Ijtimoiy madaniy faoliyatda jamoatchilik nazorati



Download 207 Kb.
bet11/12
Sana20.01.2022
Hajmi207 Kb.
#393182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5296388210107093307

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, kurs ishi mavzusini yoritishda ilmiy adabiyotlar va tarixiy asarlarni o`rganish orqali ajdodlarimizning davlat boshqaruvi, jamiyatda adolat tamoyillarini tarkib toptirish, o`zaro birdamlik va jipslik g`oyalariga tayangan holda yaratilganligini guvohi bo`ldim. Shu yerda bir she`rni yodga olmay ilojimiz yo`q:

Adolat ustuvor bo`lgan davlatda,

Kishilar yashamas also g`aflatda.

Qonunga binoan qilsa harakat,

Hayotida bo`ladi fayz-u barokat.

Insoniyat tamaddunining beshigi bo`lgan sharq zaminidan yetishib chiqqan allomalarining yuksak umuminsoniy g`oyalarga tayangan holda davlat boshqaruvini adolat tamoyili asosida, xalqning dar-u tashvishlarini o`ylagan holda yaratgan boy ilmiy me`rosi oradan necha asrlar o`tsa ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan jonajon diyorimizda ijtimoiy adolat prinsiplarining qaror topishi, qonun ustuvorligi va ularning nazorati yuzasidan amalgam oshirilayotgan amaliy ishlarni o`rganar ekanmiz o`zimda ham shu davlatga dahldorlik hissi bilan yashashim lozimligini anglab yetdim. Bunda Jamoatchilik nazorati demokratiya va xalq hokimiyatchiligining muhim instituti hisoblanib, u davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish orqali fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofazasini ta’minlashga xizmat qilishini teran anglashimiz lozim ekanligini anglab oldim. Bu funksiya orqali mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini hamda qonun hujjatlari talablariga davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan og‘ishmay rioya qilinishini, ular oldida turgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligi barchamizga kunday ravshan.

Shu bois kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan yurtimizda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishida barchamizning o`rnimiz borligini anglab yetishimiz lozim.

Ilmiy adabiyotlarni o`rganish davomida “Jamoatchilik nazoratining vazifalari bilan tanishib chiqdim. Bunga binoan: - davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash; 
- davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;  - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi” lozimligini o`rganib chiqdim.

Bugungi kundagi mavjud qonunchilikka ko`ra fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shu o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga o‘xshash boshqa institutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha muayyan darajaga etgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi.

Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz berar ekan,ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bavosita nazorat qiladi. Ayni paytda, ular ovoz bermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi;

- mehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari; - notijorat xarakterga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarninghuquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish maqsadida tuziladi; - mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli vazirliklar va idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin; - mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo‘g‘ini hisoblanadigan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi. O‘zbekistonda ana shunday organlardan hisoblanadigan mahalla institutining faoliyati aholini o‘zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya qilish maqsadida uyushtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;

Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlaridan biri shundaki, jamiyat o‘sib va rivojlanib borishi jarayonida oddiy xalq va hokimiyat o‘rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib boradi. Masalan, qishloq joylarda har bir fuqaro qishloq oqsoqoli bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega. Shaharlarda, ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday imkoniyatga ega emas. Bunday shaharlarda har doim vositachilar paydo bo‘ladiki, ular bir tomondan, xalqning ehtiyoj va kayfiyatini yuqori idoralarga etkazib tursa, ikkinchi tomondan, hokimiyat faoliyati to‘g‘risida aholiga axborot etkazib turadi. Ana shunday vositachilar jumlasiga ommaviy axborot vositalari, reklama va piar agentliklarini kiritish mumkin.

Yuqorida keltirib o`tilgan barcha tashkilotlar ijtimoiy – madaniy faoliyatning asosiy faoliyatini tashkil etuvchilar ekanligini inobatga olgan holda bu xususdagi ishlarni rivojlantirish lozimligi kerak degan xulosaga keldim. Ijtimoiy – madaniy faoliyatda jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berish bilan bir qatorda ularning faoliyatiga salby ta`sir ko`rsatubchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, xodimlar malakasini oshirish, jamoatchilik nazoratini olib borishda asosiy o`rinni egalovchi nodavlat – notijorat tashkilotlarini qo`llab – quvvatlash, jamoatchilik nazorati bo`yicha aholining barcha qatlamlari o`rtasida muntazam tushuntirish ihslarini amalgam oshirish maqsadga muvofiq deb bilaman.




Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish