Avtokratik uslub. Avtokratiya yakka boshlovchi deganini anglatadi, ya'ni hokimlikni bir odam amalga oshiradi va qo'lda ushlab turadi. Unga yakka o'zi qaror qabul qilish, buyruqbozlik, xodimlar ishiga hadeb aralashish usullari xos. Avtokrat rahbar u boshqarayotgan guruh faoliyatining diqqat markazida turadi.
Unga barcha hokimlik qoldiqsiz tegishli bo'lishi kerak, hamma kichkinadan tortib to katta masalalargacha barchasini o'zi yechadi. Uning xodimlarga qarorlari qisqa, qat'iy, hamda tahdid tarzida bo'ladi. Uning fikricha ishchilar juda passiv, yalqov va har doim farmonga muhtojdir. Agar u ba'zan ishchilar fikrini eshitishga majbur bo'lsa, u holda bu ishchilar uning avtoritetiga tahdid solayapdilar deb o'ylaydi. Avtokrat xodimlari bilan qo'rs munosabatda bo'ladi. Avtokrat rahbar kam tabassum qiladi, yuzidan juda band ekanligi sezilib turushiga e'tibor beradi. Uning asosiy xislatlariga kam biladigan, zaif bo'lsa ham, itoatkor ishchilar yoqadi. Rahbarning salbiy xususiyatlari — tashkillashtirish qobiliyati, uning boshqaruv san'ati, kasbiy tayyorgarlik qobiliyati yetmaganligida namoyon bo'ladi. O'z ustida- gi nazoratni yo'qotgan bunday rahbar o'zboshimcha va zolimga aylanadi, ishchilarni nafsoniyatiga tegadi.
Yuqorida ko'rib chiqqanimizdek, mazkur uslubni salbiy taraflari juda ham ko'p. Lekin shu bilan birga ijobiy taraflarini ko'rishimiz mumkin: ular energiyali va qiyinchiliklarni tez yengadilar. Ular tez va qo'rqmay qaror qabul qilishadi, ularning bajarilishiga kuch bilan bo'lsada erishadilar. Ular o'zlariga ishonadilar va jamoani boshqarish qobiliyatida ikkilanmaydilar va hokazolar. Shuni aytish kerakki bunday uslubda ish tez bajariladi.
Demokratik uslub. «Demos» xalq deganini bildiradi. Demak demokratiya xalq hokimiyati deganidir. Agar demokratik uslub haqida gapiradigan bo'lsak, bu «rahbar — ishchi» o'rtasidagi aloqa o'zaro hurmat va ishonch asosida quriladi. Bu ishchilar fikri.
Demokratik uslub belgilari qanaqa?
Masala jamoa bilan hal qilinadi.
Ishchilarga qabul qilingan qarorni bajarilishi zarurligini tushintirishga harakat qilish.
Xodimlarda (ishchilarda) initsiativani uyg'otish va qo'llash.
Rahbar — demokrat, qaror qabul qilishdan avval uni keng doirada xodimlar bilan muhokama qilishga harakat qiladi. Ishchilarni ish faoliyati haqida ma'lumot berib boradi, xodimlardan omadni ham, qiyinchiliklarni ham yashirmaydi.
Demokrat o'z tomoniga yo'llangan tanqidni to'g'ri qabul qiladi va ishchilarga hech qachon o'zining ustunligini ko'rsatmaydi.
Ishchilar qilgan xatoliklardan hamda qabul qilingan qarorlar bo'yicha javobgarlikdan qochmaydi, kerak bo'lsa maqtaydi yoki tanbeh beradi.
7. Kerakligicha ishlaydi, o'zini band qilib ko'rsatishga urinmaydi.
Demokratik uslub xodimlarda tashabbuskorlikni rivojlantiradi, qulay sharoit yaratib beradi. Bunday boshqaruv jamoasida rahbarga bo'lgan baland hurmat kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |