy etish, islohotlar va davlat dasturlarining joylarda, shuningdek, sohalarda amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik monitoringini tashkillashtirish, tavsiyalar va natijalar haqida Prezident, Parlament va Hukumatga muntazam axborot kiritib borish ham palata faoliyatining dolzarb yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ushbu tashkilot mamlakat tashqi siyosatining ustuvor vazifalarini hayotga tatbiq etish, uning nufuzli xalqaro reytinglarda egallagan o‘rnini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda xorijdagi vatandoshlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, NNTlarga xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda yordam ko‘rsatib boradi.

Darhaqiqat, davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishi, pirovardida, mamlakatning jadal taraqqiy etishida jamoatchilik nazorati omilining o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasining Prezident huzurida mutlaqo yangi institut sifatida tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad ham, fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat birligini mustahkamlash orqali xalqning hokimiyatdan, hokimiyatning xalqdan uzoqlashishining oldini olish, Konstitutsiyamizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi prinsipini amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Taʼkidlash joiz, ayni vaqtda mamlakatimizda 9200 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud bo‘lsa-da, ularning aksariyati jamiyat hayotida o‘z o‘rni va rolini topolmagan, faoliyati sezilarli darajada emasdi. Endilikda Jamoatchilik palatasi ana shu tashkilotlar ishini ham muvofiqlashtirib, bundan buyon samarali faoliyat yuritishlarini taʼminlashi tabiiy. O‘z navbatida, palataning tashkil etilishi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Biz hozirdanoq palata bilan faol hamkorlik qilishni, jumladan, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan kelib chiqib, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini kuchaytirish, bu borada ilg‘or xorijiy va xalqaro tajribani o‘rganib, amaliyotga joriy etish, ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va izlanishlar olib borib, ishlab chiqilgan tegishli taklif va tavsiyalarimizni berib borishni rejalashtirib oldik. Shuningdek, har yilgi Davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va umumxalq muhokamasidan o‘tkazishda milliy va xalqaro jamoatchilikni keng jalb etish, qabul qilingan Davlat dasturlari va boshqa muhim ahamiyatga molik normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoring qilib borish yuzasidan ham Jamoatchilik palatasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash niyatidamiz.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining izchil rivojini taʼminlash, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda aholi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining nufuzi va rolini oshirishda mutlaqo yangi institut bo‘lgan Jamoatchilik palatasining ahamiyati ustuvor ahamiyat kasb etadi.




Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish