Ijtimoiy madaniy faoliyatda jamoatchilik nazorati


Madaniy – ma`rifiy muasssalar faoliyatini ruvojlantirishda jamoatchilik nazoratining o`rni va ahamiyati



Download 207 Kb.
bet9/12
Sana20.01.2022
Hajmi207 Kb.
#393182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5296388210107093307

2.3 Madaniy – ma`rifiy muasssalar faoliyatini ruvojlantirishda jamoatchilik nazoratining o`rni va ahamiyati.

Kuchli fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri - odamlarning davlat tuzilmalari bilan о‘zaro aloqalari bevosita, ya’ni, individual yondashuv tarzida emas, balki, bu munosabatlarning asosan bilvosita, ya’ni, jamoat tashkilotlari orqali amalga oshirilishidir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda jamoat tuzilmalari tashkil etilishi jarayonlarini har tomonlama rag‘batlantirish, aholini imkon qadar kо‘proq korporativ asoslarda birlashuvini ta’minlash bilan birga, davlat tuzilmalarining faoliyati ustidan tizimli jamoat nazoratini yо‘lga qо‘yishdan iborat yalpi ijtimoiy harakatga ham asos solindi. Ijtimoiy nazorat jarayonlari kishilariing о‘zaro jamoaviy birikuvlari, nodavlat tashkilotlar mavqeining mustahkamlanishiga bevosita bog‘liq bо‘lganligi bois, mazkur harakatni quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

1. Madaniyat va aholi dam olish markazlari aholi turli tabaqalari, ijtimoiy qatlamlar psixologiyasi va intilishlariga monand faol jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi klublar, uyushmalarni tarkib toptirish.

2. Madaniyat muassasalarida о‘zbek xalqi mentalitetidagi jamoaviylik tabiatini inobatga olib, ma’raka-marosimi hamda tо‘y tadbirlarini ixcham va tartibli о‘tkazishga yо‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

3. Yoshlar faolligini ta’minlovchi turli tо‘garaklar faoliyatini aholining turar-joylari (mahalla, qishloq guzarlari), kasb – kor, mehnat faoliyatlari kechuvchi muassasalarda hamda madaniyat va aholi dam olish markazlarida, tashkil etish ishlarini jamoatchilik nazorati ostiga olish.

4. Aholining etnik-sulolaviy yoki mintaqaviy birlashuvlariga emas, balki ma’naviy ehtiyojlar, saviya, did, qiziqishlaridan iborat korporativ asoslarda uyushuvga intilishlarini yanada rag‘batlantirish.

5. Madaniyat va aholi dam olish markazlarida atrof-muhit va ekologiya himoyasi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi uyushma va tо‘garaklarni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.

Prezidentimizning jamoatchilik nazorati konsepsiyasidan ayni chog‘da aholining ishlab chiqarish, ta’lim va boshqa tuzilmalari bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida ham amalga oshiriluvchi ishlarni ham faollashtirishni kо‘zda tutadi. Shu boisdan ham jamoatchilik nazorati kansepsiyasi nafaqat davlat tuzilmalari ishini, balki о‘zgarayotgan makon va zamon jarayonlari mahsuli bо‘lgan jamiyat tarkibini ham doimiy e’tiborda tutib borishni kun tartibiga qо‘yadi. Jamoatchilik nazorati ayni chog‘da mavjud nodavlat tashkilotlar, jamg‘armalar, partiyalar ishlarining ham samaradorlik darajalarini muntazam ravishda orttirishga da’vat beradi. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta partiya, “Yoshlar ittifoqi” kо‘plab nodavlat notijorat tashkilotlar va jamg‘armalar faoliyat yuritmoqda. Mazkur jamoat tashkilotlari ham nodavlat institutlar sifatida muayyan faoliyatlarni amalga oshirayotgan bо‘lsada, ularning aksariyati asosan о‘zining ijtimoiy negiziga, о‘z qatlamlari, xayrixohlari manfaatlarini ifoda etishga e’tibor qaratadi. Tabiiyki, partiyalarning hokimiyatga intilishlari nechog‘li tabiiy hol bо‘lsa, joriy, kundalik va muntazam faoliyatlarda о‘z firqadoshlari qiziqishlari, maqsad va intilishlari, turmush tarzi, manfaatlarining eng tayinli ifodachisi bо‘lishi ham shunchalik zarurdir. Zero, inson maqsad va manfaatlari mushtarakligi negizida о‘z hayotini tashkil etadi. Xalqimizning о‘z tomiriga kо‘proq tayanishga bо‘lgan kuchli maylini inobatga olish, mentalitet xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutish nodavlat tashkilotlar samaradorligini ta’minlashi shubhasizdir. Binobarin, jamoat nazoratining ijtimoiy kuchi fuqarolik institutlarining davlat va jamiyat hayotiga kо‘rsatadigan ta’sir darajasining nechog‘li ekanligiga bevosita bog‘liqdir.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan xalqimizning bunyodkorlik faoliyatlarini ulug‘ mо‘ljallar yо‘liga effektiv yо‘naltirish borasida qilinayotgan say-harakatlari negizida ana shunday maqsadlar mujassamdir. “Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi, - deb ta’kidladi Yurtboshimiz, — avvalo jamoatchiligimiz, keng ommaning faolligini oshirish va shu bilan birga ularning davlatimiz va jamiyatimizni boshqarish masalasiga kо‘proq jalb etishdir, desak ayni haqiqat bо‘ladi”.

Madaniyat muassasalarida ijtimoiy ijodiyot turi sifatida rivojlantiriladigan jamoatchilik nazorati uchun mas’ul shaxslarda uchta kasbiy-insoniy jixatlar ustuvor bо‘lishi zarur. Birinchisi, vatan, jamoa manfaatini fidoiylik bilan himoyalay olish, ikkinchisi, jamoada yuz bergan muammoviy vaziyatlarni ijobiy asoslarda hal etishga intilish bо‘lsa, uchinchisi, har bir holatda meyyorni saqlay olish, har qanday vaziyatlarda xam inson shaxsini toptamaslik, shanini yerga urmaslik fazilatlaridan iboratdir. Agar jamoatchilik nazorati uchun mas’ul shaxsdan meyor tamoyiliga rioya qilish sust bо‘lsa, jamoada guruhbozlik shakllanadi, muxit buziladi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati hodimi tashkilotdagi har qanday kamchilikni aniqlashi bilanoq, bu kamchilikni birdaniga butun jamoa azolariga oshkor qilish payida bо‘lsa, jamoada sog‘lom raqobat emas, balki, negativ oppozitsiya yuzaga keladi. Shu boisdan ham jamoatchilik nazorati uchun mas’ul shaxslar uchun ijtimoiy ijodiyot о‘z mazmun-mohiyatiga kо‘ra odamlardagi xato bilan kamchilikni, muxim bilan zarurni, ijtimoiy havfi katta bо‘lgan xato bilan, xavfi uncha katta bо‘lmagan xatolarni, ish va korxona bilan bog‘liq nuqson bilan hodimning shaxsiy hayotiga doir nuqsonlarni, mas’uliyatsizlik bilan qilingan ayb bilan hodimning kasbiy saviyasi, kompetentligi sustligi uchun yuzaga kelgan aybni, tasodifan yuz bergan hatolar bilan mantiqan amalga oshgan xatolarni farqlay bilishi zarur. Jamoatchilik nazorati uchun mas’ul shaxs barcha ishlarda ratsional, ya’ni, bosiq aql bilan yondasha olishi kerak.



Madaniyat muassasalaridagi badiiy ijodiyot tо‘garaklari sifatini о‘rganish sohasidagi jamoatchilik nazorati asosan ta’lim subektlari bо‘lgan pedagog va о‘quvchi-talaba faoliyatining sifat jihatlarini ta’minlashga qaratilgan bо‘ladi. Ba’zan tо‘garak a’zosining ta’lim olishga bо‘lgan rag‘bati va qiziqishi susayish holatlariga duch kelamiz. Bunday holatning sabablarini aniqlashga qiynalamiz. Deylik tо‘garak rahbari ishga о‘z vaqtida keladi, mashg‘ulotlarni talablarga asosan qatiqqо‘llik bilan о‘tadi, jurnalni namunaga binoan tо‘ldiradi, majlislarda ishtirok etadi, jamoa tadbirlari, hasharlarda qatnashadi. Bir qarashda unga hech qanday huquqiy-ma’muriy e’tiroz bо‘lishi mumkin emas. Ammo tо‘garak a’zolari bunday ustozdan hunar ta’limi olishni negadir xoxlamaydilar. Ular о‘z noroziliklarini mashg‘ulotlarga qatnashmaslik, reyting ballarini kо‘tarish bо‘yicha jon dildan xarakat qilmaslik, mashg‘ulotlarda tinch о‘tirmaslik, kasb yoki ijod turini о‘zlashtirishda ustoz bilan hamkorlik qilmaslik, tashabbus kо‘rsatmaslik, tezroq mashg‘ulot tugashini kutish tarzida namoyon etishadi. Aynan ana shu holatlarda jamoatchilik nazorati muammoviy vaziyatlarga oydinlik kiritadi va adolatni tiklaydi. Shuningdek, madaniyat muassasalaridagi omilkor rahbar bunday holatlarda tо‘garaklar ish sifati darajasini doimiy о‘rganib boruvchi jamoatchilik nazorati guruhlarini tashkil etishi va uning faoliyatini tizimli tarzda yо‘lga qо‘yishi lozim. Bunday tizim jamoatchilik nazorati guruhlari ish sifati natijalarini oyma-oy madaniyat muassasasi, uslubiy yig‘ilishlarida muxokamadan о‘tkazib borish tarzida shakllana boshlaydi.



    1. Download 207 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish