Madaniy – ma`rifiy soha rivojida jamoatchilik nazoratining o`rni va ahamiyati
Madaniyat muassasalaridagi jamoatchilik nazorati ma’muriy nazorat doirasiga kirmaydigan masalalarni ham hal etish imkoniyatiga egadir. Masalan madaniyat xodimi va tо‘garak a’zolarining tashqi kо‘rinishlari, salomlashuv odobi, ularning о‘z bо‘sh vaqtlaridan nechog‘li unumli foydalanishlari, kitob mutolasiga muhabbat, internet saytlaridan foydalanish madaniyatini tarkib toptirish, ayollarga hurmat kо‘rsata bilish singari masalalar shular jumlasidandir. Tо‘garaklarda badiiy ijodiyot turlari va bilimlarni о‘zlashtirish va ta’lim sifatini oshirishda jamoatchilik nazorati ota-onalar va mahallaning maktab ta’limi bilan hamkorliklarini yaxshilashda namoyon bо‘ladi. Buning uchun ota-onalarning о‘z farzandlari havaskorlik ijodiga bо‘lgan yondashuvlarini mazmunan о‘zgartirishlari zarurdir. Odatda ota-onalar о‘z farzandlariga “Darsga bordingmi?”, “Kechikmadingmi?”, “Hech kim bilan urushmadingmi?”, “Ovqat yedingmi?”, ba’zan-ba’zan esa “Darsingni qildingmi?”, “Ustozing maqtadimi?” singari savollar bilan yuzaki nazorat qilishadi. Bunday yondashuv aslida farzandlarning badiiy ijodiyotni egallash ishlarini faqat madaniyat muassasalari zimmasiga yuklab qо‘yishdan boshqa narsa emasdir. Endigi vazifa ota-onalarning о‘z farzadlarini “Bolam, bugun tо‘garakdan nimani о‘rganib kelding?”, “Qaysi mavzu qiziqarli о‘tildi?”, “Bugun bizga nimani о‘rgatasan?”, “Qachon mashg‘ulotni birga tayyorlaymiz?” singari savollar orqali nazorat qilishga о‘tishning vaqti yetdi. Aynan shunday yondashuv ta’lim jarayonlariga ota-onalarning ishtirokli nazoratini ta’minlab beradi va ta’lim sifatini oshirishga yо‘l ochadi.
Madaniyat muassasalaridagi jamoat nazorati ustoz-shogird tizimini samarali yо‘lga qо‘yishda xam namoyon bо‘ladi. Bunda yangi ishga kelgan xodimlarni chuqur bilim va malakaga ega bо‘lgan ustozlarga biriktirib qо‘yish hamda ularning kasbiy rivojlanish dinamikasini jamoatchilik nazorati ostiga olish kutilgan samarani beradi. Zero, biriktirilgan har bir ustoz-shogird guruxlari dastavval birhildagi samara bilan ishlamaydi. Jamoatchilik nazorati tomonidan aniqlangan mavjud xolatlarning kо‘pchilik e’tiboriga yetkazilishi orqada qolayotgan har bir ustoz va shogird guruhlarini beixtiyor harakatga soladi.
Madaniyat muassasalarining mahalla bilan hamkorlikdagi jamoat nazorati ijtimoiy va badiiy ijodiyot rivojiga kuchli turtki beradi. Prezidentimiz mahalla institutiga doimiy ravishda e’tibor qaratib, uning faoliyat doirasini yanada kengaytirish zarurligini qayd eddilar. О‘zbekiston konstitusiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qilgan ma’ruzalarida: “Bugun oldimizda turgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish vazifasi haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo davlat hokimiyati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining yahlit tizimini tashkil qilish, buning uchun huquqiy normalarni mustahkamlash, kerak bо‘lganda, maxsus qonunlarni qabul qilish lozim” deb ta’kidladilar.
Ma’lumki mahalla bugungi kunda hududdagi madaniy, ijtimoiy-ma’naviy muhitni tarkib toptirishga ustuvor masala sifatida alohida e’tibor berib keldi. Bu borada muayyan yutuqlarga erishildi. Xususan, oilalardagi ajralishlar, kollejni tugatmasdan turib erta turmushga uzatishlar, maxallalarimizga turli yot g‘oyalarning kirib kelish xolatlari keskin kamaydi. Endigi vazifa esa xududdagi barqarorlashgan ijtimoiy-ma’anaviy muxitni asrashgina bо‘lib qolmasdan, aholi madaniyatini yuksaltirish, ularni yalpi faollashtirish, bunyodkorlik ishlariga yanada kengroq safarbar qilish, madaniy ma’naviy yuksalish imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarishdan iboratdir. Mahalla doirasida jamoatchilik nazorati fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlaridagi turli yо‘nalishlardagi komissiyalar ishi orqali rо‘yobga chiqariladi. Gap ana shu komissiyalar ishini har tamonlama jonlantirish va tizimli yо‘lga qо‘yish ustida bormoqda. Ma’lumki, hayotda odamlar turli muammo va tashvishlar og‘ushida yashaydi. Aksariyat kо‘pchilik о‘z muammolarini bilsada, ammo uning yechim yо‘llaridan bexabar bо‘ladi. Mahalladagi jamoatchilik nazorati turli muammoviy vaziyatlardan odamlarni chiqaza olishi bilan, ya’ni, odamlarga foydaliligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, respublikamiz aholisining 50 foizi о‘zini о‘rta sinfga mansub, deb baholaydi. Xususan, Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro singari yirik shaharlarda xususiy tadbirkorlik, savdo-tijorat, ishlab chiqarish hamda xizmat sohalarida mashg‘ul bо‘lgan о‘n minglab yuqori darajada ta’minlangan oilalar uchun, oilani maishiy jihatdan boshqaruvchi, yosh bolalar uchun enaga, fan va badiiy ijodiyotni о‘zlashtirishga yordam beruvchi repititorlar juda juda zarurdir. Bugungi tez о‘sib borayotgan ma’naviy intelektual ehtiyojni esa madaniyat muassasalari, maktab, kolejlardagi fan va ijod tо‘garaklari tо‘la ravishda ta’minlab bera olmayotir. О‘tkazilgan tadqiqot natijalariga kо‘ra, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Andijon shaharlaridagi har uch oilaning biri о‘z farzandlarini turli tо‘garaklarda shug‘ullantirish hoxishlari mavjudligini bildirdilar. Shu boisdan ham, mahallalardagi jamoat nazorati nafaqat kam ta’minlangan oilalarni moddiy jihatdan о‘rta darajaga kо‘tarish ishlarini, balki, yuqori darajadagi ta’minlangan oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muammo va ehtiyojlarini yechishda ham amaliy kо‘mak beruvchi institutga aylanishi taqoza etilmoqda. Shu boisdan ham, О‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan yakka tartibda faoliyat yurituvchi enaga, repititor, ijodiyot turlari bо‘yicha konsultant-madaniyat xodimi oilani maishiy jihatdan boshqaruvchi singari individual tarzdagi mehnat faoliyati turlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishi zarurligini bugungi farovonlashayotgan turmushimiz talab etmoqda. Demak jamoatchilik nazorati nafaqat bajarilayotgan ishlar sifatini nazorat etish, balki, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solib yuborishni ham nazarda tutadi.
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bо‘yicha jamoatchilik nazorati ishlarini faollashtirishda “Yoshlar ittifoqi ” yoshlar ijtimoiy harakatining о‘rni va roli ham kattadir. Ma’lumki, yoshlar о‘z tabiatlariga kо‘ra maksimalizmga, ya’ni, xar qanday ishni tez, yuksak sur’atlarda bajarishga moyil bо‘ladilar. Yoshlarning aynan shu tabiati jamoatchilik nazorati natijaviyligini ta’minlashi, ijtimoiy ijodiyotni faollashtirish davlat idoralaridagi byurokratik xolatlarga barham berishi, ayrim rahbarlarning oyog‘i yerdan uzilganligi xolatlarini tanqid ostiga olishi tarzida samarali namoyon bо‘ladi. Shu narsaga e’tibor berish kerakki, jamoatchilik nazoratini hammani baravar qо‘llab-quvvatlash yoki odamlarni davlat organlari ta’siridan ximoyalash, deb tushunmaslik kerak. Jamoatchilik nazorati dastavval hodimlarning tо‘g‘ri va halol ishlashi, rahbarlarning maqbul qarorlar qabul qilishi va manfaatlar muvozanatini saqlashiga bо‘lgan ijtimoiy e’tibordir. Jamoatchilik nazorati loqayd, dangasa, hafsalasiz yoxud kasbiy malakasi sust bо‘la turib, о‘z ustida ishlashni hoxlamaydigan odamlarga tarbiyaviy yо‘l bilan ta’sirchan yondasha bilishi jihatidan ham e’tiborlidir. Zero, jamoatchilik nazorati jamoadagi ijtimoiy meyorlarning tarozisi, tо‘g‘ri yо‘lning himoyachisi vazifasini bajarishi bilan ham jamiyatimiz va davlatimizga foydalidir.
Istiqlolimiz davrida, xuddi insoniyat tarixidagi ulug‘ о‘zgarishlar davrida bо‘lgani singari, inson ongi va tafakkuridagi bosh mezonlar-imon, ishonch, tо‘g‘rilik, tartibotlarga hurmat sо‘zlarining mazmunini ham isloh etishga erishildi. Davlat siyosatida sо‘z va ish, maqsad-reja, amaliyot birligi tо‘la ta’minlandi. Bugungi kunda odamlar davlat tomonidan belgilanayotgan dastur va rejalar ijrosining albatta bajarilishiga tо‘la ishonadilar. Davlat faoliyatiga xos bо‘lgan tо‘g‘rilik, adolatlilik, ishchanlik, rejaviy ish tutish xususiyatlari jamiyat, ya’ni, odamlar fe’l-atvori, turmush tarziga ham kо‘cha boshladi. Shо‘rolar davriga xos bо‘lgan, har qadamda yolg‘on, bir-birini aldash, ikkistandartlilik illatlari о‘rniga tо‘g‘risо‘zlik, tо‘g‘ri ish tutish, qonunlarga hurmat, insonni e’zozlash fazilatlari mustahkam о‘rnasha boshladi.
Mustaqillik tufayli davlatimiz о‘zini jamoatchilik nazorati ostida bо‘lgan holda faoliyat yuritishni xoxlamoqda. Qachon davlat halqning nazorati ostida bо‘lishini xoxlaydi?. Qachon davlat о‘zini tо‘g‘ri yо‘lda ekanligiga, tо‘g‘ri ish qilayotganligiga, faoliyati tо‘laligicha inson manfaatlariga xizmat qilayotganiga ishonsa. Bugun davlatimizda anashu ishonch qadriyati mustaxkam о‘rnatilgan. Xalqimizning davlatimiz olib borayotgan ishlarga ishonchi esa davlatimizning mamlakatimizni barqaror rivojlantirishiga poydevor bо‘lmoqda.
Jamoatchilik nazorati samaradorligi aynan ana shu sof insoniy fazilatlar-tо‘g‘rilik, ishonch, sо‘z va ish birligi asosiga quriladi. Mamlakatimizda halollik, ezgulik asosiga quriladigan jamoatchilik nazorati ikki mustahkam poydevorga asoslanib amal qiladi. Bu ikki poydevor bir tomondan istiqlol insoniga xos bо‘lgan tо‘g‘rilik, tartibotlarga hurmat, bunyodkorlik, vatanparvarlikdan kuch olsa, ikkinchi jihatdan davlatimiz tomonidan odamlarning yaratuvchanlik faoliyatini olib borishlari uchun barcha huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, ma’naviy imkoniyatlarning tо‘la tо‘kis yaratib berilganidan quvvatlanmoqda. Davlat faoliyatini nazorat etishdek muqaddas ishda jamiyat tomonidan qо‘llaniluvchi tо‘g‘rilik tamoyili mamlakatimizni rivojlangan, demokratik davlatlar qatoridan munosib о‘rin olish jarayonlariga kuch va qanot bag‘ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |